49 Bu fazada yadro biroz bo’rtadi, xromosomalarning spirallanishi natijasida
xromatin iplari yugonroq bo’lib qoladi. Keyinroq spirallanishni davom etish natijasida
xromosomalar yugonlashadi va alohida iplar shaklida ko’rinadi. Bu vaqtda
xromosomalarni qo’shaloq ekanligi bilinadi. Shu bilan birga yadrocha erib ketadi. Ko’p
hollarda yadrochani RNK si yukolib ketmay xromosama bilan bog’lik bo’ladi.
Profazaning oxirgi bosqichi yadro qobig’ini yemirilishi bo’ladi. Ultrabinafsha nurlarni
ta’siri ostida profazaning boshlanishini orqaga qaytarish, ya’ni interfazaga qaytarish
mumkin ekan. Ammo profazaning o’rtasidan qaytarish mumkin emas-baribir hujayra
bo’linadi.
MEТAFAZA Yadro qobig’i erib ketgandan keyin xromosomalar sitoplazmada
tartibsiz holda joylashadi. Metofazada xromosomalar kaltalashadi va ekvatorga kuchib
ekvaor plastinkaisni hosil qiladi. Хromosomalarning bu harakati metakinez deb ataladi.
Kalta tortgan xromosomalarda markaziy tortma G’peretyajkaG’ sentromera yoki
kinetoxor aniq ko’rinadi. Ko’p kuzatishlarni ko’rsatishicha metakinezda asosiy rolni
kinetoxor o’ynaydi. Bu vaqtda mitotik apparat tuligicha tashkil topgan bo’ladi.Ularning
iplari orasida kinetoxorlarga birikkan, bir qutbdan ikkinchi qutbga tortilgan iplarni
ko’rish mumkin. Elektron mikroskopni ko’rsatishicha vereteno iplari diametri 150-200 A
keladigankanallar tutamidan iborat ekan. Ular hamma vaqt kinetoxor bilan bog’lik
bo’ladi. Хromosomalar 2 qutbni o’rtasida joylashadi. Kinetoxorlari buzilganda
xromosomalar harakat qila olmaydilar.
Metofazada xromosomalarning joylanishi veretenoni faoliyatidan kelib chiqadi.
Хromosomalar birlamchi tortma rayonida kayrilgan bo’ladi, kinetoxorlar aniq ekvator
tekisligiga joylashadi.
Agarda metofazada kolxitsin ta’sir ettirilsa, vereteno yemiriladi, xromosomalar
qutblarga tarqala olmaydi. hujayra bo’lina olmay, tetraploid bo’lib qoladi.
Metofazada xromosomalar yaxshi ko’ringan uchun ularni sanash oson bo’ladi .
ANAFAZA. Bu fazada xromosomalar ekvator tekisligidan qutblarga tomon
harakat qiladi. Ularni harakati passiv bo’lib 1 minutda 1mk masofani o’tadi.
Хromosomalarning harakati vereteno iplarining qisqarishi bilan bog’lik bo’libgina
kolmay, bu vaqtda hujayrani o’zi ham cho’zilgan bo’ladi, bu qutblar orasidagi masofani
orttiradi va u bilan xromosomalarni tarqalishiga imkon beradi.
Shunday qilib, bu fazada kinetoxorlar bilan birikkan kiz xromosomalar ajralishadi
va qutblarga harakat qiladi. Shuning uchun avval ikkilangan xromosomalar 2 ga teng
taqsimlanadi.
ТELOFAZA. Bu fazada tarqalgan xromosomalar qutblarda g’uj bo’lib tuplanadi
va xromosomalar atrofida alohida pufakchalar hosil bo’ladi, ular bir biri bilan qo’shilib,
yadroni ichki membranasini hosil qiladi. Тashki yadro membranasi endoplazmatik turni
sisternlaridagi pufakchalardan tiklanadi. Yadroning tiklanishi xromosomalarni
despiriallanishi va yadrochani hosil bo’lishi bilan tugaydi.
Sitokinez. Anafazani oxiri yoki telofazani boshida sitoplazmaning ajralishi- sitokinez yuz
beradi. Хayvon hujayralarida ekvatorda egatcha hosil bo’lib, u chukurlashadi. Bu
sitoplazmaning tashqi qobig’ini qisqarishidan hosil bo’ladi. O’simlik hujayralarida