37
Nuklein kislotalari dastlab yadroda topildi va ajratib olindi. Ularning 2 xili
ma’lum: DNK va RNK deyarli hamma vaqt yadroda bo’ladi, RNK esa ham yadroda va
sitoplazmada bo’ladi. DNK molekulasining strukturasi jihatidan ximiyada ma’lum
bo’lgan bironta ham birikmaga o’xshamaydi. DNK molekulasi
bir-birining atrofida
spiral shaklida buralgan 2 ta paralel zanjirdan iborat. DNKdagi qo’shaloq spiral juda
uzun bo’ladi, deyarli 5mk ga yetadi. DNK molekulasi eng yirik oqsil molekulasidan 50
barobar uzunroq. Shunga muvofiq holda DNK molekulyar og’irligi juda katta bo’lib, 10
malnga yetadi. Yakinda moluklyar og’irligi 130
mln li DNK topildi, uning
molekulasining uzunligi 50-60 mk. Bu rakamlar qo’shaloq spiralga taaluqli bo’lib, har
bir ipga uning yarmi to’g’ri keladi.
Хimiyaviy jihatdan DNKning har bir zanjiri polimer bo’lib,
uning monomerlari
nukleotidlardir. Nukleotid 3ta molekulaning: 1) azotli asos-purin yoki pirimidin, 2)
oddiy karbon suv-pentoza-riboza
yoki dezoksiriboza, 3) fosfat kislota molekulalarining
ximiyaviy yo’l bilan birlashidan hosil bo’lgan birikma.
DNK molekulasining tuzilishida 4 xil nukleotid katnashadi. Bular azotli asosining
strukturasi jihatidangina farq qiladi.
Bir nukleotiddagi
azotli asos adenin deb ataladi, nukleotid ham xuddi shu nom
bilan ataladi. 2- nukleotidning
azotli asosi guanin, nukleotidi guanin deb yuritiladi. 3-
nukleotiddagi azotli asos sitozin deb nukleotidi esa sitozin nukleotidi deb yuritiladi.
Nixoyat 4- nukleotiddagi azotli asos timin deb, uning nukleotidi
timin nukleotidi deb
yuritiladi.
Nukleotidlarni nomlarini qisqargan holda ularning birinchi harflari bilan
nomlanadi, ya’ni: Adenin-A, Guanin-G, Sitozin-S va Тimin-Т.
Har bir DNK da nukleotidlar kat’iy, muayyan
va hamisha doimiy tartibda
joylashadi. Har xil DNKlar faqat nukleotidlarning joylanish tartibi bilan farqlanadi.
Sungi yillarda tekshirishlarni ko’rsatishicha DNK ning bir zanjiridagi
nukleotidlarning joylanishi 2-zanjirdagi nukleotidlar tarkibiga kat’iy bog’lik. Bir
zanjirdagi nukleotidni ruparasiga 2- zanjirni nukleotidi joylashadi va DNK molekulasida
shotisimon ko’rinishni hosil qiladi. Тekshirishlarni ko’rsatishicha
pogonalar azotli
asoslarni xoxlagancha kombinatsiyada birikishidan hosil bo’lmas ekan. Molekulalarning
konstruksiyasi mustaxkam bo’lishi uchun pogonalari bir xil uzunlikka ega bo’lishi kerak.
Lekin adenin bilan guanin o’zlarining kattaligi jihatidan timin bilan sitozindan ancha
yirik. adenin va guanin 12 A bo’lsa, timin va sitozin 8 A. Har 2
la zanjir orasidagi
masofa esa 20 A ga teng. Bu har bir pogonani azotli asosini kattaroq, 2-sini esa
kichikroq bo’lishini ko’rsatadi. Bu holda quyidagi kombinatsiyalar bo’lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: