YADRO ShIRASI - KARIOPLAZMA. U stukturasiz holda xromosoma va yadrolarni o’rab turadi. Yadro shirasini
ilashimliligi sitoplazmaning asosiy moddasi ilashimliligidek. Yadro shirasini
kislotaliligi sitoplazmaniqidan biroz yuqori. Karioplazmada oqsillar va RNK bo’ladi. I.
B. Zbarskiyning bergan ma’lumotlariga qaraganda sichkonning jigar hujayrasi
karioplazmasida 92-98% (quruq og’irligi) globo’lin fraksiyasi oqsili va 2-8% RNK
bo’ladi. Yana yadroda nuklein kislotani sintezida ishtirok etuvchi fermentlar va
ribosomalar bo’ladi.