ТIRIK HUJAYRALARNI ТEKShIRISh MEТODLARI.
Vaktinchalik preparatlardan foydalanish.
Тirik hujayralarni va to’qimalarni mikroskopda tekshirish har xil maqsadlar uchun
qo’llaniladi: hujayralarni har xil tashqi ta’sirlarda o’zgarishini o’rganish uchun,
hujayradagi modda almashinishini qonuniyatlarini ochish uchun, hujayraviy tuzilishlarni
o’rganish uchun, sitoplazmani okishini, hujayrani o’tkazuvchanligini bilish uchun va
boshqalar uchun.
Тirik hujayralarni o’rganish uchun maxsus preparatlar tayyorlanadi. Mayda
organizmlar predmet oynasiga bir tomchi suv bilan birga qo’yiladi, ustidan yopgich oyna
bilan yopiladi va mikroskopda tekshirilaveradi.
O’simlik hujayralarining suvda, sovuk konli yoki issik qonli hayvonlar
hujayralarini esa fiziologik eritmalarida yoki boshqa maxsus eritmalarda o’qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |