6.1.MUSKUL QISQARIShI ENERGEТIKASI.
Hujayraning barcha funksiyasi kabi muskul hujayrasini qisqarishi uchun ham AТF
parchalanishi natijasida ajraluvchi energiya kerak bo’ladi. Agar zaharlar yordamida hujayrada
AТF sintezi tuxtatilsa hujayrada mavjud bo’lgan AТF tugaguncha muskul qisqaradi. Skelet
muskullarida AТF ni mikdori 0,2 -0,4 %.Bu muskulni bir sekund davomida qisqarishini
ta’minlaydi. Vaholanki hujayrada AТF doimo sintez bo’lib turgani uchun muskullar juda uzok
vaqt qisqarish xususiyatiga ega bo’ladi (ayniksa yurak muskuli).
Muskulda AТF ni yetarli konsentratsiyasini ushlab turishda kreatin fosfor kislotasi (KF)
ni roli katta. Bu AТF parchalanib ADF hosil bo’lganda uni qaytadan AТF ga aylanishida kerak
bo’ladigan bir molekula fosfor kislotasini beradi. Bu fosfokinaza fermenti yordamida amalga
oshadi. KF ni hujayradagi AТF regeneratsiyasi uchun zarur bo’lgan fosfat rezervi yoki zapasi
deb qarash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |