O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Z. M. Bobur nomidagi Andijon Davlat universiteti z z o



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/137
Sana27.01.2022
Hajmi0,62 Mb.
#309756
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   137
Bog'liq
sitologiya (1)

 
78 
keladi. Shunday qilib, AТFni faqat enargiya manbai ekanligi emas, balki u shu energiyani 
qisqaruvchi sistemaga yetkazib beruvchi faktor ham ekanligi aniqlandi. 
 
7.MIKRONAYChALAR. 
Oxirgi vaqtlarda turli-tuman hujayralarni sitoplazmasida mikronaychalarni keng 
tarqalganligini ko’pchilik tomonidan tan olindi. Ular morfologik jihatdan kiprik va xivchin 
kabilarga o’xshash bo’ladilar. Mikronaychalar, ma’lum bo’lishicha mitoz, sikloz, hujayra ichi 
transporti va extimol umuman sitoplazmani harakatida muxim rol o’ynasa kerak. Bu tizilmalar 
osmiy 4 oksidi kabi fiksatorlarning ta’siriga chidamsiz bo’lganligi uchun ularni tuzilishi elekron 
mikroskopik tekshirishda glutaral’degid fiksatori qo’llanila boshlagandan so’ng, 1963 yildan 
boshlab o’rganila boshlandi. Bu naysimon strukturalar dastlab De Robertis va Frasti tomonidan 
miyelinli nerv tolasidan ajratilgan aksoplazmada kuzatiladi. Mikronaychalar xayvon 
hujayralaridan tayyorlangan ultrayupqa kesmalarda ham kuzatildi. Ularning ko’ndalang kesigi 
halqa shaklida bo’lib, kalin devor va markaziy okish qismlar farqlanadi. Mikronaychalarning 
devori liniyali yoki spiral ipsimon subbirliklardan tashkil topgan. Mikronaychalarning 
ko’ngdalang kesigida 13 ta subbirlikni ko’rish mumkin. Bu tuzilish kiprik va xivchinlarning 
tuzilishini eslatadi. Gidralarni nematotsistalarida mikronaychalarni Goldji apparatining 
vakuolalari bilan aloqasi aniq kuzatiladi xuddi shunday aloqa nerv hujayralarida ham kuzatiladi. 
Veretenoni yoki dukni mikronaychalari va boshqa sitoplazmatik mikronaychalar chidamchsiz 
o’tkinchi strukturalar bo’lib, materialni 0 S saqlanganda yoki alkaloid kolxitsin ta’sir ettirilganda 
yuk bo’lib ketadi. Sitokinez vaqtida ikki kiz hujayralarni juda ko’p mikronaychalar tutgan 
qismida periyetal’tik tulkin kuzatiladi. 
Mikroanaychalar bilan hujayraning harakati o’rtasidagi aloqani Hela hujayralarining 
kulturasida o’rganildi. 
Mikronaychalarni hujayra ichida bo’lgan mayda molekulalarni transportini ta’minlovchi 
“mikrotsirkulyator sistema” funksiyasini bajarishini taxmin qilinmoqda. Buning uchun ular 
sitoplazmada o’ziga xos kanalchalar hosil kilsalar kerak. Shu kanalchalarda granulalarning 
harakatini kuzatishga erishildi. 
Oxirgi vaqtda siklozda mikronaychalarning ishtiroki taxmin qilinyapdi. Caulerpaning 
bargini sitoplazmasida mikronaychalarning juda ko’p tutamlarini kuzatish mumkin. 
Mikronaychalar siklozni amalga oshiruvchi harakatlantiruvchi kuchlar rivojlanadigan 
karkassinch bo’lib xizmat qilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Yukorida aytilgandek 
hujayralarni harakatlanish reaksiyalari juda ham turli tuman. Bu turli-tuman harakatlarning 
mexanizmini tushinishga muskullarning qisqarishini tekshirishdagi goya va metodlarni qo’llash 
orqali erishildi. Jumladan ko’pchilik muammolarni hal qilish uchun hujayra modellaridan, ya’ni 
50% glitserin bilan ishlangan hujayralardan foydalaniladi. Bunday ulik, matseratsiyalangan 
hujayralar ko’p hollarda AТF eritmasiga solinganda qisqarish xususiyatlarini tiklaydi. Bu shuni 
ko’rsatadiki, hujayrani qisqarishida ham xuddi muskul qisqarishida bo’lganidek AТFni sarflaydi. 
Bunday natijalar amyobalar, spermatozoidlar, kiprikli epiteliy hujayralari va boshqa hujayra 
modellari olindi. Bu hujayra AТF eritmasiga solinganda aktiv harakatlana boshlaydilar.
Тurli hujayralarning harakat mehanizmlarini muskul qisqarishi bilan bir xilligini 
hujayralardan aktomizin kabi oqsilni ajratib olinganligi yanada ishonchliroq tasdiqlaydi. 
Spermatozoidlardan spermiozin ajratib olindi, u aktomiozin bilan o’xshash xususiyatlarga 
ega. Shu kabi oqsillar amyobalardan, mitoxondriylardan va xattoki o’simlik hujayralaridan
(mimoza) ajratib olindi. Shunday qilib, juda ko’p xil hujayralarda qisqaruvchi oqsillarni 
mavjudligi, turli harakatlar asosida o’xshash molekulyar mehamizm yetishini ko’rsatadi. 



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish