Don uyumi xususiytlarininig tashqi muhit bilan o‘zaro bogʻliqligi
Bularning barchasi donlarni saqlashda ularni alohida-alohida
joylashtirishni talab etadi. Shuningdek don va urug‘larning navdorlik
xususiyatlariga barcha turdagi xo‘jaliklarda hisobga olinadi va shunga
ko‘ra uning tovar narxi belgilanadi. Yuqori sifatli kafolatli donlarga
ustama haq ham belgilanadi.
Donni qayta ishlash korxonalari sifatli don va urug‘liklarni
xo‘jaliklardan xarid qilishadi. Qabul qilingan donlar urug‘lik va oziq-
ovqat maqsadlari uchun ishlatiladi. Donlarni iste’molchilarga,
Don uyumi
Fizik xossalari
1.Sochiluvchanlik
2. G’ovaklik
3.Sorbsion sig’imi
4.Issiq-fizik xususiyati
1.Asosiy o‘simlik moyi
2. Aralashmalar
3.Mikroorganizlar
4. Don
oraliqlarlardagi havo
5.Hasharot va kanalar
Fiziologik xossalari:
1.Donning hayoti faoliyati:
a) nafas olishi;
b
) yig‘ib olingandan keyingi
yetilishi;
d) unishi;
2.Mikroorganizmlarning hayot
faoliyati
3.Hashorot va kanalarning
hayot faoliyati
Omillari va tartibi
О
millari
Tartibi
1.Don uyumining
namligi;
2.Don uyumining
harorati;
3.Don uyumining
shamollatilishi;
0.0-14.0%
14.0-15.5% dan ortiq
15.5-17.0% dan ortiq
17 % dan ortiq
0
о
С, 5
о
С,
5-10
о
С
10-20
о
С
dan,
20
о
С
dan yuqori
1.Quruq holatda saqlash
2. Sovutilgan holatda
saqlash
3.Havosiz muhitda
saqlash
Yordamchi jarayonlar
1.Aralashmalardan
tozalash
2.Faol shamollatish
3.Kimyoviy
konservalash
4.Nurlardan foydalanish
37
shuningdek urug‘lik uchun saqlangan donlarni yetkazib berish uchun
korxonalarga nav xususiyatlarni, saqlash rejimlarini mukammal
biladigan malakali mutaxassislarni talab qiladi.
O‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi sharoitlari, shuningdek
donning shakllanishi, hosil sifatiga va miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Donchilik va o‘simlikshunoslik kursidan bizga ma’lumki, tashqi muhit
omillari o‘simliklarni rivojlanishi va hosilning shakllanishiga ta’sir
etadi. Shuni nazarda tutish lozimki, turli iqlim va tuproqlarga ekilgan
urug‘lar turlicha rivojlanib, turli xil hosil berishi mumkin. Bunga mos
holda ularning kimyoviy tarkibi, tuzilishi, to‘liqligi, yirikligi va boshqa
texnologik sifat ko‘rsatkichlari har xil bo‘ladi.
Don sifatiga o‘g‘itlash ham mavsumiy iqlim sharoitlari don
sifatiga keskin ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, yig‘im-terim oldidan va terim
vaqtida namlik ko‘p bo‘lsa, yog‘ingarchilik me’yoridan ortiq bo‘lsa
donning namligi ortib ketadi va saqlanuvchanlik ko‘rsatkichlari keskin
tushib ketadi. Aksincha qurg‘oqchilik bo‘lsa don haddan tashqari qurib
ketadi yoki namlik yetishmasligidan donlar to‘liq yetilmay qoladi.
Donning sifati zararkunanda va kasalliklar ta’sirida ham o‘zgaradi.
Ayniqsa, zararkunandalar donning nonvoylik xususiyatini hamda sifatini
keskin tushiradi. Kasallik va zararkunandalar sifatini hamda miqdorini
pasaytirib yuboradi.
Shuningdek don sifati va hosildorlikka begona o‘tlar ham katta
ta’sir ko‘rsatadi. Begona o‘t bilan ifloslangan dalalarda don ekinlari
yaxshi o‘sib rivojlanmaydi. Hosildorlik keskin pasayadi va uning sifati
buziladi.
Begona o‘tlar urug‘lari yig‘im-terim davrida asosiy o‘simlik
donlariga qo‘shilib ketish natijasida don massasini ifloslantirib
yuboradi, don massasining sifati pasayadi. Shuni alohida ta’kidlash
lozimki, begona o‘t urug‘larining ko‘pchiligi zaharli bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun donlar saqlashga joylashtirilishidan oldin tozalaniladi.
Donning sifati va saqlanuvchanligi ko‘p jihatdan yig‘im-terim
jarayonlariga ham bog‘liqdir. Mazkur jarayonlar qanchaliik sifatli
tashkillashtirilsa, hosil sifati va miqdori shuncha yuqori bo‘ladi.
Yig‘im-terim ishlarini o‘z vaqtida va qisqa muddatda tugallash,
nobudgarchilikning oldini olishga olib keladi.
Don ekinlar ikki xil usulda yig‘ib olinadi:
–
to‘g‘ridan to‘g‘ri;
38
–
avval o‘rib, keyin yig‘ib olish.
Don ekinlari hosilini avval o‘rib keyin yig‘ib olish asosiy usul
hisoblanadi. Bu usul chet davlatlarda keng qo‘llaniladi. Bunda donlar
mum pishiqlik davrida o‘ruvchi mashinada yerdan 15 sm balandlikda
o‘rilib, quritish uchun ang‘izga tashlab ketiladi. Donning to‘la pishib
yetilishi quritish paytiga to‘g‘ri keladi. Quritilgan don maxsus
mexanizatsiyalar yordamida yig‘ishtirib olinadi va yanchiladi. Hosilni
oldindan o‘rib, keyin yig‘ib olish usulining afzalligi shundaki, bunda
o‘rim to‘g‘ridan to‘g‘ri yig‘ishga nisbatan 5-6 kun erta boshlanadi,
nobudgarchilik keskin kamayadi. Don ekinlari hosili oldin o‘rib, keyin
yig‘ib olinganda, urug‘lik va nonvoylik sifatlari to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘rib,
yanchilgan donnikiga qaraganda sezilarli yaxshi bo‘ladi. Ayniqsa qalin
va baland bo‘yli, shuningdek begona o‘t bosgan, bir tekis yetilmagan
yerga yotib qolgan don ekinlari hosilini yig‘ib olishda bu usul yaxshi
natija beradi.
Ko‘pgina don turlarida, shuningdek o‘rim muddati kechikkanda
o‘simliklar past bo‘yli va siyrak chiqqanda to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘rib
yanchish amalga oshiriladi, hosilni to‘g‘ridan to‘g‘ri yig‘ib olish uchun
ekinzorlar mumkin qadar begona o‘tlardan tozalangan bo‘lishi, bug‘doy
va o‘simliklar bir tekis o‘sgan bo‘lishi hamda hosili bir vaqtda pishib
yetilgan bo‘lishi lozim. To‘g‘ridan to‘g‘ri yig‘ib olish usulida terim
muddatini mumkin qadar qisqartirish lozim, bu esa yuqori hosil
garovidir. Terim muddati qanchalik cho‘zilib ketsa, donlar to‘kila
boshlaydi va nobudgarchilik shuncha ortadi.
Donli ekinlar asosan mexanizatsiya yordamida yig‘ishtirib
olinadi. Mexanizatsiya turi, ishlash prinsiplari va markalari donning
sifati va xususiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Donni iloji boricha
mexanik shikast yetkazmay, begona aralashmalarsiz yig‘ib olish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda donni to‘g‘ridan to‘g‘ri sifatli
yig‘ishtirib olish uchun zamonaviy ilg‘or texnologiyalar joriy qilingan.
G‘allani dastlabki saqlash uchun don korxonalari omborxonalariga yoki
xirmonlarga joylashtiriladi. Bu bosqich don partiyasiga bog‘liq holda
bir oy va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Donni dastlabki saqlashda
zararkunandalar bilan zararlanishi, namlanib qolishi va mikroorganizm-
lar rivojlanishidan juda ham ehtiyot qilish lozim.
39
Donning zararlanishiga ko‘pincha xirmonlarda, dala sharoitlarida,
o‘tgan yilgi qoldiqlardan yaxshi tozalanmagan omborxonalarda saqlash
sabab bo‘ladi. Bunday donlar keyinchalik yaxshi nazorat qilinmasa,
namiqib va o‘z-o‘zidan qizishi mumkin. Bu holat yangi o‘rilgan donni
darhol joylashtirish va donni qizib turgan holida joylashtirishlarda ham
kuzatiladi.
Don o‘rib olingan zahoti avtotransportlar yordamida don qabul
qilish shoxobchalariga yetkaziladi. Tashish jarayonida don massasi
sifatining pasayishini kuzatilishi mumkin. Saqlanuvchanligi ko‘p jihat-
dan yig‘ib olingan don massasining joylashtirilgan joyning sharoitiga
bog‘liq. Donning mexanizatsiya vositalarida, bunkerlarida qolib ketishi
uning sifatini pasayishiga olib keladi. Yuqoridagilarga bog‘liq holda
don ishlab chiqarish korxonalariga turli holat va sifat ko‘rsatkichlariga
ega bo‘lgan holda keltiriladi. Keltirilgan don massasiga mas’uliyatli
munosabatda bo‘lish talab etiladi. Qabul qilingan don to‘g‘ri analiz
qilinishi va sifati bo‘yicha aniq ajratilishi talab qilinadi. Bundan tash-
qari, hujjatlarni rasmiylashtirish kerak. Saqlashda to‘g‘ri rejimlarni
qo‘llash va zamonaviy ishlov berish tizimlarini joriy qilinishi kerak. Bu
talablar sifatli mahsulot ishlab chiqarishga poydevor bo‘lib korxonalar-
ning iqtisodiyotini oshirishga olib keladi.
Don uyumida haroratning o‘zgarish tezligi donni saqlash usuli va
omborxona turiga bog‘liqligini nazarda tutmoq kerak. Oddiy
omborlarda don uyumining balandligi yuqori bo‘lmagan donlarga
atmosfera havosi yetarlicha ta’sir etadi. Bunga bog‘liq holda bu yerda
harorat o‘zgarishi nisbatan tezroq kechadi. Elevatorda atmosfera ta’siri
sust, chunki issiq o‘tkazuvchanlik xususiyati past bo‘lgan devorlar
bilan himoyalangan bo‘ladi.
Don massasining sifatiga va xususiyatlariga donning navi, turi,
shuningdek ekiladigan urug‘ sifatiga hamda g‘ovakliligi ayrim hollarda
sochiluvchanlikka ham bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
Don massasini saqlashning asosiy usullari bilan tanishib chiqamiz:
Don massasini quruq holatda saqlash. Bu usul saqlashning eng
sifatli usullaridan hisoblanadi. Don massasi tang, ya’ni kritik namlikdan
past holda saqlanganda don tarkibidagi modda almashinuvi, nafas olish
va boshqa barcha fiziologik jarayonlar keskin pasayadi. Don massasi
bunday usulda saqlanganda barcha xususiyatlari uzoq vaqt to‘liq
saqlanadi.
40
Do'stlaringiz bilan baham: |