O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari fanidan Amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko’rsatma



Download 8,68 Mb.
bet64/104
Sana16.01.2022
Hajmi8,68 Mb.
#371787
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   104
Bog'liq
Yo'l harakati qoidalari va HXA amaliy(1)

Avtomobilning turg‘unligi

Turg‘unlik deganda avtomobilning surilish, sirpanish, ag‘darilishga qarshilik ko‘rsatish xususiyatlari tushuniladi. Avtomobilning bo‘ylama va ko‘ndalang turgunliklari bo‘ladi. Bo‘ylama turgunlikning yo‘qolishi avtomobillarda juda kam uchraydi, u juda keskin nishabliklarda sodir etilishi mumkin.

Shuning uchun avtomobil turg‘unligi haqida gan ketganda, odatda, uning ko‘ndalang turg‘unligi ko‘zda tutiladi. Avtomobil­ning turg‘unligi bir necha ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Bulardan asosiysi: aylana bo‘ylab, harakatlanganda avtomobil surilishiga, (ag‘darilishiga) sabab bo‘ladigan eng katta tezlik; g‘ildirakni ko‘ndalang surilishiga sabab bo‘ladigan eng katta qiyalik burchak; avtomobilni ag‘darilishi boshlanishiga mos keladigan eng katta qiyalik burchak.

Yo‘lda harakatlanayotgan avtomobil turg‘unligi ko‘p hollarda, uning og‘irlik markazi balandligi, bazasi, koleyasi, shinalar o‘lchami, konstruktsiyasi, holati, yo‘lning egrilik radiusi va uning yuzasining holati, harakatlanish tezligiga bog‘liq bo‘ladi.

Sirpanchiq yo‘llarda ag‘darilishdan ko‘ra, uning surilishi yoki sirpanishi ko‘proq sodir bo‘ladi. Tishlanish sifatlari yaxshi bo‘lgan yo‘llarda ag‘darilish holatlari ko‘proq bo‘lishi mumkin. Og‘irlik markazi yukori bo‘lganligi uchun yengil avtomobillardan ko‘ra, yuk avtomobillarining turg‘unligi kamroq bo‘ladi. Yuk avtomobillari yuklangan sari ularning og‘irlik markazi balandga ko‘tarilib turg‘unligi yomonlashadi. Yuk avto­mobili turg‘unligining yo‘qolishiga mahkamlanmagan yuklar ham sabab bo‘lishi mumkin.

Burilishlarda maxkamlanmagan yuk yukxonadan siljib, devorga urilib, avtomobilni ag‘darilishiga olib kelishi mumkin. Av­tomobil sisternalari yoki o‘zi ag‘daruvchi avtomobil suyuq (masalan, suyuq qorishma) yuklarni tashiganda ham shunday bo‘lishi mumkin. Egrilik bo‘ylab harakatlantanda suyuqlik tashuvchi avtomobillarning yuki bir devordan ikkinchisiga siljib, chayqalib turadi va u avtomobil turg‘unligini yo‘qolishiga olib keladi.

Avtomobilni ishlatish jarayonida o‘zgaradigan ko‘p sonli faktorlardan, uning turg‘unligiga asosiy ta’sir kiladiganlari shina va tormoz tizimining texnik holatidir. Shina naqshlari yeyilgan sari yo‘l bilan tishlanish yomonlasha boradi va tezlikni oshirish yoki tormozlashda yonga surilish ehtimoli oshadi. Shina naqshlari to‘la yo‘qolgan g‘ildirakning tishlanish koeffitsien­ti, yangisiga qaraganda qariyb ikki barobar kam.

Sirpanchik yo‘llarda surilishni oldini olish uchun ilashish mexanizmini ajratmasdan avtomobilni tormozlash yaxshi sama­ra beradi, chunki bunda aylanayotgan yetakchi g‘ildiraklarning dvigatel maxovigi bilan bog‘langanligi ularni blokirovka bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi.



Shibbalangan qorli va sirpanchiq yo‘llarda turumlangan shinalardan foydalanish avtomobil turg‘unligini ancha oshiradi. Bunday shinalar bilan sinalgan avtomobilning tormoz yo‘li 2- 2,5 baravar kamaygani aniqlangan. Turumlangan shinalar av­tomobilni barcha g‘ildiraklariga yoki yetakchi g‘ildiraklariga o‘rnatilishi kerak. Oldingi o‘qiga o‘rnatilganda har bir tormozlashda orqa o‘qni yonga surilishi oshib boradi. Yuk avtomobili tirkama yoki yarim tirkama bilan ishlatilganda, turumlangan shina­lar birinchi navbatda tirkamaga o‘rnatilishi kerak.

Hozirgi zamon pnevmatik shinalarga sirpanishni oldini olish uchun turum o‘rnatiladi. U korpus va uzakdan iborat. Kor­pus po‘lat va qo‘rg‘oshin qorishmasidan tayyorlanadi, korroziyaga chidamli bo‘lishi uchun oksidlanadi. Ayrim hollarda plastmassadan yasalishi mumkin. O‘zak qattik. qotishmadan aylanishga chidamlik qilib yasaladi. Turumning diametri yengil avtomobillar shinalarida 8- 9 mm yuk, avtomobillarning yuk ko‘tarish qobiliyatiga qarab 15 mm gacha bo‘lishi mumkin. Uzunligi pro­tektor qalinligiga qarab 10-30 mm. yo‘l bilan kontaktda bo‘lgan shina qismida 8- 12 dona turum bo‘lishi kerak. Turumning chiqib turgan qismi yengil avtomobillarda 1-1,5 mm yuk, avtomobillarda 3- 5 mm bo‘lsa, yaxshi foyda beradi.




Download 8,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish