Uglerod ikki oksidi (S02) - rangsiz, issiz, havodan ham og‘ir gaz. Havodagi aralashmasi 20-25 % bo‘lganda asab tizimini ishdan chiqarishi bilan hayot uchun havfli.
Uglevodorodlar (SN) - o‘zi zaharli bo‘lishidan tashqari, kukun va azon hosil qiladi. Bu esa, burun va ko‘zga ta’sir qiladi, o‘simliklarga zarar yetkazadi.
Qurum (S) - nafas yo‘llarini ifloslaydi, o‘pka kasalligini paydo qiladi. Kontserogenlar tirik to‘qimalarga o‘tirib olib, zararli o‘smalarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Qo‘rg‘oshin (Rb) - atmosferadan odam organizmiga o‘tib, qon tarkibidagi gemoglabinni kamaytiradi va eritrotsitlarni yemiradi. Qo‘rg‘oshin bilan zaharlanish alomatlari: bosh og‘riydi, bosh aylanadi, tezda jahl chiqadi, tez charchash, uyquning yomonligi bilan seziladi. Ayniqsa, qo‘rg‘oshinning ta’siri yosh bolalar uchun katta. Qo‘rg‘oshin organizmdan chiqib ketmaydi. Yig‘ilaverib juda xavfli konsentratsiyani hosil qilishi mumkin. U organizmga havo yo‘li va teri orqali o‘tadi.
Dvigatellarni takomillashtirish, gaz yonilg‘ilarini qo‘llash havoni ifloslantirishdan saqlashning hozirgi kundagi asosiy yo‘li hisoblanadi.
Karbyuratorli dvigatellar ishlab chiqargan gazlar tarkibidagi uglerod oksidi va uglevodorodlarning yo‘l qo‘yiladigan miqdori.
Tirsakli valning aylanish soni
|
Yo‘l qo‘yiladiganuglerod oksidining
hajmiy ulushi %
|
Yo‘l qo‘yiladigan uglevodo-
rodlarning hajmiy ulushi
mln-1
|
Dvigatellardagi tsilindrlar soni
|
4 ta gacha
|
4 tadan ko‘p
|
n min
|
1.5
|
1200
|
3000
|
n max (0,8n max)
|
2
|
600
|
1000
|
Dizel dvigatelli avtomobillar ishlab chiqaradigan gazlarning tutunlilik darajasi jadvalda ko‘rsatilganidan oshmasligi kerak.
Dizel dvigatelli avtomobillar ishlab chiqaradigan gazlarning tutunlilik darajasining yo‘l qo‘yiladigan me’yorlari.
Avtomobilmodeli
|
Tutunlilik %
|
Erkin tezlanish
|
Valning maksimal aylangan soni
|
KamAZ, MAZ, KrAz va ularning modifikatsiyalari ■
|
40
|
15
|
1.07.1976 yilgacha ishlab chiqarilganMAZ, KrAZ va ularningmodifikatsiyalari
|
60
|
15
|
Ishlatilgan gazlarning zaharliligini aniqlash. Ishlab chiqarilgan gazlarning zaharliligini statsionar tipdagi OA-2109, GAI-1 va ELKON-105 apparatlari bilan aniqlanadi. Bu apparatlarni ishlashi ultra qizil nurni tarqatish usuliga asoslangan.
GAI-2, INFRALIT-2T1 gazoanalizatorlari uglerod oksidi va uglerod ikki oksidi gazlarning miqdorini bir vaqtda o‘lchaydi. Bu usul ancha aniq natijalarni olish imkonini beradi. Gazoanalizatorlarning texnik holati yiliga ikki marta tekshiriladi.
Dizel dvigatellarining tutunligini dimomer yoki sajamerlar bilan nazorat qilinadi. Bulardan birinchisi, ishlatilgan gazlarning tiniqlilik darajasini aniqlash printsipiga asoslangan bo‘lsa, ikkinchisi, ular tarkibidagi qurum zarrachalari mikdorini yig‘ib o‘lchashga asoslangan. Tutunlilik darajasi NDA-106, «Atlas» va SNDA-107 dimomerlari bilan o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |