Uglerod oksidi (SO) — havoda tez tarqaladigan, havodan yengil, rangsiz va issiz gaz bo‘lib, u kislorod yetishmasligiga olib keladi, markaziy asab tizimiga ta’sir ko‘rsatadi.
Atmosferada 0.01% hajmdan oshishi zaharlanish alomatlarini keltirib chiqaradi, 0.02% dan oshishi esa, zaharlaydi. Havoda 0.2-0.25 % kontsentratsiyasi 30 daqiqada odamni hushidan ketkazadi.
Azot oksidi (N02) - chiqindi gazlarda azot oksidlarining ikki xil turi bo‘ladi. Azot oksidi N02, azot ikki oksidi. Azot oksidlari uglerod oksididan ancha kuchli zaharlash qobiliyatiga ega. Organizmda ular suv bilan qo‘shilib, organizm to‘qimalarini yemiradigan azot kislotasini hosil qiladi. Og‘iz, burun va ko‘zning shilimshiq qobiqlarini qichitadi.
Aldegidlar - odamda ishlatiladigan gazlar tarkibida formaldegid (NSNO) va akrolein (SN2SNSNO) formasida namoyon bo‘ladi. Har ikkala gaz ham keskin isli shilimshiq qobiqqa ta’sir qiladi. Atmosferadagi 0.02 % akrolinga toqat qilib bo‘lmaydi. Formaldegidning 0.18 % kontsentratsiyasi organizmga kuchli ta’sir etib, qichitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |