O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari fanidan Amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko’rsatma


Piyodalar o‘tish joylarida zidiyatsiz harakatni tashkil etish



Download 8,68 Mb.
bet56/104
Sana16.01.2022
Hajmi8,68 Mb.
#371787
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   104
Bog'liq
Yo'l harakati qoidalari va HXA amaliy(1)

Piyodalar o‘tish joylarida zidiyatsiz harakatni tashkil etish

Aholi punktidan o‘tgan yo‘llarda harakatni to‘g‘ri tashkil qilish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak:

1. Yo‘l belgisini, yo‘l belgi chizig‘ini, yo‘l to‘sig‘ini va yo‘naltiruvchi qurilmalarni joylashtirish.

2. Yengil va yuk avtomobillarini alohida harakat tasmalari bo‘yicha harakatlantirish.

3. Ajratuvchi tasma o‘rnatish.

4. Bir tomonlama harakatni tashkil qilish (yo‘nalishlar bo‘yicha harakatni boshqa-boshqa ko‘chalarda tashkil etish).

5. Sun’iy yoritishni ta’minlash.

6. Piyodalar harakatini tashkil qilish.

7. Velosipedchilarning harakatini tashkil qilish.

Sutkaning qorong‘i davrida avtomobillarning harakatlanish sharoiti kunduzgi vaqtdagidan keskin farq qiladi, kunduz kuni ob-havo yaxshi bo‘lgan vaqtda haydovchi to‘g‘ri uchastka yo‘lda 1000 metrdan ortiq masofani ko‘radi. Havo bulut bo‘lsa, 800-900 metr masofani ko‘rishi mumkin.Kechasi avtomobillarning uzoqni yoritish faralari yordamida yo‘l qoplamasi ustida yotgan narsani haydovchi 100-130 metr masofadan ko‘radi. Bu esa kunduzgi ko‘rinishga nisbatan 8-10 marta kam. Lekin ko‘rish masofasi kechasi keskin kamayishiga qaramasdan haydovchilar tezlikni kduz kunidagiga nisbatan atigi o‘rtacha 5-10 km/soat kamaytiradilar. Shu sababli YTH 45-50 % qorong‘i vaqtga to‘g‘ri keladi, hatto bu vaqtda harakat kunduz kunidagidan 2-3 marta kam kuzatilsa ham.

Aholi yashaydigan joylarda yo‘lning qatnov qismining o‘rtacha ravonligi (yorug‘lik) I darajali yo‘llar uchun 0.8 kd/m², II darajali yo‘llar uchun 0.6 kd/m² va chorrahalarga yaqinlashish uchastkalarida 0.4kd/m² bo‘lishi kerak.

Agarda qatnov qismining kengligi 12 metrdan oshmasa, sun’iy yoritish chiroqlari tayanchlarining bir tomondan o‘rnatilishi ma’qul. Qatnov qismining eni 12 metrdan katta bo‘lgan holda tayanchlarni yo‘lning ikki tomoniga qarama-qarshi yoki shaxmat shaklida o‘rnatilishi tavsiya etiladi. Ajratuvchi tasmaning eni 5 metrdan kam bo‘lsa, lampa


Transport vositalarining parametrlari. Transport vositasiga ta’sir etuvchi kuchlar. Balandlikka harakatlanishdagi qarshilik kuchi. Havoning qarshilik kuchi. Inertsiya kuchi. Tortish kuchi. Shina bilan qoplamaning tishlashish kuchi.

Avtomobil transporti yuk tashuvchi, yo‘lovchi va maxsus turlarga bo‘linadi.

Yuk avtomobillari o‘z navbatida:


  • yuk tashuvchi avtomobillarga;

  • etakchi avtomobillarga:

  • tirkamalar va yarim tirkamalarga bo‘linadi.

Yo‘lovchi avtomobillar yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan bo‘lib ular o‘rindiqlar soniga qarab:

- yengil avtomobillar:

- avtobuslarga bo‘linadi.

Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga mo‘ljallangan mexanizm, asbob va uskunalar bilan jixozlangan bo‘ladi. Bularga sanitariya, o‘t o‘chirish, avtosisternalar, sement tashuvchi, ko‘cha supuruvchi, yuk ortish avtomobillari va boshqalar kiradi.

Avtomobillar umumfoydalanadigan yo‘llarda harakatlanishga mo‘ljallangan va yo‘ldan tashqarida foydalanadigan- karyer avtomobillariga bo‘linadi.

Barcha avtomobillar ikki raqamdan iborat g‘ildirak formulasi bilan tavsiflandi. Birinchi raqam – umumiy g‘ildiraklar, ikkinchi- tortuvchi g‘ildiraklar soni. Masalan, Neksiya avtomobili 4X2, Niva-Shevrole 4X4 g‘ildirak formulasiga ega.

Barcha avtomobillar quyidagi asosiy parametrlar bilan tavsiflanadi:

Gabarit parametrlar. Bunga transport vositasining uzunligi, eni, balandligi, bazasi, g‘ildirak izlari orasidagi masofa, yo‘l tirqishi(avtomobilning eng pastki nuqtasidan yo‘lgacha bo‘lgan masofa), eng kichik burilish radiusi kiradi.

Og‘irlik parametrlari Bularga to‘liq og‘irlik-transport vositasining yuk, haydovchi, va yo‘lovchilar bilan ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan og‘irligi.

Yuk ko‘tarish qobiliyati- transport vositasining tavsifnomasida ko‘rsatilgan yuk og‘irligi. Transport vositasining o‘zining og‘irligi(Aslahalangan,yuksiz, yoqilg‘i, moylash, sovitish ash’yolari va jixozlari bilan).

Tortish qobiliyati. Transport vositasining tortish qobiliyati yuqori tezlik bilan yurishi, yo‘l qarshiligi katta bo‘lgan yo‘l bo‘lagida harakatlana olishi bilan tavsiflanadi. Tortish qobiliyati tortish g‘ildiraklaridagi har xil tezliklardagi tortish kuchiga bog‘liq.

Tortish qobiliyati maksimal tezlik, tezlanish vaqti (ma’lum tezlikka yetguncha ketgan vaqt, ma’lum yo‘l bo‘lagini bosib o‘tish uchun sarflangan vaqt), harakatlanish mumkin bo‘lgan maksimal nishablik bilan tavsiflanadi.



Tormozlanish qobiliyati. Transport vositalarining tormozlanishi tormoz yo‘li, to‘xtash yo‘li va sekinlashish ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi.

Turg‘unlik - transport vositasining sirpanish, siljish va ag‘darilib ketishiga qarshi xususiyati.

Boshqaruvchanlik- transport vositasining haydovchi belgilagan yo‘nalishda harakatlanish xususiyati.

O‘tuvchanlik - transport vositasining notekis joylarda kuzovning pastki qismlari bilan tegmasdan harakatlana olishi.

Yoqilg‘i tejamkorligi Transport vositasining belgilangan masofada sarflagan yoqilg‘i miqdori bilan (ko‘pincha l/100 km), bir birlik bajarilgan transport ishi uchun sarflangan yoqilg‘i(g/tkm) bilan tavsiflanadi. Yoqilg‘i tejamkorligi transport vositasi dvigatelining quvvati va uning texnik holati, transmissiyaning texnik holati va unda ishqalanishlarni yengish uchun sarflanayotgan yoqilg‘i, transport vositasining yuklanganligi, harakatlanish rejimi, haydovchining kvalifikatsiyasi, yo‘l sharoiti va boshqalarga bog‘liq..

Transport vositasining tavsifnomasida asosan yoqilg‘ining nazorat sarfi ko‘rsatiladi. Yoqilg‘ining nazorat sarfi quyidagi sharoitda aniqlanadi: quruq, gorizontal, qattiq qoplamali yo‘lda, shamolsiz sharoitda, shu transport vositasiga xos bo‘lgan tezlikda, belgilangan og‘irlikda. Transport vositasining yoqilg‘i nazorat sarfiga qarab uning texnik holatini belgilanishi mumkin. Quyidagi jadvalda ayrim avtomobillarning nazorat yoqilg‘i sarfi keltirilgan.



Avtomobillar
Benzin markasi

Yoqilg‘i sarfi l/100 km.

Malibu

AI – 92

7.3-11.2
Traker

AI – 92

8.0-14

Gentra

AI – 92

7.0-8.5

Nexia 3

AI – 92

6.5-8.0

Spark

AI – 92

4.2-6.6

Transport vositasining yoqilg‘i nazorat sarfi ekspluatatsiya sharoitida o‘zgarishi mumkin. Shahar sharoitida yoqilg‘i sarfi ortadi.



Download 8,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish