Transport oqimi tezligining yo‘l sharoitiga
va harakat miqdoriga nisbatan o‘zgarishi
Harakat tezligi yo‘l harakatining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib. U yo‘lda harakatlanishning asosiy maqsadi shaklida namoyon bo‘ladi. Yo‘lda eng Obyektiv ko‘rsatkich sifatida harakat tezligining butun marshrut bo‘ylab o‘zgarishini ko‘rsatuvchi grafik hisoblanadi. Lekin bunday tezlikning o‘zgarish egri grafigini chizish marshrut bo‘ylab laboratoriya avtomobili yordamida amalga oshirilishi lozim. Bu esa amalda ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi va ko‘pchilik hollarda uni bajarib bo‘lmaydi. Shuning uchun harakatni tashkil qilishda yo‘lning harakterli bo‘laklarida transport vositalarining oniy tezligini o‘lchash orqali xulosa qilishga amaliyotda ko‘nikma hosil qilingan.
Umuman avvalgi bo‘limlarda aytib o‘tganimizdek, transport vositalarining va oqimning harakat tezligi «A-H-Y-P-M» tizimiga ko‘pdan bog‘liq bo‘lib, tezlikni tanlash ikkita mzon orqali amalga oshiriladi: 1) eng kam vaqt sarflash; 2) harakat xavfsizligini ta’minlash. Bunda albatta haydovchining mahorati, ish staji, psixofizik holati, harakatlanish maqsadi tezlikni tanlashga ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, tezlikning o‘zgarishiga avtomobilning texnik sharoiti, atrof-muhit holati va piyodalar harakati katta ta’sir ko‘rsatadi.
Avtomobilning maksimal konstruktiv tezligi Vmax uning dvigateli quvvatiga bog‘liq. Kuzatishlar ko‘rsatadiki, Vmax tezlik bilan haydovchilar faqat ayrim hollardagina qisqa muddatda harakatlanishadi. Yaxshi yo‘l sharoitlarida transport vositalarining tezligi 0,7-0,85 Vmax ni tashkil qiladi. Bunday tezlik asosan yakka holda gorizontal to‘g‘ri yo‘l bo‘laklarida kuzatiladi.
Amalda yo‘l sharoiti ko‘tarilish, tushish, rejada kichik egriliklardan, ko‘rinish masofasi normadan past, vertikal egriliklardan tashkil topadi, shuningdek, harakat miqdori va tarkibi har xil bo‘lishi oniy tezlikning qiymatiga ta’sir ko‘rsatadi. Real yo‘l sharoitlarida yakka holda harakatlanayotgan avtomobillarning tezligi 50-120 kmsoatdan 20-30 kmsoatgacha o‘zgarishi mumkin.
Yo‘l sharoitiga va harakat miqdoriga nisbatan transport oqimi tezligining o‘zgarishini real O‘zbekiston Respublikasi umum foydalanuvdagi ikki polosalik avtomobil yo‘llarida ko‘rib o‘tamiz. Muallifning o‘tkazgan ko‘p yillik ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida bizning yo‘l sharoitimizga harakterli bo‘lgan aralash avtomobil-traktor oqimi tezligi bilan harakat polosasi orasidagi bog‘liqlar aniqlanadi, u quyidagicha ifodalandi
V*a1,20,011 Va m; (2.3)
Bu yerda: a-avtomobil kuzovining kengligi, m; Va-avtomobilning oniy tezligi kmsoat; 1,2-qo‘shimcha oraliq, m.
Transport oqimining o‘rtacha harakat miqdorini har xil yo‘l sharoitlarida quyidagi empirik formula aniqlashimiz mumkin.
Vur*VaKd kmsoat; (2.4)
Bu yerda: Va-erkin harakatlanayotgan avtomobilning oniy tezligi, kmsoat;
Kd-har xil yo‘l sharoitlarida «Va» ga nisbatan tezlikning o‘zgarishini hisobga oluvchi koeffitsient.
O‘zbekiston sharoitidagi ikki polosalik avtomobil yo‘llari uchun yo‘l sharoitiga bog‘liq ravishda, Kd qiymatining o‘zgarishi.
Harakat miqdorining transport oqimi tezligiga quyidagi formular orqali aniqlash mumkin.
Vur*Va(1-RN)kmsoat; (2.5)
Bu yerda: Va-erkin harakatlanayotgan avtomobil tezligi, kmsoat;
R-harakat miqdoriga nisbatan tezlikning pasayishni hisobga oluvchi koeffitsient;
N-harakat miqdori, avtsoat;
Avtomobil yo‘llarida tezlikni oddiy sekundomer, «Autocon», «Kordon» kabi tezlik o‘lchovchi asboblar hamda har xil avtomatik datchiklar yordamida, shuningdek, kinos’yomka usuli bilan o‘lchanadi.
Harakatni tashkil qilish maqsadida eng sodda va qulay bo‘lgan sekundomerdan tezlik o‘lchashda keng foydalaniladi. Buning uchun yo‘lning qatnov qismida uzunligi 50-100 m bo‘lgan masofa belgilanadi. Avtomobillarning kuzatuv uchastkasiga kirish va chiqish vaqtini aniq belgilash uchun yo‘l yoqasiga ishora tayog‘i o‘rnatiladi yoki yo‘lning qatnov qismiga ko‘ndalang belgi chiziqlari tushiriladi. Harakat tezligini o‘lchovchi kuzatuvchilar yo‘lning yon tomonidan 10-15 m masofada joylashadilar va avtomobil o‘lchov bo‘lagiga kirishda daqiqa o‘lchagichni ishga tushiradilar hamda avtomobil o‘lchov bo‘lagidan chiqishida uni to‘xtatadilar. Olingan natijalarni maxsus tayyorlangan.
Taqsimot egriligi yordamida ko‘p qaytariladigan tezlik-modal tezlik aniqlanadi. Jamlangan egrilik yordamida esa 15, 50, 85, 95% ta’minlanganlik tezlik qiymatlari topiladi. Jamlangan egrilikdan aniqlanadigan tezliklari quyidagicha tahlil qilish mumkin. Bunda 15% tezlik harakatni tashkil qilishda eng past tezlik sifatida qabul qilinishi kerak va u yordamida minimal tezlik chegaralanib, 4.7 buyurovchi belgisi o‘rnatiladi. 50% ta’minlanganlikdagi tezlik qiymati oqimdagi hamma avtomobillarning o‘rtacha qiymatini ko‘rsatadi. 85% ta’minlanganlikdagi tezlikka asosan yo‘l belgilari va belgi chiziqlari o‘rnatiladi. 95% ta’minlanganlikdagi tezlik hisobiy tezlikka teng deb qabul qilinadi va bu qiymatni yo‘l elementlarini hisoblashda qo‘llaniladi.
Tezlikni aniqlash borasida olib boriladigan kuzatuvlar natijasi birinchi navbatda qancha o‘lchov olib borilishiga katta bog‘liq. Ko‘rsatkichlarning aniqlik ehtimoli o‘lchov soniga bog‘liq, u esa o‘z navbatida harakat miqdorining o‘zgarishiga bog‘liqligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |