O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari fanidan Amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko’rsatma



Download 8,68 Mb.
bet43/104
Sana16.01.2022
Hajmi8,68 Mb.
#371787
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104
Bog'liq
Yo'l harakati qoidalari va HXA amaliy(1)

Transport oqimining jadalligi

va tarkibining o‘zgarishi

Harakat miqdori yillar, oylar, sutka soatlari va hafta kunlari hamda yo‘lning bo‘laklariga nisbatan o‘zgaruvchan ko‘rsatkichidir. Harakat miqdorining o‘zgarishini quyida Respublikamiz yo‘llariga xos misollar orqali ko‘rsatamiz.

Harakat miqdori avtomobil yo‘lining ahamiyatiga va uning atrofidagi viloyat va tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Masalan, Toshkent-Qo‘qon avtomobil yo‘lida harakat miqdorining yildan-yilga oshib borishiga asosiy sabab qo‘shni respublikalar va chet el bilan transport aloqalari shu yo‘l orqali amalga oshirilishidir. Aksincha harakat miqdorining pasayishi iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarning cheklanishi yoki katta hajmdagi qurilish ishlarining yakunlanishi oqibatida yuzaga keladi.

Harakat miqdorining yil davomida oylar bo‘yicha o‘zgarishi avtomobil yo‘lining xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga qarab turlicha bo‘ladi, bu o‘zgarish shahar ko‘chalarida bir muncha tekis bo‘lsa, shahar tashqarisidagi avtomobil yo‘llarida kuz yoki yoz oylarida eng katta harakat miqdori kuzatiladi. Umuman O‘zbekiston Respublikasi hududidan o‘tgan umum foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarining asosiy qismi uchun harakat miqdorining yuqori ko‘rsatkichlari yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yig‘im-terim davri avgust, sentyabr va oktyabr oylariga, dam olish zonalari bilan bog‘laydigan avtomobil yo‘llarida esa yoz oylariga to‘g‘ri keladi. Avtomobil yo‘llaridagi harakat miqdorining sutka davomida o‘zgarishi ko‘pincha harakat yo‘nalishiga, hafta kunlariga va yo‘lning ahamiyatiga bog‘liq bo‘lib, asosan sutka davomida ikki marta (ertalab va kechki) ko‘tarilish kuzatiladi. Bunday soatlardagi harakat miqdorini «tig‘iz» deyilib, bu vaqtlarda harakatni to‘g‘ri tashkil etish xavfsizlikni ta’minlashning birlamchi omili bo‘lib hisoblanadi.

Harakat miqdori haftaning ish kunlarida bir me’yorda kuzatilsa, shanba va yakshanba kunlari dam olish zonalarini bog‘laydigan yo‘llarda ikki va undan ko‘p marotaba ortishi mumkin, boshqa ahamiyatdagi yo‘llada esa uning aksi kuzatiladi.

Keltirilgan misollardan aniqlanadiki, harakat miqdori o‘zgaruvchan ko‘rsatkichidir. Amaliy hisob ishlari uchun harakat miqdorining notekislik koeffitsientini quyidagicha aniqlanadi.



(2.1)

bu yerda: Noy-ko‘rilayotgan oydagi harakat miqdori, avtoy;

Nyil-yil davomidagi harakat miqdorining jami (Ni);

12-yildagi oylar soni

Ky.n O‘zbekiston Respublikasidagi umum foydalanuvdagi yo‘llar uchun 0,3-2,2.

Sutkalik harakat miqdorining notekislik koeffitsenti ham yillik notekislik koeffetsentiga uxshab aniqlanadi:



(2.2)

bu yerda Nsoat-ko‘rilayotgan soatdagi harakat miqdori, avtsoat;

Nstuka-1 sutka davomidagi jami harakat miqdori, avtsut;

24-sutkadagi soatlar soni.

Shahar tashqarisidagi yo‘llar uchun Ks.n*0,05-1,85.

Transport oqimining tarkibi harakat miqdoriga o‘xshash o‘zgaruvchan ko‘rsatkichdir, u vaqt o‘tishi bilan yo‘l sharoitiga qarab o‘zgaradi.

Masalan. Shahardan tashqaridagi yo‘llarda yuk avtomobillari, avtopoezdlar, turli qishloq xo‘jalik mashinalari va traktorlar qatnovi shahar ko‘cha va yo‘llariga nisbatan ko‘p miqdorda uchraydi. Shuningdek, yo‘l va ko‘chalarda sutkaning tonggi va kechki vaqtlarida yengil avtomobillar oqimi ko‘p bo‘ladi.


Download 8,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish