O‘zbekiston Respublikasi avtomobillashtirish va yo‘l
tarmoqlarining o‘sish ko‘rsatkichlari
Butun dunyoda avtomobillar soni kundan-kunga ko‘payish kuzatilmoqda. Bunday holat birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasiga xosdir. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat iqtisodiyotini kuchaytirish maqsadida avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirib, Andijon viloyatining Asaka shahrida yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan zavod qurilib, 1996 yildan boshlab yengil avtomobillar ishlab chiqara boshladi. Ayni vaqtda zavod konveyeridan 7 turdan ortiq avtomobil turlari ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, 1999 yil avgust oyida Samarqand shahrida «ISUZU» zavodida kichik hajmli avtobus va yuk avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shunday qilib O‘zbekiston Respublikasi dunyoga avtomobil ishlab chiqaradigan zavodga ega bo‘lgan 26 davlat bo‘lib kirdi.
Avtomobillashtirish jamiyatning iqtisodiy yuksalishiga ijobiy ta’sir qilish bilan birga, qator salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqdaki, ularni hal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Avtomobillashtirishning salbiy oqibatlari yo‘l-transport hodisalari natijasida ko‘plab kishilarning halok bo‘lishlari, (respublikamizda 2000 yil ularni soni 2128 taga yetdi) yoki tan jarohatlarini olishlari, (2000 yil ularni soni 11677 tadan oshib ketdi), shuningdek, yo‘l-transport hodisalari natijasidagi ko‘plab yetkazilayotgan moddiy zararlar, shahar ko‘chalari, aholi yashaydigan joylardan o‘tadigan yo‘llar mintaqasidagi yuqori darajadagi shovqin, havo bassenlarining ifloslantirilishi, ko‘chalarni to‘xtab turuvchi avtomobillar tomonidan to‘sib qo‘yilishlari va nihoyat, transportlarning ushlanib qolishlari va harakat tezliklarining keskin tushib ketishidan iboratdir.
Past darajadagi harakat xavfsizligiga sabab bo‘ladigan avtomobillar harakatining uchta o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin:
1) avtomobil transportining o‘z ko‘rsatkichlariga ko‘ra mos keladigan avtomobil-transport foydalanish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi;
2) avtomobillar harakatining yo‘l harakatining boshqa qatnashchilaridan yetarli darajada ajratilmaganligi va piyodalarning harakatlanish madaniyatining pastligi;
3) haydovchilik kasbining ommaviyligi va ular orasida past malakali, kam ko‘nikmaga ega bo‘lgan havaskor haydovchilarning ko‘pligi.
Mamlakatimizdagi iqtisodiy tarmoqni rivojlantirishda yo‘l sohasining roli katta bo‘lib, u ishlab chiqarish sohasi va iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlash va O‘zbekiston Respublikasini jahon hamjamiyatiga faol kirib borishi natijasida uni yuqori darajadagi avtomagistrallar bilan ta’minlash transport kommunikatsiyalarining a’lo darajada rivojlantirishni talab etadi, bu esa birinchi navbatda avtomobil yo‘llarining ustivor tarzda rivojlantirib borishni talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasi yetarli darajada zich avtomobil yo‘llar tarmog‘iga ega. 2000 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra Respublikamizdagi yo‘llarning umumiy uzunligi 146347 km, shu jumladan, umum foydalanuvdagi avtomobil yo‘llari 43467 km, ichki xo‘jalik yo‘llari 78606 km, shahar va tuman markazlari ko‘chalari 13829 km, inspektor va asosiy yo‘ldan ajralib chiqqan yo‘llar 7420 km va boshqa yo‘llar 3025 km ni tashkil qiladi. O‘zbekiston hududlarining transport tarmog‘i bilan ta’minlanish ko‘rsatkichlari keltirilgan.
Respublikamizda umum foydalanuvdagi avtomobil yo‘l tarmoqlarining o‘sish ko‘rsatkichlari 1995 yildan 2010 yilgacha atigi 2,6% ko‘payadi, bu esa respublikada yo‘l tarmoqlari yetarli faqat tez yurar avtomagistrallar va yirik shaharlarni aylanib o‘tuvchi qurilishi zaruriyati borligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |