O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


yuradilar-da, yaxshi maslahat bersangiz yurmaydilarmi



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/58
Sana01.04.2021
Hajmi0,53 Mb.
#62325
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58
Bog'liq
ozbek tilida egasi topiladigan gaplarning stilistik xususiyatlari

yuradilar-da, yaxshi maslahat bersangiz yurmaydilarmi

U  kishi  plan  qilgan  ish  bo‘lmay  qolmaydi.  Bo‘lmaydigan  ishni  majlisga 

solmaydilar

– Ayam shunaqa, kim urushdan keldim desa, opamni so‘raydilar.  


60 

 

Lekin  o‘shandan  beri  shu  qiliqni  tashlaganlar,  oshni  hatto  qoshiq  bilan 



eydilar.  Mana  shunaqa,  bu  kishining egilishlari  qiyin,  egilganda  ham  qirsillab, 

chirsillab egiladilar...  (A.Qahhor).  Bu  parchada  muallif  niyatining  amalga 

oshirilida -lar ning rolini ham inkor qilib bo‘lmaydi; 

-shaxsi  noaniq  gaplarning  ayrimlarida  ish-harakat  nutq  so‘zlanib  turgan 

paytdan  keyingi  voqealar  tilga  olinadi.  Lekin  ularning  ma`lum  qismi  har  uch 

zamonga  ham  tegishli  bo‘ladi:  Bayram  arafasida  Asqarning  uyida  to‘planishadi

avval  uchrashganlari  sharafiga  oz-ozdan  olishadi,  keyin  qizigan  kallalariga 

g‘aroyib  bir  fikr  keladi  (Gazetadan).  O‘tgan  zamonda  bo‘lib  o‘tgan  voqeaning 

kelasi  zamonda  berilishi  va  bunda eganing  tushirilib  qoldirilishi  ham  hikoya 

qilishning  bir  usuli  bo‘lib  hisoblanadi.  -  Kechiradilar...  So‘raganning  aybi  yo‘q...  

o‘zlari kuyov qilganmilar? (A.Qahhor), Boshlarida shlyapa, bo‘ynilarida galstuk, 

oshni  qo‘li  bilan  eydilar  (O‘.Hoshimov)  gapida  fe`l  anglatadigan  hozirgi  zamon 

ma`nosining  kelasi  zamonda  berilishi  piching,  suhbatdoshidan  norozilik  ohangi 

kabi kuchli stilistik ma`noni ifodalagan. 

Zuhra.  Klubga.  Ishchi  oilasi  to‘g‘risida  Ahadjon  akang,  o‘rtoq  Zargarov 

doklad  qiladilar,  Bol’sheviklar  qo‘llaridan  kelmayturgan  ishga  nega  urinadilar? 

(A.Qahhor)  singari  ikki  tarkibli  gaplardagi  hurmat  ottenkasi  bir  tarkibli  gaplarda 

ham  saqlanib  qoladi:  —  Ajab  odam ekansan.  O‘zbekcha  savodi  yo‘q  kishilarning 

ruscha  savodi  ham  yo‘q,  deb  qaysi  mahmadana  aytdi  senga?  —  deydi.  — 

O‘lganlarni faqat xayr bilan yod qiladilar (A.Qahhor);  

-ish-harakat  umum  zamonga  oid  bo‘lishi  gapning  odatda  bilan  tarkibli 

bo‘lishini taqozo etadi: Itingni ko‘chaga chiqarishni ravo ko‘rmaydigan havo deb 

shuni  aytadilar  (O‘.Hoshimov)  kabi.  Ifodaning  mana  shu  shaklda  bo‘lishi 

so‘zlashuv va undan o‘tib badiiy-publitsistik uslublarga xosdir. Ifodaning bu usuli 

ilmif va rasmiy uslublarda kuzatilmaydi. 

G. Kelasi zamonning 3-shaxs shakllari bilan:  

-bir tarkibli gapning kesimi kelasi zamon maqsad shakli bilan ifodalanganda 

ularda  qo‘shimcha  ma`no  ottenkalari  bo‘rtib  turmaydi.  Asosan  maqsad  ma`nosi 

anglashiladi:  Sizni  yaqindan  tanishtirmoqchi  edim.  –  Bular  etti  kishi,  mas`ul 



61 

 

ishchilar;  er  islohoti  o‘tkazilishiga  norozi  bo‘lib  ariza  berishmoqchi.  SHunga 



akamni  qo‘shmoqchilar.  –  Xo‘p,  nima  demoqchisiz?..  Bu  nima  degan  so‘z?  SHu 

bilan nima demoqchi? – Qilgan gunohim uchun bir barmog‘imni berdim, yana ikki 

ko‘zimni  bermoqchiman.  –  Qonimdan  kech  demoqchimisan?  SHuni  aytib,  bu 

o‘rtoqqa  aytmoqchimanki...  –  Sizdan  qarzimni  uzib,  keyin  bolamga  qarz 

bermoqchiman (A.Qahhor) kabi; 

-bir yoki ikki tarkibi bo‘lishidan qat`iy nazar ayrim sodda gaplarning kesimi 

sifatdoshning  -ar  shakli  bilan  ifodalangan  holatlarda  obrazlilik  ottenkasi  bor. 

SHunga  qaramasdan  u  nasriy  asarlarda  deyarli  uchramaydi,  poetik  asarlarda esa 

mahsuldor hisoblanadi:  

Hayronman-ey, bu yurtda  

Ne deb sevib, suyarlar(A.Suyun). 

Yigitlari, hayotda,  

Qanday tirik yurarlar(A.Suyun). 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish