2.Pedagogik kengashni o’tkazish shakllari:
Metodik ishlardan biri pedagogik kengash hisoblanadi, uni bir necha shaklda tashkil etishi mumkin.
1.Ishchanlik o’yinlari shaklidagi pedagogik kengash. Bu pedagogik kengash jamoaning ayrim muammolar bo’yicha hisobot tarzida ma’lum muddatda o’tkaziladi. Bunday pedagogik kengashda guruh ishi asosiy o’rinni egallaydi. Tashkilotchilar pedagogik kengash ssenariysini har tomonlama o’ylab chiqishlari, rollarga bo’lishlari, topshiriqlarni bajarishlari, reglamentga rioya qilishlari lozim. Guruh qatnashchilari topshiriqlarni bajaradilar, maqsad va vazifalarni ishlab chiqadilar, dasturlarni ko’rib chiqadilar,chunki ular pedagogik kengash qarorlarining asosini belgilab beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |