O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/25
Sana17.12.2022
Hajmi2,14 Mb.
#889210
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
optika lab(2022-23)




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS 
TA`LIM VAZIRLIGI
A.
QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA 
INSTITUTI 
FIZIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI
KAFEDRASI 
UMUMIY FIZIKA kursi 
optika bo’limidan 
LABORATORIYA MASHG`ULOTLARIDAN 
USLIBIY KO’RSATMA 
JIZZAX 2020 yil 



Ushbu uslubiy ko’rsatma fizika va astronomiya o’qitish metodikasi 
yo’nalishi talabalari uchun Umumiy fizika kursining optika bo’limidan 
laboratoriya mashg’ulotlariga mo’ljallangan. 
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligi 2019 yil “25” avgustdagi 4-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 
“Umumiy fizika” fani dasturi asosida tayyorlangan. 
Ishchi fan dasturi Jizzax davlat pedagogika instituti Kengashining 2020 yil 
“___” avgustdagi № 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. 
Tuzuvchilar: o’qituvchi: Sh. X. Xolbo’tayev 
o’qituvchi: D. Toshpo’latova 
Taqrizchi:
Jizzax Politexnika Instituti dotsenti E. A. Rabbimov 



Laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida talabalarga qo‘yiladigan
talablar. 
1. Talabalar texnika xavfsizligi hilan tanishib chiqib, unga amal qilishi kerak. 
2. Talaba navbatdagi amaliy mashg'ulotda qaysi nomerdagi laboratoriya ishini 
bajanshi lozimligini bir hafta oldin o'qituvchi unga ma’lum qiladi. Bunda 
talabaning vazifasi belgilangan ishning nazariyasini o'zlashtirish, tegishli 
qurollar va ishni bajarish tartibi hilan tanishib kelishdan iborat. 
3. Har bir talaba laboratoriya ishlari uchun maxsus hisobot daflari tutib, bu 
daftarda laboratoriya ishini qanday bajarganligi, olgan natijalari to'g'risidagi 
hisobot ni tartibli qilib yozib borishi kerak. 
4. O'qituvchi talabaning ish nazariyasini va ishni bajarish uslubini 
o'zlashtirganligiga ishonch hosil qilgach, unga ishni bajarishiga ruxsat beradi. 
5. Talaba ishga kirishgach, o'qituvchi uning qurollardan to'g'ri 
foydalanayotganligini, olinayotgan natijalarning ishonchliligini ishni bajarish
jarayonida tekshirib boradi va talabaning ishini bajarganligi to'g'risida uning 
daftariga hamda laboratoriya jurnaliga belgilab qo'yadi. 
6 . Laboratoriya ishining bajarilishi va olingan natijalar hisoboii o'qituvchiga
grafik bo'yicha topshirib boriladi. Bu haqda o'qituvchi tomonidan talaba daftariga 
va laboratoriya jurnaliga qayd qilinadi. 
7. Agar talaba biror sababga ko'ra bitta yoki ikkita ishni bajara olmasa, qolib
ketgan ishni darsdan tashqari vaqtda laboratoriya mudirining nazoratida bajarishi 
va o'qituvchiga bu haqdagi hisobot ni topshirishi shart. Talabaning 
o‘zboshimchalik bilan ish navbati grafigini buzishi qat’iy man etiladi. 
8 . Har bir talaba o‘quv semestri davomida o'quv ishchi dasturida ko‘rsatilgan
praktikum mashg‘ulotini bajarishi va barcha ishlar yuzasidan umumiy kollokvium 
topshirishi lozim. Shundan keyin o‘qituvchi talabaning sinov daftarchasiga va 
sinovlar varag‘iga talaba to‘plagan balini qo‘yadi. 
9. Laboratoriya darsi mashg'ulotlarida aktiv va namunali qatnashgan, barcha 
ishlarning natijalarini ilmiy saviyada olishga muvaffaq bo'lgan ayrim talabalar
o'qituvchi tavsiyasiga ko‘ra, kafedraning qaroriga binoan predmet 
kollokviumidan va zachyot topshirishdan ozod qilinadi. 
10. Laboratoriyadagi asbob-uskunalarga va boshqa o ‘quv jihozlariga 
sovuqqonlik bilan qarash natijasida ularni ishdan chiqargan talaba kafedra va
dekanat tomonidan moddiy va ma’naviy jazolanadi. 
11.Amaliy mashg'ulotlar olib borilayotgan vaqtda guruhdagi boshqa 
talabalarning ishdan e’tiborini chalg'itmaslik, ularning o'lchashlariga halaqit 
bermaslik zarur. 



Talabalarga ayrim maslahat va ko‘rsatmalar. 
Inson salomatligida ozodalik qanchalik muhim bo‘lsa,laboratoriya ishidagi
muvaffaqiyat uchun ham qo'llanayotgan asbob va jihozlarning, qurilmalarning 
toza
hamda tartibli tutilishi shunchalik zarurdir. Shuning uchun ularni doimo ehtiyot
qiling va ozoda tuting. Ishni bajarib bo'lgach, ish stolingizni tartibga keltirib 
qo'ying. 
Har bir laboratoriya ishini bajarish eksperimentatordan katta qunt talab
qiladi. Agar ish natijasini to‘g‘ri aniqlay olmasangiz ularni soxta yo‘l bilan 
to‘g‘rilamang. Yaxshisi rahbaringizga murojaat qiling, balki siz biror narsani 
hisobga olmayotgan yoki asbobni yaxshi sozlamagan bo’lishingiz mumkin.
Ehtiyotkorlik — xavfsizlik garovidir. Turli xil og'ir moslamalar: ballistik 
mayatnik, ag‘darma mayatnik, Yung modulini egilishdan topish qurilmasi va
hokazo yaqinida ishlashda, turli xil shisha qurilmalardan (qovushoqlik 
koeffitsientini Stoks va Puazeyl usullaridan topish, Dyulong—Pti qonunini
o‘rganish va boshqalar) foydalanishda, elektr toki bilan muomala qilishda,
optik sistemalarni va asboblarni o‘rganishda diqqatli va e’tiborli bo‘ling.
Zaharli kimyoviy moddalardan foydalanilganda juda ehtiyot bo‘ling. 
Ayniqsa, simob bug‘i organizm uchun xavflidir. Shuning uchun termometrlarning
sinishiga, manometrlardan simob to‘kilishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
Ishning muvaffaqiyati sizga ahamiyatsizdek tuyulgan mayda sabablarga 
bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, tajriba davomida kutilmagan biror hodisa 
ro‘y berib qolishi mumkin. Ularni sezib olish sizdan o‘ta sinchkovlik va 
sezgirlikni talab qiladi. Shuning uchun ish bajarish jarayonida kuzatuvchan 
bo‘ling. 
Mashg‘ulot o‘tkazish davomida reaktivlarni (efir, atseton, dinaturat, etil 
spirti), turli xil materiallami, bidistillatni, gazni va elektr energiyasini tejamkorlik 
bilan sarflang. 
O’z vaqtini to‘g‘ri va unumli taqsimlash eksperimentatorning eng muhim 
vazifasi bo‘lmog‘i kerak.




Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish