O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,98 Mb.
bet10/37
Sana18.07.2022
Hajmi2,98 Mb.
#824396
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
ХУСАИНОВ Б

Edvayzer- (advisor - qadimgi franso‘z so‘zi “avisen”, “o‘ylamoq” so‘zidan olingan ) individual holda diplom ishi, kurs ishini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot olib borish, individual dasturlarni ishlab chiqish jarayonida maslahatchidir.
Fasilitator (ingl. facilitator, lot. facilis — «yengil, qulay» degan ma’noni bildiradi) — fasilitator guruhlarda faoliyatni tashkil etishda ko‘maklashadi. U guruhlardagi faoliyatni samarali bo‘lishini ta’minlashi, guruhda sohlom komunikatsiyani o‘rnatishi, guruhda ishlash qoidalariga va regamentlarga amal qilishni ta’minlashi joiz. Fasilitator guruhda qulay psixologik muhitni yaratadi va faoliyatni samarali bo‘lishiga yordam beradi. Fasilitator faoliyati turli modellarda uchraydi. Fasilitator faoliyati har qanday treningning tarkibiga kiradi. Turli amaliy faoliyatlarni onlayn tizimida, guruhlarda tashqil etish jarayonida fasilitatorlik xususiyatlari o‘z aksini topadi.
Moderator -(lot moderor— meyorlashtiraman, tekshiraman) qabul qilingan qoidalarga amal qilishni tekshiradi, talabalarning qobiliyatlarni ochilishiga, bilish faoliyatini aktivlashtirishga yordam beradi.
Supervizor- quyidagi to‘rt fazifani bajaradi: o‘qituvchi sifatida o‘rgatadi, fasilitatorlik, maslahatchi, ekspert vazifani bajaradi.
Superviziya — bu o‘zaro munosabatlar tizimi bo‘lib, supervizor tomonidan kasbiy faoliyatga oid boshqa mutaxassisga maslahatlar berishni ko‘zda tutadi. Bu faoliyat ayniqsa psixoterapevtlarni tayyorlashda muhim axamiyatga ega. Superviziya kasbiy kompententlikni oshirishga, bilim, ko‘nkmalarni yanada takamollashtirishga va shaxsiy kamolotga erishishga yordam beradi. Keyingi vaqtlarda modulli ta’lim tizimida kompleks yondashuv tamoyili kuchayib bormoqda. Unda turli shakl, usullar moslashtirilgan holda joylashtirilmoqda. Bugungi kunda aralash ta’lim innovatsiya sifatida kirib kelmoqda.
Yangi texnologiyalar kun sayin rivojlanib, axborotlashtirish jarayoni tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan xozirgi davrda ta’lim soxasida axborot resurslarini tashkil etish va ta’limda foydalanishga mamlakatimizda xam aloxida e’tibor qaratilmokda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasida “Elektron ta’lim” milliy tizimini yaratish investitsiya loyixasini amalga oshirish chora-to‘g‘risida 2012 yil 16 apreldagi PQ-1740 con qarori ta’lim soxasida axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jaxon axborot resurslaridan baxramand bo‘lishni kengaytirishga zamin yaratadi.
Multimedia maxsulotlarini pedagogik jarayonda foydalanishni ikki xil yo‘lda amalga oshirish mumkin.
Bozorda mavjud dasturiy maxsulotlardan o‘qitiladigan fan doirasiga mos keladiganlaridan foydalanish. Tanlash masalasi ancha murakkab, chunki mavjud maxsulotlar o‘tiladigan fan dasturiga mos bo‘lishi, pedagog tomonidan qo‘yilgan ma’lumotlarning ishonchlilik talablariga, qabul qilinish darajasiga, to‘liqligiga javob bera olishi lozim.
O‘qituvchi tomonidan o‘qitiladigan fan maqsadiga va ko‘riladigan masalalar doirasiga mos multimedia maxsulotini yaratish. Buning uchun fan o‘qituvchilari multimedia texnologiyalari bo‘yicha malakalarini turli kurslarda oshirishi, shuningdek kompyuter imkoniyatlarini batafsil o‘rganib chiqishi, qo‘shimcha tasvirlarni ko‘rsatish vositalari va interaktiv doskaning imkoniyatlarini bilishlari lozim.
TUSHUNCHALAR TAHLILI” metodi
Tushunchalar tahlili metodi orqali talabalar ma’ruza darsidan olgan bilimlarining asosini tashkil qilgan tushunchalarni o‘rganib chiqadilar va tahlil qiladilar. Bu metod talabalarning nazariy bilimlarini oshirish uchun hizmat qiladi va mavzuni to‘liqroq o‘rganishga yordam beradi. Talabalar dars so‘ngida ma’ruzani qanday darajada o‘zlashtirganliklarini ham bilib olish uchun qulay metodlardan biri hisoblanadi.
Bu metoddan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
O‘qituvchi yangi mavzuni bayon qiladi va u haqida tushunchalar beradi.
O‘qituvchi quyida ko‘rsatilgan jadval ko‘rinishidagi tarqatma materialni talabalarga tarqatadi.
Talabalar ma’ruzadan olgan bilimlari asosida jadvalni holisona to‘ldiradilar
O‘qituvchi to‘ldirish uchun 10 daqiqa vaqt beradi va vaqt tugagach tarqatma materiallarni yig‘ishtirib oladi.
Talabalar qilgan tahlillar to‘g‘ri tahlilga qanchalik yaqinligiga qarab baholanadi.
Germaniyaning oliy ta’lim tizimi.
OTM ga kirish uchun imtihon topshirish ko‘zda tutilmagan. abituriyent uchun maktabni yoki gimnaziyani bitirishda muvaffaqiyatli imtihon topshirish katta ahamiyatga ega, chunki nufuzli mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga kirishda attestatdagi o‘rtacha ball muhum rol o‘ynaydi. Universitetlarning nufuzli mutaxassisliklariga tegishli o‘rinlarni taqsimlash ishlari bilan maxsus "zentralstelle für die vergabe von studienplatzen" (zvs) muassasa shug‘ullanadi. zvs o‘rtacha balldan tashqari abituriyentning ijtimoiy holatini va shahsiy sabablarini ham nazarga oladi. agar o‘rtacha ball yetarli bo‘lmasa abiturent navbatga qo‘yiladi. bir necha semestr o‘tgach unga universitetdan o‘rin beriladi.
Germaniyada muntazam ravishda universitetlarning reytingi aniqlanib boriladi, bunda o‘qitish shartlari va sharoitlari, professor-o‘qituvchilarning salohiyati hamda ta’lim olgach mutahassislarni ishga joylashish ehtimoli inobatga olinadi.
Universitetlarning asosiy maqsadi - bilimi mustahkam va dunyo qarashi keng bo‘lgan mutahassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Maxsus (professional) OTMlar mutaxassislarni tayyorlashda katta axamiyatga ega. Ular nemis muxadislarining 70 % tayyorlashadi. Ushbu OTMlar qisqartirilgan o‘quv sikli bilan farqlanadi. Talabalar 3 yil davomida nazariy bilim olishadi, keyin esa 1 yil amaliyot ishlarini o‘rganishadi. Bunday OTMlarda ta’lim maksimal amaliyotga yaqinlashtirilgan. Barcha professor-o‘qituvchilar kasbiy tajribaga ega va ishlab chiqarish firmalari bilan mustahkam aloqa bog‘lashgan.
Germaniyada “Akakdemik erkinlik” prinsipi hukum topgan. Unga binoan boshqaruv va tashkiliy masalalari yuzasidan OTMlar va talabalarga erkinlik berilgan. Germaniyada ta’lim tizimi umumiy majburiy qoidalar bilan qatiy chegaralanmagan. Ta’limga oid deyarli barcha maslalalarning samarali yechimi va natijalari talabaning mas’uliyati, mustaqilligi va intizomiga havola etilgan. Talaba tanlagan mutaxassislikning o‘quv dasturiga rioya qilgan holda o‘z o‘quv rejasini tuzadi va o‘quv vaqtini reajalashtiradi.
Germaniyada deyarli barcha mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olish ikki davrdan iborat:
Boshlangich davri (Grundstudium). Bu davrda 4 semestr davomida talaba hohishi bilan tanlagan fanlari bo‘yicha bazaviy bilimlarni o‘zlashtiradi, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq qilish ko‘nikmlalarini egalaydi. Davr oralik va diplomoldi imtihonlarni topshirish bilan tugaydi (Zwischenprüfung). Ammo bu imtihonlar yakuniy bitiruv imtihonlari deb qabul qilinmagan, ularning natijasi bo‘yicha kasbiy kvalifikatsiya berilmaydi, lekin ular o‘qishni davom etishga yo‘l ochadi.
Asosiy davr (Hauptstudium). Bu davr 5 semestrdan iborat. Talaba tanlagan fanlari bo‘yicha chuqur bilimlarni o‘zlashtiradi. U mustaqil ilmiy izlanishlar olib boradi, universitet taklif etgan fanlar kesimida spetsializatsiya yo‘nalishini tanlaydi. Bu bosqich bakalavr, magistr diplomini olish yoki davlat imtihonini topshirish bilan yakunlanadi. So‘ngi semestr akademik darajasini olish uchun dissertatsiya yozishga bag‘ishlanadi.
Ta’lim olish muddati OTMng turiga va akademik darajani olishga bog‘liq. Oliy ta’limning Qonuniga asosan birinchi kasbiy kvalifikatsiyaga ega bo‘lish uchun «standart ta’lim davri» (Regelstudienzeit) 4,5 yil (9 semestr)ni tashkil etadi. Faqatgina ayrim holatlarda (maslalan, meditsina sohasi) boshqa “mezon” belgilanishi mumkin. Bakalavr (Bachelor yoki Bakkalaureusgrad) akademik darajasini olish uchun kamida 3 yil o‘qish kerak, ko‘pida – 4 yil. Bu basqichdan keyin magistr (Master yoki Magistergrad) akademik darajasini olish uchun ikkinchi yakuniy imtihonni topshirishi mumkin. Bu darajaga ega bo‘lish uchun kamida 1 yil, ko‘pi bilan 4 yil o‘qish kerak.
Talabaning bilim uzlashtirishi semestr haftalari soati bilan o‘lchanadi. 4 yil o‘qish muddatiga 150-160 semestr soati to‘g‘ri keladi. talabaning bilimi imtihonlar orqali aniqlanadi.
Imtihonlarni topshirishga bir necha nazorat yozma ishi bajarilgandan so‘ng ruxsat beriladi.
OTMlar ta’lim tizimida ma’ruza, mashg‘ulot, proseminar (murakkab seminar mashg‘ulotlaridan oldin bajariladigan amaliy mashg‘ulotlar, seminar, oberseminar, laboratoriya ishlari o‘qitish shakllari mavjud. O‘zbekistonda qabul qilingan va bizga xos tushunchadagi kurs va loyiha ishlari ularda kuzatilmaydi.
Shu yerda germaniyaning oliy tizimiga oid yana ayrim ma’lumotlar berish maqsadga loiq
Germaniya otmlarida odatga ko‘ra akademik yil 2 semestrdan iborat. Yozgi semestr (semester) 1 apreldan 30 sentabrga qadar bo‘ladi, qishki semestr – 1 oktabrdan to 31 martga qadar. Ayrim OTMlarda semestr bir oy vaqtliroq boshlanadi va 1 oy kech tugaydi. 13
Akademik yilning deyarli 3dan bir qismi talabalar ta’tilidan iborat. Ammo bu muddat aslo dam olish uchun berilmagan. ta’til vaqtitda talabalar uy yozma ishlarini bajarishadi va ayrim fakultetlarning tartibiga ko‘ra nazorat ishlarini yozishadi va imtihonlar topshirishadi.



Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish