Ball
|
Baho
|
Mustaqil ishlarning bajarilganlik darajasi
|
86-100
|
A’lo “5”
|
Mustaqil ishlar to‘liq va aniq bajarilgan, olingan ma’lumotlar tahlil etilib, izchil va tizimli ravishda muammoning echimiga qaratilgan loyihalash jarayoni amalga oshirilgan, mustaqil ishni bajarishga ijodiy yondashilgan, muammoga tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilgan, internet ma’lumotlari ijodiy tahlil asosida
aks etgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi.
|
71-85
|
Yaxshi “4”
|
Axborotlar ahamiyatiga ko‘ra tabaqalashtirilgan, mustaqil ishni bajarishga qisman ijodiy yondashilgan, muammoga tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilgan,
internet ma’lumotlari aks etgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi.
|
55-70
|
Qoniqarli “3”
|
Mustaqil ish bajarish uchun lozim bo‘ladigan shart- sharoitlar va imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmagan, berilgan namunalarga asoslanib, mantqiy echimlar keltirilgan, mustaqil ishni bajarishga ko‘rsatmalar asosidagi tayyor ma’lumotlardan foydalanilgan mustaqil ishlarga
qo‘yiladi.
|
0-55
|
Qoniqarsiz “2”
|
Mustaqil ishlar etarlicha izchillikda va tizimlilik darajasida bajarilmagan, namunalarga o‘xshash tarzda, ijodiy yondashilmagan, muammoga tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilmagan, internet ma’lumotlaridan
ko‘chirilgan mustaqil ishlarga qo‘yiladi.
|
MUSTAQIL ISHLARNING SHAKLI VA HAJMINI BELGILASH
Talabalarga mustaqil ta’lim mavzulari berilar ekan, o‘qituvchi har bir mavzuning o‘ziga xos xususiyatlari, mavzularni o‘rganishga bo‘lgan yondashuv, mavzu natijalarini qay tarzda umumlashtirish, tahlil qilish, xulosalar chiqarish va ularni oxirgi jarayon sifatida baholash uchun taqdim qilish holatlarini tushuntirib berishi lozim.
Mavzularning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘rganish jarayonida uning natijalarini umumlashtirishda eng maqbul uslublar, xususan, reja asosidagi konspekt, tezislar, xronologik va boshqa mazmundagi jadvallar, diagrammalar, chizmalar, xaritalar (yoki xaritalar asosida ishlash), grafiklar, yozma yoki og‘zaki axborot, referat, ilmiy ish, ijodiy ish tarzida amalga oshirilishining qo‘llanishi haqida ma’lumotlar va tushunchalar berib o‘tishi maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, talabalar o‘zlari tayyorlagan mustaqil ta’lim topshiriqlarini yozma yoki og‘zaki, referat yoki ijodiy ish sifatida topshirishlarini ham oldindan belgilashlari zarur.
Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim:
o‘qish;
muayyan fanning o‘ziga xos xususiyati va o‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi;
talabalarning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi);
fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi;
talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi.
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinlik darajasi semestrdan-semestrga ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga muvofiq ravishda o‘zgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga o‘rgatib borish kerak bo‘ladi.
Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:
fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash;
amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish;
ma’lum mavzu buyicha referat tayyorlash;
kurs ishi (loyihalari)ni bajarish;
-bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar to‘plash;
hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;
maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash;
amaliyotdagi mavjud muammoning echimini topish, test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash;
ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash;
amaliy mazmundagi nostandart masalalarni echish va ijodiy ishlash;
uy vazifalarini bajarish va boshqalar.
Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta o‘ylab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarning auditoriya mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to‘ldirishga xizmat qilishi kerak.
XULOSA
Mustaqil ta’limni tashkil qilish jarayonida belgilangan mavzularning turli mazmunga va turli davrlarga oid tanlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Agar mustaqil ta’lim uchun topshirilgan mavzular bir xil mazmundagi (masalan, faqat siyosiy tarix yoki faqat iqtisodiy masalalar va hokazo) mavzulardan iborat bo‘lsa, talabalarning fanni faqat bir tomonlama (yoki cheklangan holdagi malum bir soha bo‘yicha) o‘rganishlariga majbur qilib qo‘yadi. Bu esa o‘z navbatida talabalarning eng avvalo tarix sohasidagi bilimlarini cheklanishiga yoki bir yoqlama bo‘lib qolishiga olib kelsa, ikkinchidan ularning tarixiy jarayonlarni o‘rganishdagi turli uslublardan foydalanmaslikka (chunki malum uslublar hamma mavzular uchun ham mos kelavermaydi) va ularni chetlab o‘tishiga olib keladi. Natijada talaba fan (kurs) yuzasidan o‘rganishi lozim bo‘lgan (ko‘zda tutilgan) barcha mavzularni o‘rganmaydi va etarli bilimga ega bo‘lmaydi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish o‘rinliki, fan (kurs) yuzasidan berilayotgan har bir mavzu o‘qituvchi tomonidan avvaldan atroflicha o‘rganilishi va shundan so‘nggina talabalarga tavsiya qilinishi lozim. Bu jarayonda kafedraning o‘rni haqida yuqoridagi bandlarda aytib o‘tilgan edi.
Mustaqil ta’lim uchun belgilangan (tavsiya etilgan) mavzular tarix fanining turli sohalarini qamrab olar ekan, albatta ularni o‘rganishda o‘ziga xos tarzda yondashish talab etiladi. Mustaqil ta’lim mavzulari mazmunidan kelib chiqqan holda mustaqil ta’lim topshiriqlari bir necha ko‘rinishda (usulda) tayyorlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |