1.3. Konchilik va marksheyderlik ishi masalalarini yechishda geoaxborot
tizimlarining o’rni.
Hozirgi vaqtda GAT fazoviy tarqalgan ma‘lumotlar bilan bog‘liq bo‘lgan
ko‘pgina amaliy masalalrni yechishda samarali vosita bo‘lmoqda. Ushbu
ma‘lumotlar umuman olganda xududlarning ustuvor rivojlanishini ta‘minlashda
qo‘llanilmoqda, shu jumladan;
-
shahar va qishloq qurulishini oqilona rivojlantirishda;
-
xududlar ekologik xavfsizligini ta‘minlashda;
-
favqulotda holatlar paydo bo‘lishi va rivojlanishini prognozlashda;
-
navigatsiya tizimini ishlatishda va boshqalar.
Agarda mavjud ma‘lumotlar bazasining 85 foizgachasi u yoki bu geografik
informatsiyani o‘z ichiga olganligini inobatga olsak, GAT vositalari yordamida
yechiladigan masalalar ko‘lami qanchalik kengligini aniqlash qiyin emas.
18
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda, shu jumladan Rossiya Federatsiyasida
ham GAT juda keng qo‘llaniladi [3.b20]. O‘zbekistonda oxirgi yillarda ushbu
tizimning potensialidan foydaianlish o‘sayotganligini sezish mumkin. Bunga misol
2020 yilni
"Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish"
yili
deb e‘lon
qilinishi. [48]
GAT texnologiyalar neft va gaz, geologiya-qidiriv, geodeziya va kadastr
sohalarida muvafaqqiyatli qo‘llanilmoqda. Shuningdek, GAT yer osti boyliklarini
egallashdagi muammolar konchilikning kon texnik, ekologik va iqtisodiy-ijtimoiy
masalalarini tezkor yechishda o‘z o‘rnini topmoqda. GAT imkoniyatlari maskur
masalalarni yechish bilan chegaralanmaydi. Har qanday soha ishlab chiqarish
tarmoqlari xududiy tarqalgan bo‘lsa o‘z faoliyatining samaradorligini oshirish
uchun GAT imkoniyatlaridan samarali foydalanishga harakat qiladi.
Geografik axborot tizimlari qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sohalarning to‘liq
bo‘lmagan ro‘yxati quyidagilardan iborat:
1.
Respublika va maxalliy boshqaruv tizimi;
2.
Favqulotda holatlar, fuqaro xavfsizligi, ekologiya va tabiatni muhofazalash;
3.
Atrof muhitni boshqarish;
4.
Qishloq xo‘jaligi;
5.
Konchilik sanoati va yer to‘g‘ridagi fanlar;
6.
Distansion zondlash va kosmotasvirlarni qayta ishlash;
7.
Suv ta‘minoti va suv resursrlari;
8.
Energetika tarmoqlari va telekommunikatsiya;
9.
Transport va logistika
10.
Ko‘chmas mulk va kadastr ishlari;
11.
Sog‘liqni saqlash va ta‘lim.
Hozirgi vaqtda konchilik ishlari va geologiya amaliyotiga ixtisoslashgan
geaxborot tizimlaridan foydalanish borasida jiddiy tadqiqotlar natijalari obro‘yli
nashrlarda e‘lon qilinmoqda. Ularga binoan konchi muxandislar, geologlar va
marksheyderlar tomonidan foydalaniladigan dasturiy ta‘minot quyidagi
yo‘nalishga mo‘ljallangan:
19
-
yer osti foydali qazilmalari atributlari va geoko‘rsatkichlarining
joylashuvi tabiatan uch o‘lchamli bo‘lgan fazoviy masalalarni yechish;
-
kon uyumlarining tuzilishi va ularda sodir bo‘ladigan jarayonlarni
ifodalsh uchun matematik modellashtirishni qo‘llash.
Shuning uchun, o‘rinli bo‘ladi agarda GATni loyihalash jarayonida 3D
ob‘yektlarini yaratish texnologiyalarini ifodalashga e‘tibor qaratilsa. (2-rasm)
GATning boshqa axborot tizimlaridan afzalligi u kelib chiqishi har xil
bo‘lgan ma‘lumotlarni birgalikda ishlab chiqish imkoniyatiga ega, chunki ularda
ob‘yektlar va jarayonlarni lokalizatsiyalash uchun ma‘lumotlar umumiy asnoda
toplanadi.
Konchilik ishlarida yechim qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun
qo‘llaniladigan masalalarning to‘liq bo‘lmagan ro‘yxati quyidagi ko‘rinishga ega:
-
konchilik sanoati rivojlangan xududlarni ekologik monitoringi;
-
foydali qazilma konlarini o‘zlashtirishni tahlil va prognoz qilish;
-
konchilik kompaniyasini boshqarish;
-
gazodinamik voqealarni prognoz qilish;
-
foydali qazilma konlarini qazib olishning geomexanik sharoitini
baholash;
-
kon-geometrik modellashtirish va konchilik ishlarini rejalashtirish;
-
sputnikli navigatsion tizimlardan foydalanib ochiq konchilik ishlarini
tezkor boshqarish.
Shuningdek, foydali qazilma konlarini o‘zlashtirishdagi boshqa ko‘pfaktorli
muammolarni yechish.
Konchilik ishlab chiqarishini boshqarish va rivojlanishi bilan bog‘liq
masalalarni yechish uchun parametrlarning ba‘zi bir majmui bo‘yicha qabul
qilingan yechimlarning optimalligini aniqlash va qo‘llanilgan harakatning natijasi
hamda oqibatini baholash zarur bo‘ladi.
Agarda zamonaviy konchilik korxonalari murakkab tabiiy-texnogen tizim
bo‘lib, ko‘pkomponentalar hamda konchilik korxonalari xududiy taqsimlangan
20
komplekslar bo‘lganligi tufayli qayd etilgan baholashni amalga oshirish qiyin
yechiladigan masalaga o‘xshaydi.
Har qanday axborot tizimini loyixalashdan avval mazkur tizimga qaysi
ob‘yektlar to‘g‘risida ma‘lumotlarni saqlash zarurligini aniqlash lozim. Masalan,
konchilik korxonasini atrof muhitga ta‘sirini aniqlaydigan tizim uchun ma‘lumotlar
bazasiga barcha ifloslanlantiruvchi manbalar va ta‘sir doirasidagi atrof muhit
ob‘yektlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak bo‘ladi.
GATning asosiy analitik va modellashtirish operatsiyalari bo‘lmish overley,
buferlashtirish, grafoanalitik usullarni qo‘llashga qaratilgan misolni ko‘rib
chiqamiz.
Aytaylik, karyerni loyihalash bosqichida uning atrof muhitga yetkaziladigan
zararini aniqalash zarur bo‘lsin. Ushbu baholash quyidagi parametrlar bo‘yicha
amalga oshirilsin:
a) yerning buziladigan hosildoq qatlamini son va sifat jahatdan baholash;
b) shu joydagi kesiladigan daraxtzor maydonini baholash, har bir daraxt turi
bo‘yicha.
Boshlang‘ich berilgan ma‘lumotlar sifatida uch qatlamli informatsiyaga ega
bo‘lgan xarita bo‘lishi kerak:
1.
Tuproqdagi gumusning miqdori va tuproqning qalinligi tasvirlangan xarita.
2.
Daraxtzorning xaritasi (daraxt turlari va ularning sanoat va tabiiy bahosi
boniteti ko‘rsatilgan).
3.
Loyihalanadigan karyer joylahgan xarita.
Overleyni ―and‖ operatsiyasidan foydalangan holda loyihalanadigan karyer
xududidagi tegishli uchastkani tuproq va daraxtzor xaritasidan kesib olib, ularning
yuzasini topib tegishli arifmetik hisoblar vositasida yetqazilgan zarar aniqlanadi.
Zararni
minimallashtirish
maqsadida
karyerni
joylashtirishnng
mavjud
imkoniyatlarni ko‘rib chiqilib, eng optimal variant qabul qilinadi.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |