O’zbekiston respublikasi оliy va o’rta maxsus тa’lim vazirligi



Download 0,53 Mb.
bet9/11
Sana09.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#765203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Oʻzb. Res. davlat byudjeti

7-jadval12

Shu bilan birga, oʻtgan yilda oziq ovqat mahsulotlari importi 2,9 mlrd. dollarga teng boʻlib, 2020-yilga nisbatan 35,5 foizga va 2019-yilga nisbatan 55,3 foizga koʻpaygan boʻlsa, kimyo mahsulotlari 4,3 mlrd. dollar boʻlib, mos ravishda 24,0 va 33,0 foizga, energotashuvchilar va neft mahsulotlarining importi 1,5 mlrd. dollarni tashkil etib, 39,2 va 63,8 foizga oshgan.
AHOLI DAROMADLARI
2021-yil yanvar-dekabr holatiga koʻra Respublika hududididagi aholining
umumiy daromadlari oʻtgan yilga nisbatan 24,2 foizga oʻsib 515,7 trln.soʻmni
tashkil etdi. Shu bilan birga, real daromadlar ushbu davr modaynida 12,1 foizga
koʻpayib, 465,3 trln.soʻmni tashkil etdi.
Aholi daromadlari turlari boʻyicha birlamchi daromadlar 2020-yilning mos
davriga nisbatan 21,3 foizga oʻsib, 379,8 trln.soʻmni tashkil etgan boʻlsa, transfert
daromadlari 33,1 foizga koʻpayib, 135,9 trln.soʻmni tashkil etdi. Daromadlar
tarkibida ishlab chiqarishdan olingan daromadlar ulushi 2020-yildagi 75,4
foizdan 2021-yilda 73,6 foizga kamaygan. Transfertlardan olingan daromadlar
ulushi mos ravishda 24,6 foizdan 26,4 foizga ortgan.
8-jadval13

Shuningdek, birlamchi daromadlar tarkibida ishlab chiqarishdan olingan
daromadlar (368,5 trln. soʻm) va mol-mulkdan olingan daromadlar (11,3 trln. soʻm)
ulushi oʻzgarmagan va mos ravishda 97 va 3 foizni tashkil etgan.
2022-yil uchun davlat byudjeti daromadlari 200 trillion soʻm, xarajatlari esa 215,4 trillion soʻm miqdorida boʻlishi rejalashtirilyapti.
Moliya vazirligi axborot xizmati 2022-yil uchun Davlat byudjeti loyihasini eʼlon qildi14.
2022-yilda yalpi ichki mahsulotning 6 foiz oʻsishi prognoz qilingan boʻlsa, inflyatsiya darajasining pasayish tendensiyasi davom etib, 2022-yilda 9 foiz atrofida boʻlishi kutilmoqda.
2022-yil uchun davlat byudjeti daromadlari 200 trillion soʻm, xarajatlari esa davlat maqsadli jamgʻarmalariga transfertlarni inobatga olgan holda 215,4 trillion soʻm miqdorida ajratilishi rejalashtirilgan.
Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisida “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun senatorlar tomonidan ko‘rib chiqildi.
Qonun bilan 2022 yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va konsolidatsiyalashgan Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari prognozlari hamda 2023 – 2024 yillar uchun budjet mo‘ljallari belgilanmoqda.
Qonunda 2022 yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlari 6 foizni, shu jumladan, sanoatda 7 foizni, qurilish sohasida 8,1 foizni, qishloq xo‘jaligi sohasida 3,3 foizni tashkil etishi rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori 2022 yil uchun yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilanmoqda. Bunda budjet taqchilligining cheklangan miqdoridan oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar faqatgina qo‘shimcha daromad manbayi mavjud bo‘lganda yoki boshqa xarajatlarni qisqartirish hisobiga amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Qonunda inflatsiya darajasi pasayishi tendensiyasi davom etishi va kelgusi yilda 9 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.Qonun bilan birinchi darajali budjet mablag‘lari taqsimlovchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan mablag‘ oluvchi quyi tashkilotlarga o‘zlariga ajratilgan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarining 10 foizgacha qismini Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan yo‘naltirishga haqli ekani belgilanmoqda.
2022 yilda konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 254,6 trln so‘m yoki YaIMning 30,3 foizi darajasida prognoz qilinmoqda. Davlat budjeti daromadlari 199,5 trln so‘m, xarajatlari esa 215 trillion so‘m miqdorida bo‘lishi belgilanmoqda.
Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari 31,9 trln so‘m, xarajatlari esa 58,7 trln so‘m miqdorida rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Davlat budjetidan ijtimoiy sohaga, xususan, ta’lim sohasi xarajatlariga 46,9 trln so‘m, sog‘liqni saqlash sohasi xarajatlariga 22,8 trln so‘m, madaniyat va sport sohasi xarajatlariga 3,4 trln so‘m va fanni yanada rivojlantirish tadbirlari uchun 1,5 trln so‘m yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.
Qonun bilan ko‘p kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni ta’mirlash xarajatlari va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimiga kiruvchi issiqlik ta’minoti tashkilotlarining issiqlik tarmoqlari va qozonxona uskunalarini kapital ta’mirlash xarajatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirish tartibi joriy qilinmoqda.
Tumanlarda (shaharlarda) tegishli budjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi, budjet qo‘shimcha mablag‘larining kamida 30 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi belgilanmoqda.
Qonunda ochiq budjet, “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga 1 trln 553 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi nazarda tutilgan.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi15.
2022-yilda davlat tashkilotlariga ajratilayotgan mablagʻlar:
Xalq taʼlimi vazirligi — 25,8 trln;
Maktabgacha taʼlim vazirligi — 6,5 trln;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi — 4,1 trln
Sogʻliqni saqlash vazirligi — 3,06 trln;
Madaniyat vazirligi — 728 mlrd;
Innovatsion rivojlanish vazirligi — 843,3 mlrd;
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi — 1,324 trln;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi — 615,8 mlrd;
Suv xoʻjaligi vazirligi — 3,44 trln;
Energetika vazirligi — 55 mlrd;
Transport vazirligi — 5,87 trln;
Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qoʻmitasi — 38,4 mlrd;
Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi — 1,1 trln;
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi — 186,6 mlrd;
Turizm va sport vazirligi — 1,7 trln;
Sanoat xavfsizligi qoʻmitasi — 14,3 mlrd;
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi — 136,8 mlrd;
Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi — 246,8 mlrd;
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi — 8,9 mlrd;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 10,7 mlrd;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — 1,25 trln;
Davlat statistika qoʻmitasi — 264,6 mlrd;
Qurilish vazirligi — 358,9 mlrd;
Tashqi ishlar vazirligi — 577,1 mlrd;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi — 415,8 mlrd;
AT va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi— 160 mlrd;
Adliya vazirligi — 164,9 mlrd;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi — 769,2 mlrd;
Moliya vazirligi — 73,5 trln;
Davlat soliq qoʻmitasi — 1,5 trln;
Vazirlar Mahkamasi — 1,62 trln;
Prezident Adminstratsiyasi — 795,1 mlrd;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi — 230 mlrd;
Hisob palatasi — 60,4 mlrd;
Senat — 148,2 mlrd;
Qonunchilik palatasi — 237,9 mlrd;
Ombudsman — 8,3 mlrd;
Bosh prokuratura — 1,357 trln;
Oliy sud — 1 trln;
Konstitutsiyaviy sud — 12,2 mlrd;
Sudyalar oliy kengashi — 33,1 mlrd;
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi — 20 mlrd;
Markaziy saylov komissiyasi — 11 mlrd;
MTRK — 561,4 mlrd;
OʻzA — 20,6 mlrd;
“Oʻzarxiv” — 10,4 mlrd;
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi — 62,3 mlrd;
Oʻzgidromet — 180,7 mlrd;
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz — 11,4 mlrd;
Yoshlar ishlari agentligi — 212,8 mlrd;
Mahalla vazirligi — 57,4 mlrd;
Kasaba uyushmalari federatsiyasi — 120 mlrd;
OʻzFA — 328,2 mlrd;
Hisob palatasi — 60,4 mlrd;
Prezident taʼlim muassasalari agentligi — 430,5 mlrd;
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi — 90 mlrd;
Kinematografiya agentligi — 233 mlrd;
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi — 87,4 mlrd;
Strategik rivojlanish agentligi — 7,5 mlrd soʻm;
Boshqa tashkilotlar — 29 trln.
Xulosa
Hozirgi sharoitda byudjet intizomini mustahkamlashning zarurligi va ahamiyati mamlakatimizda bir tomondan, byudjet daromadlarini (mablag’larini) shakllantirish va ikkinchi tomondan esa, byudjet xarajatlaridan oqilona foydalanish masalalari bilan bog’liq. Bunda ularning maqsadliligi, samaraliligi, tartibliligi va qonuniyligini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Byudjet intizomini ta’minlashda byudjet mablag’larini belgilangan
miqdorda shakllantirishda O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasining
mas’ul bo’lsa, byudjet xarajatlaridan oqilona foydalanish yuzasidan esa
O’zbekiston Respublikasi Nazorat-taftish boshqarmasi va O’zbekiston
Respublikasi G’aznachilik boshqarmasi ga katta mas’uliyat tushadi.
Byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga samarali nazorat tizimini
shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki, byudjet jarayonining
asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Moliyaviy
nazorat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan nazorat faoliyatining tarkibiy
qismi hisoblanadi.
Iqtisodiyoti rivojlangan hech bir mamlakat yo’qki, moliya sohasida
davlatning nazorat organlari mavjud bo’lmasin. Moliyaviy nazorat instituti
davlatning nazorat organlarining umumiy tuzilishini o’zida mujassamlashtiradi
va moliyaviy mexanizmning asosiy elementi sifatida namoyon bo’ladi.
Hozirgi kunda davlat byudjeti mablag’laridan samarali foydalanishni
takomillashtirish uchun, eng avvalo, byudjet mablag’laridan tejab-tergab,
samarali va aniq foydalanish hamda byudjet intizomini mustahkamlash uchun
byudjet tashkilotlari rahbarlarining mas’uliyatini oshirish lozim.
Byudjet intizomini mustahkamlash maqsadida byudjet xarajatlaridan samarali va oqilona foydalanishning asosiy shartlaridan biri tejamkorlik rejimidagi xarajatlarni nazorat qilish normalariga qat’iy rioya qilishdir. Buning uchun byudjetdan ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtiradigan mablag’lardan tashqari boshqa xarajatlarni bosqichma-bosqich optimal darajada kamaytirish zarur.



Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish