Ajdodlarga munosib voris bo‘lamiz
Reja:
1. Ajdodlarga munosib avlod bo`laylik?
2. Biz kimning avlodlarimiz o‘zi?
3.Bizning oldimizdagi vazifalar?
Biz yoshlar shu aziz va muqaddas yurtning farzandlarimiz. Biz shu tug`ilib o`sgan zaminimiz, ona Vatanimizdan o`la-o`lguncha qarzdormiz. Shu bilan birgalikda biz shunday tinch, osmoni musaffo, tunlari osuda Vatanda tug`ilganimizdan, shu yurtning farzandi ekanligimizdan faxrlanamiz. Yurtimiz o`z mustaqilligini kiritganiga hali ko`p bo`lmagan bo`lsada, undagi o`zgarishlar, har bir sohadagi sezilarli yuksalishlar odamni yana va yana g`ururlanishga, faxrlanishga undaydi. Sport sohasi bo`ladimi, madaniyat sohasi bo`ladimi, iqtisodiyot sohasi bo`ladimi barcha tarmoqlarda, barcha sohalarda erishilayotgan yutuqlarni kuzatishimiz mumkin.
Shu o`rinda bir savol tug`iladi: “Biz kimmiz o`zi? Kimlarning avlodlarimiz? Bu ona yurtimiz bizdan oldin kimlarni voyaga yetkazib dunyoga tanitgan? Shunda beixtiyor hayolimizga buyuk ajdodlarimiz, butun dunyo tan olgan qomusiy olimlarimiz chehralari gavdalanadi. Bularga misol qilib Yevropaning eng nufuzli, dunyoga mashhur tibbiyot universitetlarida XIX asrgacha asosiy darslik sifatida xizmat qilgan “Tib qonunlari” asari muallifi “Avitsenna” nomi bilan dunyoga mashxur bo`lgan Abu Ali Ibn Sino, yetmishga yaqin tilni o`rgangan, 470 dan ortiq ilmiy asarlar yozgan, Osiyoda turib Amerika qit`asini borligini aytgan, Osiyida birinchi bo`lib globusni yaratgan olim Al Beruniy, Butun dunyoga mashxur “algaritm” “Algebra” atamalarini fanga kirishiga sababchi bo`lgan, hozirgi kundagi fan-texnika rivoji uchun “0” raqamini yaratib katta hissa qo`shgan olim AlXorazmiy, 1000 dan ortiq yulduzlarni o`rgangan “Ziji Ko`ragoniy” asarini yozgan buyuk astronom, ham shoh ham olim Mirzo Ulug`bek, Butun islom olami hurmat qiladigan, Islom dinining muqaddas kitobi “Qur`oni Karim” dan keying o`rinda turadigan “Aljome Assahih” hadislar to`plamini yozgan buyuk muhaddis Imom Al-Buxoriy.
Ha azizlar, yuqorida tilga olingan ajdodlarimiz ro`yhatini hali ancha davom ettirishimiz mumkin. 27 davlatni birlashtirib katta imperiya tuzgan, ilm-fan va madaniyat rivojiga katta hissa qo`shgan buyuk bobomiz Amir Temur haqida qanchadan-qancha kitoblar yozilgan. Bizning vazifamiz faqatgina yorqin tariximiz bilan faxrlanishimizgina emas balki shu buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo`lib yetishishimiz kerak.
Mening fikrimcha ularga munosib avlod bo`lib yetishish uchun birinchi navbatda yurtimizda yaratilgan shart-sharoitlardan keng foydalanishimiz, shu imkoniyatlar orqali oldimizga qo`yilgan maqsadga yetishishimiz, bu yo`lda o`z ustimizda to`xtovsiz ishlashimiz kerak.
Yurtboshimiz har bir ma`ruzalarida “Men yoshlarga ishonaman”, “O`zbekiston kelajagi yoshlar qo`lida” kabi so`zlarini qayta-qayta takrorlaydilar. Bu esa biz yoshlarga nafaqat maqtov, balki biz uchun ulkan ma`suliyatdir.
O`zbekiston mustaqil bo`lganidan keyin yoshlarimiz erishayotgan yutuqlar, qo`lga kiritayotgan marralar aynan “Munosib avlod” atamasiga mos keladi desak mubolag`a bo`lmaydi. Bunga misol qilib 3 karra olimpiada chempioni Artur Taymazovni, yoki 2005-yilda shaxmat bo`yicha jahon chempioni bo`lgan Rustam Qosimjonovni yoki bo`lmasam 2009- yilda Qozog`iston Respublikasida bo`lib o`tgan butunjahon matematika olimpiadasida 4 nafar yurtdoshlarimiz kumush medali sovrindori bo`lganliklari misol bo`ladi menimcha.
Tarixan juda qisqa muddat 25 yil ichida misli ko`rinmagan o`zgarishlar qilib yuborgan Vatanimiz to`xtovsiz rivojlanishda davom etmoqda. Hali endigina mustaqillikka erishgan paytimizda Rossiya matbuoti jurnalistlaridan biri yurtboshimizga shunday savol bergan: – Siz “O`zbekiston kelajagi buyuk davlat” deb aytib o`tdingiz. Xo`sh nimaga asoslanib bunday dedingiz? Siz qaysi kuchga ishonib bunday dedingiz? – degan. Shunda yurtboshimiz o`ylanib o`tirmay “Men Xalqimga ishonaman, Men yoshlarimga ishonaman” deb javob berganlar. Bu esa yuqorida aytilganidek bizga yanada ko`proq ma`suliyat yuklaydi. Biz yoshlarga davlat shunchalik ishonar ekan, prezidentimiz bizga shunchalik ishonar ekan, nima uchun biz o`qimasligimiz kerak? Nima uchun o`z ustimizda ishlab, o`zimizni ko`rsatmasligimiz kerak? Mening fikrimcha o`z oldiga muayyan maqsad qo`ygan, o`zining mustaqil fikriga, dunyoqarashiga ega bo`lgan, Vatani oldidagi xizmatlarini qalbiga jo aylagan, “Yurtimni dunyoga tanitaman”, “Ajdodlarimizga munosib avlod bo`laman” deb yashaydigan yoshlar nazarda tutilyapti. Biz yoshlarga shuncha ma`suliyat yuklatilganidan so`ng albatta biz ham bir kun o`zimizni javobimizni beramiz. Biz albatta buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo`lib yetishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |