4-mavzu. Tarix va zamonamiz



Download 31,31 Kb.
bet1/3
Sana11.01.2022
Hajmi31,31 Kb.
#340403
  1   2   3
Bog'liq
4-mavzu

4-mavzu. Tarix va zamonamiz


Ikki xil nom qolar tilda begumon, Biri yaxshiligu, biri - yomon.

O‘qish uchun material

Tarix va zamonamiz

Ko‘hna va navqiron zaminimiz qadimiy va boy tarixga ega. Zaminimiz tarixini chuqur o‘rganish, unga to‘g‘ri baho berish, bugungi kunimiz qadrini to‘laqonli anglash har birimizning muqaddas burchimizdir.

Biz xalqimiz tomonidan istiqlol yillarida bosib o‘tilgan tarixiy yo‘l, erishilgan ulkan yutuqlar, ularning mazmun va mohiyatini har tomonlama bilishimiz va chuqur anglashimiz lozim. Mustaqil O‘zbekiston davlatining paydo bo‘lishi xalqimizning tarixiy g‘alabasi bo‘lib, o‘tgan chorak asr mobaynida davlatimiz rahbari, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov rahbarligida mamlakatimiz hayotining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarida ulkan ishlar amalga oshirildi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan xotin- qizlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, oila va jamiyatda mavqeini yuksaltirish, salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, reproduktiv salomatlikni ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Xalqimiz ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish borasida olib borilgan siyosat va amalga oshirilgan ishlar insonning o‘z salohiyatini erkin namoyon qilishi uchun zarur muhitni shakllantirdi.

Istiqlol davrida ma’naviy merosimizni tiklash borasida amalga oshirilgan ulug‘vor ishlar, tariximizni o‘rganish, ulug‘ allomalarimiz yaratgan adabiy-ilmiy asarlarining tarjima va nashr qilinishi, muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish, diniy qadriyatlarning, xalq udumlarining yangidan tiklanishi, adabiyot, san’at sohasidagi yutuqlar -bularning barchasi jamiyatda ma’naviy-ruhiy ko‘tarilishga olib keldi va islohotlarga qo‘shimcha kuch bag‘ishladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston erishgan yutuqlardan eng asosiysi yurtdagi tinchlik va barqarorlikdir. Bugun biz erishgan yuksak marralar, ozod va obod Vatanimiz manzaralari, avvalo, istiqlol sharofatidandir.

Abu Rayhon Beruniy

O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy zamonasining qator fanlari: astrononiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix kabi fanlarni chuqur o‘rgangan.

Beruniy shoh Ma’mun akademiyasida eng taniqli maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Beruniy avlodlarga katta meros qoldirdi. Uning turli ilm-fan sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, asarlari bizgacha yetib kelgan. Bulardan tashqari, olim astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmakologiya, tarix, filologiya masalalariga oid qator risolalar yaratdi va sanskrit tilidan arabchaga, arab tilidan sanskrit tiliga tarjimalar qildi, badiiy ijod bilan shug‘ullanib, she’rlar yozdi.

Beruniy qomusiy olim sifatida dunyo madaniyati tarixida muhim o‘rin egallaydi.
Suhbat matni

Amir Temur – dunyo nigohida

Fransuz temurshunoslar yozgan asarlar javonida professor Marsel Brionning kitoblari alohida o‘rin tutadi. Jumladan, uning biz aziz kitobxonlarga taqdim etgan ”Menkim, sohibqiron – jahongir Temur” kitobi Amir Temur haqida yozilgan asarlar orasida mukammalligi bilan ajralib turadi. Mazkur kitob Sohibqironning dunyoga kelishidan to vafotiga qadar bo‘lgan davrni qamrab olib, voqealar Amir Temur nomidan hikoya qilinadi. Ushbu asarning dovrug‘i, dunyoga yoyilishining boisi, Jahongir bobomiz shaxsi, uning hayoti, faoliyati, siyosiy va harbiy sohalarda tutgan yo‘liga oid boy, xima-xil ma’lumotlarni o‘z ichiga olganidir.

Marsel Brion Yevropada dovruqli insonlar hayoti va faoliyatiga oid ko‘plab tarixiy asarlari bilan mashhur olimlardan. ”Tamerlan” asarining birinchi tahririni M.Brion 1942-yili, to‘ldirilgan va qayta ishlangan ushbu romanini 1963-yili Parijdagi Albin Mishelga qarashli ”Wraitten in French” bosmaxonasida chop ettirdi. Shuni alohida ta’ridlash joizki, M.Broinning mazkur asari kitob holida chop etilgandan so’ng, ilmiy doiralarda uning martabasi ancha oshgan.

Mazkur asarni fors tiliga o‘girgan Zabiullohxon Mansuriyning ta’kidlashicha, Sohibqironning esdaliklar tarzidagi qo‘lyozmasi (”Temur tuzuklari”) 1610-yilga qadar Yaman hurmdori Ja’far poshsho qo‘l ostida

saqlangan. Uning vafotidan keyin noma’lum bir xattot undan nusxa olish uchun Hindistonga olib ketadi. Bir ozdan so‘ng bu qo‘lyozma ingliz zobitining qo‘liga o‘tgan va Angliyaga olib ketilgan. Janob Devid ismli kishi orqali u Oksford univetsiteti professori Uayt tomonidan ingliz tiliga o‘girilgan va 1783-yili nashr qilingan. Asar fors tilidan Abdurashid Abd- ul-Jalil tomonidan rus tiliga o‘girilgan va «Я, Тимур – властитель вселенной» degan nom bilan Nyu-Yorkda 700 nusxada chop etilgan.

Jahon tarixida buyuk o‘rinni egallagan bir qator shaxslar qatorida Amir Temurning ham qo‘yilishi jahon tarixshunoslik ilmida rasm bo‘lgani aniq. Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda ham Temuriylar davri tarixshunosligiga atab o‘nga yaqin doktorlik va nomzodlik ishlari yoqlandi, ilmiy va badiiy adabiyotlar chop etildi va chop etilmoqda.
Amir Temur

Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay 1336-yil Kesh (hozirgi Shahrizabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘ tumani)da tavallud topgan. U – o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.

Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi amir Tarag‘ay esa barlos urug‘ining oqsoqollaridan hamda Chig‘atoy ulusining beklaridan bo‘lgan.

Amir Temurning yoshligi Keshda o‘tgan. Yetti yoshga to‘lgach, otasi uni o‘qishga bergan. Amir Temur yoshlik chog‘laridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o‘q uzish, boshqa turli mashq va harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lgan. U mohir chavandoz va dovyurak bahodir bo‘lib voyaga yetgan.

Amir Temur tabiatan og‘ir, bosiq, teran fikrli, idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson bo‘lgan. Amir Temur “ko‘ragon”, ya’ni “xonning kuyovi” unvonini Qozonxonning qizi Saroymulkxonimga uylangandan so‘ng oladi.

Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari ham beqiyosdir. Tarixiy jahongirlar shahar va qishloqlarni vayronaga aylantirgan bo‘lsa, Amir Temur umr bo‘yi bunyodkorlik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan. “Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim ”, – degan ekan Amir Temur.




Download 31,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish