8 mart qishlog`ining tarixi.
Bu qishloq Sariosiyo rayonida joylashgan. Oktyabr’
to`ntarishidan oldin u qishloq o`rnini to`qay va mayda ko`llar qoplab yotar edi. U erda har xil
vahshiy hayvonlar ko`p bo`lgan. Keyinchalik bu erlar asta-sekin o`zlashtirilib, yangi erlar
ochildi, yangi uylar qurildi va odamlar yashay boshladilar. Qishloqda avval juda ko`p ko`l
bo`lganligi sababli «Ko`l qishlog`i» deb ham atalib kelgan. 2-jahon urushi yillarida qishloq
xo`jalik ishlarini boshqarish xotin-qizlar zimmasiga tushganligi, hamma ishlarni xotin-qizlar
bajarganligi uchun «Ko`l» qishlog`iga 1946 yili Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami «8 mart
qishlog`i» deb nom berilgan.
Sho`rchi
— Surxondaryo viloyatining rayonlaridan biri, u 1935 yilda tashkil topgan.
Sho`rchi deb nomlanishiga asosiy sabab rayon hududidagi erlar hech narsa ekib bo`lmaydigan
darajada sho`r bo`lgan. SHuning uchun ham Sho`rchi nomini olgan. Hozirga qadar ekin ekishdan
avval sho`ri yuvilib, so`ng ekin ekiladi.
Boysun
— Surxondaryo viloyatining rayonlaridan biri. Uning nomi haqida har xil fikrlar
mavjud. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, Boysun toponimi kishi nomi bilan, ya`ni
tarixiy shaxs bo`lgan Amir Temurning nevarasi Boysunqur nomi bilan aloqador deb
hisoblaydilar. Boysunqur — SHohruhning uchinchi o`g`li. Onasi Gavharshodbegim. Astrobod
va Jurjon viloyatlarining hokimi bo`lgan. Boysunqur so`zining qur affiksi tushib qolib Boysun
bo`lib qolgan, degan fikrlar ham mavjud.
Bu rayon hududida toponimikasi qiziq bo`lgan qishloqlar ko`p uchraydi. Masalan:
Ajrim
— 6u qishloq nomining ma`nosi ajratilgan bo`lib, berilgan degan ma`noni
anglatuvchi o`zbekcha nomdir. Qishloq geografik joylashishiga ko`ra markazdan juda chekkada,
aholi soni kam. To`ntarishdan oldin boy-imomlar erlarni dehqonlarga chorikor sifatida bo`lib-
bo`lib, ajratib, chegaralarini ajrim qilib bergan. Erdan olingan hosilning to`rtdan birini o`sha
boylarga berishgan. CHorikorlar o`z erlarini aniq ajratib olganlar, shuning uchun bu qishloq
nomi Ajrim bo`lib qolgan deyishadi.
Dashtig`oz
— bu qishloq nomining ma`nosi ikki tarkibiy qismdan: «dasht» va «g`oz»
so`zidan iborat. Bu erdan soy o`tgan, soy er sathidan juda chuqur bo`lib, o`z sohillariga suv
bermagan. Suvdan dasht tomonlardan uchib kelgan o`rdak va g`ozlargina naflanganlar, xolos.
SHuning uchun bu joyni dashtdan kelgan g`ozlar yashaydigan joy, deb ataganlar. Mahalliy xalq
(tojiklar) bu so`zlarni birga qo`shib Dashtig`oz deb yuritganlar. Hozir ham shu nom bilan ataladi.
DUGOBA
— (duoba) — tog` qishlog`i bo`lib, ikki soy qo`shilishi joyida joylashganligi
uchun shu nom berilgan. Haqiqatan ham qishloq Qayroq va Xo`janpok daryosi qo`shilgan joyda
joylashgan. Tojikcha Dugoba bo`lib o`zlashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |