О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/110
Sana01.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#725635
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   110
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

Xoja Zaynuddin masjidi. 
Xoja Zaynuddin masjidi 1555 yilda qurilgan. Biz bu erda 
birinchi bo`lib masjid qurilishi bilan shahar qurilishi o`rtasidagi hamkorlikni ko`ramiz. Masjid 
asosiy fasadining ikki tomoni uning oldidan o`tadigan, tor yo`lakni hisobga. olib qurilgan, ikki 
tomoni esa turar joy uylari bilan bir qatorda turibdi. Ikki old tomoni ayvonli, uning oldida esa 
katta tosh plitalari terilgan katta hovuz bor. Masjidning ichi juda chiroyli qilib bezatilgan. Uning 
peshtoqlari shunday mahorat bilan bezatilganki, u o`sha paytdagi odamlarning shunday yuksak 
didi bo`lganligidan dalolat beradi va uni ko`rgan kishi hayratda qoladi.
Buxoroda katta qiziqish tug`diradigan yana bir qancha yodgorliklar bo`lib, biz eng 
asosiylarinigina ko`rsatib o`tdik.
O`qituvchi Buxoro shahridagi qadimii edgorliklarni tushuntirib, shaharda katta qiziqish 
tug`diradigan yana bir qancha me`morchilik yodgorliklari borligini, bu erda eng asosiylarigina 
ko`rsatib o`tilganligini qayd qilib, suhbatni yakunlagach, «mana endi biz Buxoro viloyatidagi 
qishloq va rayonlar toponimikasi ustida to`xtalamiz», deb o`quvchilar diqqatini quyidagilarga 
tortadi:
Askarcha 
— Buxoro viloyatidagi qishloq. Askarcha — «qo`shin — lashkar qishlog`i» 
ma`nosini bildiradi. SHu rayondagi Dovud qishlog`ida qurol-aslaha tayyorlangan.
Band 
— Navoiy rayonidagi qishloq. Bu so`z — to`g`on, suv ombori degan ma`noni 
bildiradi.
YAngi bozor 
— Buxoro viloyati Buxoro rayonidagi qishloq. Bu nomni o`rganishda o`sha 
joyda yashab xizmat qilayotgan o`qituvchilarta, keksalarga va arxiv hujjatlariga murojaat qilindi. 
Qishloqni nima uchun YAngi bozor deb atashgan? Bunga sabab, YAngi bozor qishlog`idan bir 
oz naridagi qishloqda boshqa kichik bir bozor bo`lgan, bu bozorga turli tomondan kishilar kelib 
savdo sotiq qilganlar. Bozor kengayib borgan, eski bozor bilan birgalikda yangi bozor ham 
rivojlangan. SHundan boshlab qishloq YAngi bozor deb atala boshlagan.
Sari kunda 
— Romiton rayonidan 15 kilometr naridagi qishloq. Urganch cho`li etaklarida 
joylashgan. Keksalarning aytishlaricha, o`rta asrlarda qishloq nihoyatda obod bo`lgan. 
Maydoni keng, bog`-chorbog`i ko`p bo`lgan. SHu erda kunda boshi, ya`ni suv boshi bo`lgani 


81 
uchun xam qishloqning nomini shunday deb ataganlar. «Sari» — tojikcha (bosh), «kunda» 
— suv, suv taqsimlanadigan to`g`on boshi demakdir. Vaqt o`tishi bilan xususiy boylik uchun 
olib borilgan kurashlar natijasida qishloq xarobaga aylangan. 1920 yilda qishloqda jami 6
xo`jalik istiqomat qilgan. Qishloq axolisining ko`pchiligi tojiklar. Keyingi yillarda qishloq 
tanib bo`lmas darajada o`zgardi. Dastlab 10 gektar maydonda omoch bilan dehqonchilik qilgan
sarikundaliklar bugungi kunda 300 gektardan ortiq erga ekin ekib, farovon hayot 
kechirmokdalar.
CHor rabot 
— Buxoro viloyati G`ijduvon rayonidagi qishloqning nomi. CHor rabot, ya`ni 
to`rtta rabotdan iborat degan ma`noni anglatadi. Hozir xam qishloq to`rt qismdan iborat bo`lib, 
ular xalq shevasi bilan quyidagicha nomlar bilan ataladi: Sho`ro xo`rxo (sho`r ovqat iste`mol 
qiladiganlar) — yoki tuzlik ovqat eydiganlar mahallasi; «Markaziy ko`cha» yoki mahalla; Poy 
luchho (oyoq yalanglar), yoki kambag`allar mahallasi; Oshpazho (oshpazlar mahallasi).
Hozir ham CHor rabot qishlog`i va uning 4 mahallasi yuqoridagi nom bilan atalib kelinadi. 
Buxoro viloyati G`ijduvon rayonidagi kolxozda quyidagi qishloqlar bo`lib, ular 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish