О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Rus sharqshunosligi va arxeologiya



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/110
Sana01.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#725635
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

1. Rus sharqshunosligi va arxeologiya
 
Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda, tarixchilik O`rta Osiyoda juda ham qadimdan 
boshlangan. Xorazmlik mashhur olim Beruniyning yozishiga ko`ra, arab istilochilari O`rta 
Osiyodagi mahalliy olimlarni yo`qotibgina qolmay, mahalliy til va mahalliy yozuvdagi asarlarni 
ham yo`q qilib, yondirib yuborganlar. SHu sababli eng qadimgi zamonlarda yozilgan asarlar 
saqlanmagan. Ming yil davomida yozilib kelgan tarixiy asarlar juda ko`p. Muhammad 
Narshaxiyning «Buxoro tarixi», Bal`amiyning «Tarix tabari tarjimasi» kabi asarlari yozilganiga 
ming yildan oshdi.
Lekin O`rta Osiyoda arxeologiya, yuqorida aytilganidek juda yosh fan. Rossiyada bu fan 
XVIII asrning o`rtalarida paydo bo`lib, XIX asrda ancha rivojlangan. O`sha vaqtda olimlar 
Rossiya erlarida ko`p topilgan O`rta Osiyo qadimgi tanga pullarini to`plab, ularni tekshirib
Rossiya bilan O`rta Osiyo xalqlarining qadimdan iqtisodiy aloqada bo`lib kelganligini isbot 
etdilar. XIX asrning ikkinchi yarmida, O`rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin, 
bu erga kelgan har bir mutaxassis va savodli kishi qal`alar xarobasini, sun`iy tepalarni, shaharlar 
xarobalarini, qadimdan qolgan bino xarobalarini ko`rib, ularning tarixini surishtira boshladilar. 
Natijada 1870 yillarda Toshkentda chiqa boshlagan gazeta va jurnallarda bu tarixiy yodgorliklar 
haqida turli ma`lumotlar e`lon qilina boshlandi. Bunday xarobalarni tekshirish jarayonida, hatto 
«xazina» izlab ba`zi tepalarni buzib yuborishgacha ham bordilar.
Bir guruh taraqqiyparvar rus ziyolilari — arxeologiya havaskorlari hozirgi tarix muzeyini 
tashkil etib, har joyda topilgan arxeologiyaga oid yodgorliklarni bu erga to`plashga 
kirishdilar. Rus sharqshunoslari N. I. Veselovskiy, V. V. Grigor’ev, I. Kallaur, V. V. Bartol’d, V. 


22 
L. Vyatkin, shuningdek, o`zbek arxeologlaridan Akrompolvon Asqarov va boshqalar bu 
yodgorliklarni tarixshunoslik nuqtai nazaridan o`rganish ishida tashabbuschi bo`ldilar. O`rta 
Osiyoning cho`llari, tog`lari va qishloq erlaridagi ba`zi yodgorliklar haqidagi turli afsona va 
xabarlarni matbuotda e`lon qilish odat bo`la bordi. Bu ishga qozoq, o`zbek, tojik, turkman 
havaskorlari ham tortildi.
Hozir Toshkentdagi tarih san`at va tabiat muzeylarida to`plangan boy arxeologiyaga oid 
ashyolar to`plamining katta qismi o`sha havaskorlar tomonidan XIX asrda yig`ilgan.
Bundan tashqari, ular bir qancha muhim yodgorliklarda qazishma ishlari ham olib bordilar. 
Bu borada, ayniqsa, arxeolog-sharqshunos V.L.Vyatkinning xizmatlari alohida tahsinga loyiqdir. 
Rus sharqshunoslari buzib tashlangan Ulug`bek rasadxonasining izlarini topish uchun ko`p 
urindilar, nihoyat, Samarqandda istiq.omat qiluvchi V.L.Vyatkin qadimgi vasiqalarni o`rganish 
asosida rasadxonaning o`rnini aniqladi. 1908—1909 yillarda bu joy arxeologik yo`l bilan qazildi 
va rasadxonaning g`ildirak shakldagi binosining kursisi, binoning buzilgan g`isht va naqshlari 
hamda rasadxonaning sakkizdan bir qismi topildi. Bu ish tarix fani uchun katta kashfiyot bo`ldi. 
SHu bilan birga, arxeologiya havaskorlari qadimgi Samarqanddagi «Afrosiyob» tepaligida 
birmuncha qazishmalar o`tkazdilar.
XX asrning 20- yillarigacha O`rta Osiyoda arxeologiya mustaqil fan darajasiga 
ko`tarilmadi. Arxeologlar arxeologiya yodgorliklarini ma`lum tarixiy bosqichdagi ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyot natijasi deb baholay olmadilar, ishlab chiqarish 
munosabatlari qanday bo`lganini payqay olmadilar, madaniyatni ishlab chiqarish taraqqiyoti va 
ijtimoiy munosabatlar mahsuli deb tushuna olmadilar, balki uni bironta din bilan yoki birorta 
«alohida iqtidorli shaxslar» bilan bog`ladilar. So`ngra arxeologiya yo`li bilan topilgan 
buyumlarga faqat yozma tarixni tasdiqlovchi material sifatidagina qarab, arxeologiyaning 
imkoniyatlarini chegaralab qo`ydilar. SHuning uchun ham ular tarixning uzoq o`tmish davrlarini 
o`rganishga kirisha olmadilar.
Natijada, arxeologiya ham, tarixshunoslik singari, idealistik nazariya bilan sug`orilgan 
holda tarixchilarga jiddiy yordam bera olmadi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish