O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/140
Sana14.06.2022
Hajmi5,98 Mb.
#670666
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   140
Bog'liq
fayl 1791 20210913 (1)

2.2.
 
KONDENSATORLI ASINXRON DVIGATELLAR 
 
Bunday dvigatelning statorida bir xil sondagi pazlarni egallagan va fazoda 
bir-biriga nisbatan 90

el. burchakka siljigan ikkita (normal rejimda «
ishchi
») 
chulg‗am bo‗ladi. 
Chulg‗amlarning biri asosiy, ya‘ni ish chulg‗am (A); ikkinchisi esa 
qo‗shimcha, ya‘ni yurgizish chulg‗ami (B) deyiladi. Asosiy chulg‗am bevosita 
tarmoqqa ulanadi, yurgizish chulg‗ami esa shu tarmoqqa ish kondensatori orqali 
ulanadi (2.2, a- rasm). Bu sharoitda dvigatel yurgizilgandan so‗ng yurgipish 
chulg‗ami uzib qo‗yilmaydi va dvigatelning butun ishi davomida tarmoqqa 
ulangan holda qoladi. Shuning uchun bunday dvigatel kondensatorli dvigatel 
deyiladi. Ish sig‗imi C yurgizish chulg‗amidagi tok bilan ish chulg‗ami toki orasida 
90° ga yaqin siljish burchagi hosil qiladi. Agar kondensatorsiz, bir fazali dvigatel 
yurgizish chulg‗ami uzib qo‗yilgandan so‗ng pulslanuvchi maydon bilan ishlasa, 
kondensatorli dvigatel doiraviy (yoki unga yaqin) aylanma magnit maydoni bilan 
ishlaydi. Faza siljitish kondensator bilan amalga oshirilganda yurgizish 
chulg‗amida kuchlanish:
U
yu
=U
1
–U
c
=U
1
+jI
yu
x
c
 
bilan aniqlanadi. Bu kuchlanish ish chulg‗amiga berilgan tarmoq kuchlanishiga 
nisbatan ma‘lum burchakka siljigan. Natijada ish chulg‗ami toki I
A
va yurgizish 
chulg‗ami toki I
B
ham ma‘lum burchakka siljiydi. Faza siljituvchi kondensator 
sig‗imini tanlab, dvigatelning biror ish rejimi uchun doiraviy aylanma magnit 
maydoni olinadi, boshqa rejimda ishlaganda maydon elliptik bo‗ladi. Ko‗pincha 
kondensatorning sig‗imi dvigatelning yuklamasi nominal yoki unga yaqin 
bo‗lganda magnit maydoni doiraviy aylanma maydon bo‗ladigan qilib tanlanadi. 
Kondensatorli dvigatellarning 
FIK 60 ‚ 75%
va quvvat koeffitsienti 0,8 ’ 0,95 
gacha boradi. Kondensatorli dvigatelning yurgizish momenti nominal momentning 
50% ini tashkil qiladi. Bundaydvigatelning mexanik xarakteristikasi 2.2, 
b
-rasm, 1-
egrichiziq bilan ko‗rsatilgan. Bunday dvigatellar yurgizilishi engil bo‗lgan 
mexanizmlarda ishlatiladi. Dvigatelning yurgizish momentini oshirish uchun 


77 
sxemaga maxsus yurgizish kondensatori 
S
ulanadi (2.2, a -rasm). Yurgizish 
kondensatori qisqa vaqt ishlashga hisoblanadi, ya‘ni dvigatel ishga tushib 
ketgandan so‗ng, u tarmoqdan uzib qo‗yiladi. Yurgizish kondensatori dvigatelning 
mexanik xarakteristikasini ancha yaxshilaydi (2.2, 
b
-rasm, 2-egri chiziq). Bunday 
dvigatellar yurgizilishi ancha og‗ir mexanizmlarda qo‗llaniladi. 
Aylanma magnit maydonini olish sharti bo‗yicha u chulg‗amlarning 
o‗ramlar soni umumiy holda turli xil bo‗ladi. Shuni esda tutish lozimki, 
kondensator sig‗imining berilgan qiymati uchun yuklamaning faqat bitta qiymatida 
aylanma magnit maydoni olinib, boshqa yuklamalarda esa elliptik maydon hosil 
bo‗ladi va dvigatelning ish rejimi yomonlashadi. Yuklamaning o‗zgarishi bilan 
kondensator sig‗imini ham rostlash zarur bo‗lib, bu holda dvigatel sxemasi 
murakkablashadi.
Ayrim hollarda aylanma maydon olish uchun ishga tushirish paytida va 
biror-bir yuklamada kondensatorlar parallel ulanadi. Yuklamada bitta kondensator 
ishlasa ishga tushirishda ikkala kondensator ham ulanadi. 
Kondensatorli dvigatellarning FIK xuddi shunday quvvatli uch fazali 
asinxron dvigatelnikiga yaqin, cos

esa hatto, katta ham bo‗lishi ham mumkin. 

Download 5,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish