O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Abdulla Avloniy va uning faoliyatiga chizgilar



Download 111,82 Kb.
bet15/18
Sana29.05.2022
Hajmi111,82 Kb.
#615878
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
turkiston milliy jadid teatrining vujudga kelishi rivojlanishi va taqdiri-конвертирован

Abdulla Avloniy va uning faoliyatiga chizgilar


Ma'lumki, jadid milliy teatri taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan allomalar- dan biri Abdulla Avloniydir. Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahrida to‘quvchi oilasida tavallud topgan bo‘lib, keyinchalik yetuk ma'rifatpar- var, jurnalist, davlat va jamoat arbobi bo‘lib yetishdi. 1885–1895-yillarda maktab- xona va madrasada o‘qigan. 1906 -yil dan she'rlari bilan matbuotda qatnasha bosh- lagan. Arab, fors, rus tillarini o‘rganib, bu tillarda ijod qilgan mutafakkirlarning asarlarini o‘qigan, ba'zilari (masalan L. Tolstoy, K. D. Ushinskiy asarlari)ni o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Abdulla Avloniy 1906 -yilda “Taraqqiy”, 1907 -yil o‘z uyida (Toshkentda) “Shuhrat” gazetalarini chiqargan. Bu gazetalar yopib qo‘yilgach, 1908-yil yashirin ravishda “Osiyo” gazetasini nashr etdi. 6-sonidan so‘ng hukumat bu gazetani ham taqiqlab qo‘ygan. Shundan so‘ng Avloniy ilg‘or g‘oyalarni maktab orqali xalqqa tarqatishga harakat qildi: Toshkent shahrining Mirobod mahallasida mahalliy aholi bolalari uchun yangi usul maktabi ochib (1908), o‘zi ona tili va adabiyotdan daryo berdi. 1909-yil “Jamiyati xayriya” tuzib, yetim bolalarni o‘qitgan. Shundan keyin Avloniy 1912-yilda Toshkentning Degrez mahallasida ikki sinfli maktab ochgan
edi. Bu maktabda dunyoviy fanlar o‘qitilishi bilan maktabxonalardan farq qilgan. Avloniy yangi maktablar uchun ko‘llanma va o‘qish kitoblar yozib, nashr qildirgan (masalan, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq”, 4 qismli “Adabiyot yoxud milliy she'rlar” to‘plami, “Maktab gulistoni”, “Mardi- korlar ashulasi” va boshqalar. Munavvarqori, Muhammadjon Podshoxo‘jayev, Tavallo, Rustambek Yusufbekov, Nizomiddin Xo‘jayev, Shokirjon Rahimiy kabi taraqqiychilar bilan birgalikda 1914-yilda “Nashriyot”, 1916-yilda “Maktab” shirkatlarini tashkil etgan edi106.
Avloniy 1917-yilda “Turon” gazetasini nashr qildi. Gazetada siyosiy va ijti- moiy voqyealar yoritilgan. 1918 -yilda Avloniy “Ishtirokiyun” gazetasini tashkil etishda qatnashdi va uning muharriri bo‘ldi. 1919–1920 -yillarda Sho‘ro hukumati- ning Afg‘onistondagi siyosiy vakili va konsuli, 1921-yilda “Kasabachilik harakati” jurnali bosh muharriri. 1921 -yilning ikkinchi yarmidan boshlab Avloniy maktablar ochish, xalqni savodxon qilish, o‘zbek xotin-qizlarini o‘qitish, o‘qituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash ishlari bilan shug‘ullandi. U Eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlari (inproslar)da mudir (1923–1924 yy.), Toshkent harbiy maktabida o‘qituvchi (1924–1929 yy.), 1930–1934-yillarda O‘rta Osiyo universiteti til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor. 1933-yilda u o‘zbek maktablarining 7-sinfi uchun “Adabiyot xrestomatiyasi” tuzib, nashr ettirdi.
Abdulla Avloniy Hijron, Nabil, Indamas, Shuhrat, Tangriquli, Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chig‘aboy, Abdulhaq taxalluslari bilan tanqidiy va ilmiy maqola, 4000 misradan ortiq she'r ijod qilgan.
Abdulla Avloniy ijodida axloqiy madaniyatning eng yuksak tamo-yil lari aks etgan. Uning falsafiy-axloqiy yo‘sindagi “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari bu jixatdan muhimdir. Bu asar insonga xos bo‘lgan axloqiy sifatlarni o‘z mazmuniga ko‘ra yaxshi va yomon xulqlarga bo‘ladi, unda tarbiyaning zo‘r ta'siri bordir - deb yozadi. U birinchi o‘zbek dipolomatlaridan biridir
Avloniy xalq ongini oshirish uchun teatr san'atidan ham foydalangan. U 1913-yilda “Turkiston” nomli teatr truppasini tashkil etishda va uning ishida faol

106 Qarang: Каримов Н. ХХ аср ўзбек адабиёти манзаралари. – Тошкент: Ўзбекистон, 2008. – Б. 433.


qatnashgan. 1910–1916-yillarda bir qancha sahna asarlarini tarjima qildi va o‘zi sahnalashtirdi. Avloniyning sahna asarlari Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Qo‘qon, Xo‘jand kabi shaharlarda ko‘-yil gan. Bu asarlarda XX asr boshlaridagi Turkiston hayotining keng manzaralari o‘z ifodasini topgan. Avloniy truppasida Mannon Uyg‘ur tarbiya topgan; truppa bilan Hamza, Ozarbayjon dramaturglari Uzayr Hojibekov, S. Ruhullo hamkorlikda bo‘lgan107. Oktyabr to‘ntarishidan keyin xalqqa va'da qilingan erkinlikning berilmaganligi shoir ijodida tushkunlikning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Abdulla Avlonny tarjimai holida uning teatrchilik faoliyati alohida o‘rin tutadi. U ayni ijodiy kuchga to‘lgan pallalarida umrining bir qismini o‘zbek teatriga bag‘ishladi. Uning asoschilaridan, tamal toshini qo‘yganlardan biri bo‘lib qoldi. Ayni chog‘da Avloniy dramaturg, sahna asarlarining tarjimoni, aktyor, rejissyor, teatr munaqqidi, xormeyster kabi qator sohalar bilan ham shug‘ullanganki, mazkur sanoq-ning o‘zi sahna san'atining Avloniy hayotiy yo‘lida naqadar muhim o‘rin tutganidan dalolatdir.
XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi Turkiston matbuoti sahifalarida Markaziy Rossiya, arman, ozarbayjon va tatar teatr truppalarining Toshkent, Samarqand, Qo‘qon kabi shaharlarda bir necha bor gastrollar o‘tkazganlari haqida xabarlar, taqriz va maxsus maqolalar uchraydi. Jumladan, “Turkiston vilo- yati gazeti”ning 1909-yil sonlaridan birida Toshkentdagi e'tiborli xonadon- lardan bo‘lmish general S. G. Yenikeyev uyida uning rafiqasi Saodatxoyush tashabbusi bilan tatar teatr havaskorlari ijrosida Aliasqar Kamolning “Birinchi teatr” nomli komediyasi o‘ynalgani haqida xabar bosilgan. Bu yerda hozir bo‘l- gan yerlik musulmon tomoshabinlar qatorida Abdulla Avloniy ham bo‘lgan. Mana shunday tomoshalar A. Avloniyning sahna san'atiga qiziqishi va bu san'at turining millat ijtimoiy va madaniy ongini o‘stirishdagi juda muhim rolini his etib, Turkis- tonda ham teatrchilik ishlarini boshlab yuborishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas.

107 Qarang: Қосимов Б. Миллий уйғониш. – Тошкент, 2002. – Б. 254.


1911-yili toshkentlik bir guruh ilg‘or ziyolilar sa'y-harakati bilan "Turon" nomli madaniy-ma'rifiy jamiyat tashkil etiladi. Bu jamiyatning o‘z nizom va dasturlari mavjud bo‘lib, unda jumladan jami-yatning quyidagi vazifalari maqsad qilib qo‘yiladi:

  1. aholi o‘rtasida sahna ishlariga, ezgulikka muhabbat uyg‘otish, jiddiy munosabat o‘stirish;

  2. xalq uchun spektakllar qo‘yib berish va ular orqali xalqqa sog‘lom hordiq bag‘ishlash;

v) ma'naviy va moddiy ahvolni yaxshilashga muhtoj bo‘lgan Turkiston o‘lkasi doirasidagi musulmon e'tiqodiga mansub kishilarga yordam berish108.
Bundan tashqari, nizomda ikkinchi punkt bilan jamiyatning huquqlari ham belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra jamiyat turli adabiy-ma'rifiy kechalar, konsertlar, spektakllar va shularga o‘xshash ommaviy tomoshalar uyushtirishi, o‘z nomiga klub, muzika kurslari, kutubxona va qiroatxona ochish va hokazo madaniy-ma'rifiy tadbirlar ko‘zda tutilgan. Avloniy mana shu jamiyat qoshida toshkentlik teatr havaskorlari truppasini tashkil etishga kirishadi. “1913 -yildan boshlab xalqni ko‘zin ochmoq, madaniyatg‘a yaqinlashtirmoq uchun teatr ishlariga kirishub, Toshkentda bir necha marotaba teatru o‘ynag‘andan so‘ng, butun Farg‘onani aylanib, har bir shaharlarda bir necha marotabadan teatru o‘ynab qaytdik", - deb yozgan edi Abdulla Avloniy o‘z tarjimai holida109.
1913 -yilning o‘rtalarida yuzaga kelgan “Turon” truppasi 25 kishidan iborat bo‘lib, bular orasida keyinchalik davlat, madaniyag va san'at arboblari bo‘lib yetishgan Nizomiddin Xo‘jayev, G‘ulom Zafariy, Shokirjon Rahimiy, Abdurahmon Akbarov, Qudratilla Yunusiy, Mannon Uyg‘ur, Xurshid va Sulay- mon Xo‘jayevlar nomlarini uchratshsh mumkin. Truppa 1914-yil 27-fevralda "Kolizey" (hozirgi valyuta birjasi) teatrida Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padar- kush” asari asosidagi spektakl bilan o‘z faoliyatining yangi bosqichini boshlaydi. Uni ozarbayjonlik rejissyor Ali Asqar Asqarov sahnalashtiradi. “Turkiston viloyati
108 Qarang: Давлатова Ш. Ш. ХХ аср бошларида Ўзбекистонда миллий масала ва миллий маърифатпарварлар
/ Ўзбекистонда моддий маданият ва этномаданий жараёнлар. Республика илмий анжумани материаллари. – Термиз, 2010. – Б. 187–189.
109 Qarang: Ризаев Ш. Саҳна маънавияти. – Тошкент: Маънавият, 1997. – Б. 88.
gazeti"ning 1914- yil 21-sonida xabar berilishicha, spektakl oldidan Munavvarqori Abdurashidxonov teatr va uning maqsadlari haqida kichik ma'ruza qiladi va teatrni “Ibratxona”, “Ulug‘lar maktabi” deb ataydi. Spektakl namoyishi juda muvaffa- qiyatli o‘tib, mahalliy xalq va ziyolilarning yuksak olqishiga sazovor bo‘lganligi gazeta xabarida alohida ta'kidlangan. Spektakldagi boy rolini Avloniyning o‘zi ijro etdi. “Turon” truppasi shundan keyin tatar rejissyorlari Muhammadyorov rahbarli- gida “Istambul” spektaklini hamda 1914-yilning birinchi dekabrida Zakiy Boyazitskiy rejissyorligida Nusratulla Qudratulla va Hoji Mu'inning “To‘y”' p’yesasini sahnalashtiradilar.
1915-yilning boshlarida truppa Farg‘ona vodiysiga gastrollarga chiqadi. Gastrolga ketish oldidan truppa “Turkiston” nomini oladi. Ular olti oy davomida Qo‘qon, Namangan, Xo‘jand va Andijon shaharlarida “Padarkush”, “To‘y” kabi milliy asarlarni, “Istambul”, “Badbaxt kelin” nomli tarjima asarlardan tayyorlangan spektakllarni namoyish qilib qaytadi. “Turkiston” truppasining shundan keyingi faoliyati yanada qizg‘inroq kechdi Turk, tatar, ozarbayjon dramaturgiyasining yangi-yangi namunalari bilan bir qatorda, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Shahidiy, Abdulla Badriy va Abdulla Avloniy kabi mahalliy dramaturg- lar asarlari asosida spektakllar sahnalashtirila boshladi. Avloniy bu spektakllarning ayrimlariga muallif bo‘lish bilan birga, ularda aktyor sifatida ham ishtirok etdi, ba'zilariga rejissyorlik qildi110.
Abdulla Avloniyning dramaturgiya sohasidagi mashqlari 1914–1915- yillar sanasi bilan belgilanadi. Shu -yil larda u “Pinak”, “Advokatlik osonmi?” nomli bir pardali komediyalari, “Biz va siz” nomli-to‘rt pardalik fojiasini yozadi. “Advokatlik osonmi?” asari “Turkiston” truppasi tomonidan 1916 -yil ning sentyabr oyida Avloniy rejissyorligida sahnalashtiriladi. Har ikki p’yesa ham Turkiston hayotining chirkin, ko‘ngilsiz tomonlarini fosh etishga, ma'rifatsizlikning edillat uchun foje bir hol ekanini ko‘rsatishga qaratilgan. Ikkala asarda ham bu g‘oya kulgu orqali komik vaziyatda aks etadi. “Pinak”da

110 Qarang: Ризаев Ш. Жадид маърифатчилиги ва театр. Жадидчилик: ислоҳот, янгиланиш, мустақиллик ва тараққиёт учун кураш (Туркистон ва Бухоро жадидчилик тарихига чизгилар). – Даврий тўплам. – №1. – Тошкент: Университет, 1999. – Б. 203.


Tursun ko‘knori bilan Tolib qimorboz munosabatlari, suhbat va xatti-harakatlari asnosida Turkiston turmushidagi tuban maishiy hayot qoralansa, “Advokatlik osonmy?” komediyasida jaholat, ilmsizlik oshkora, hatto publitsistik yo‘sinda ochiq tanqid qshganadi. Ovrupoda yetti yil o‘qub, yurist bo‘lib qaytgan Davronbek, yordam so‘rab oldiga kelayotgan odamlarning nodonliklaridan iztirobga tushadi. Oddiy, jo‘n bir tushunchalar, beparvolik, haq-huquqini, insonlik g‘ururini tanimaslik – bari ilmsizlikdan, degan fikrga keladi. Ammo Davronbekning o‘zi ham so‘z aytish bilan cheklanadi, xolos. Bu tuban ahvoldan qutulish, o‘z dardlariga malham topish uchun biror harakat ham qilmaydi111.
“Pinak” p’yesasidagi kabi “Advokatlik osonmi?” asarida ham biror ijobiy, yorqin, faol qahramon yo‘q. Davronbek qanchalar kuyinmasin, gap-so‘zdan o‘zga ishga qodir emas. Avloniy bu bilan amaliy faoliyatga, Turkiston hayotini tubdan o‘zgartirmoq uchun mahalliy ziyolilarning fidoyi sa'y-harakatlariga umid bog‘laydi. Uning o‘z harakatlari ham bu g‘oyani tasdiq etadi. Ya'ni Avloniy ongli umri davomida amaliy faoliyatdan sira to‘xtamadi. Jadid maktablari, matbuot, xayriya ishlari, adabiy asarlar, darslik va qo‘llanmalar fikrimiz- ning yaqqol isboti. Umuman Abdulla Avloniy, boshqa o‘ziga zamondosh jadid-ziyolilar kabi, millat istiqboli yo‘lida hech bir qiyinchiliklardan cho‘chimadi, halovatdan xavfni, xotirjam, sokin, murosali turmushdan murosasiz, tahlikali, yo‘qsul, ammo ma'pavny qizg‘in hayotni afzal bildi.
Biz yuqorida Avloniyning 1917-yil oktyabr o‘zgarishigacha bo‘lgan teatrchilik faolayatidagi ikki yo‘nalishni – teatr tashkilotchilngi va dramatur- gik mashqlarini qayd etdik. Vaholanki, uning sahna san'ati bilan aloqasi bu bilap chsklanmaydi. Avloniy 1914–1917-yillar oralig‘ida turk, tatar, ozarbayjon va hatto fransuz dramaturgiyasidan “Uy tarbiyasining bir shakli”, “Xo‘r-xo‘r”, “Jaholat”, “O‘liklar”, “Badbaxt kelin”, “Qotili Karima” kabi 10 ga yaqin p’yesalarni tarjima qilib, ayrimlarini o‘zi sahnaga qo‘ydi. Ularda yetakchi rollarni ham o‘zi ijro etdi. Masalan, ozar-bayjon ma'rifatparvarlaridan Jalil Mamatqulizodaning “O‘liklar” satirik komediyasida asosiy obrazni Avloniyning o‘zi ijro etgan edi.

111 Qarang: Ризаев Ш. Саҳна маънавияти. – Тошкент: Маънавият, 1997. – Б. 89.


Demak, Abdulla Avloniy 1920-yillarda ham teatr ishlari bilan yaqindan shug‘ullangan. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Abdulla Avloniy hayotining so‘nggi kunlarigacha teatr san'atiga qiziqish va intilishini saqlab qoldi.
Xulosa qilib aytganda, ma'rifatparvarlik madaniyati Turkiston xalqlari ozodligi va mustaqilligi, milliy ravnaqi yo‘lidagi muayyan tarixiy bosqich bo‘lib, o‘zbek madaniyati sahifasidan munosib o‘rin oladi.

Download 111,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish