O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Turkiston milliy jadid teatriga sovet davlatining munosabati: muammo va ziddiyatlar



Download 111,82 Kb.
bet12/18
Sana29.05.2022
Hajmi111,82 Kb.
#615878
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
turkiston milliy jadid teatrining vujudga kelishi rivojlanishi va taqdiri-конвертирован

Turkiston milliy jadid teatriga sovet davlatining munosabati: muammo va ziddiyatlar


Oktabr to‘ntarishidan keyin sobiq Rossiya imperiyasining barcha o‘lkalarida birin-ketin sho‘ro hukumati va uning tartiblari o‘rnatila boshlandi. Markaziy Osiyo hududida bunday hukumat RSFSR tarkibida poytaxti Toshkentda bo‘lgan Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi nomi bilan 1918-yilning 1- may kuni e'lon qilindi. Bu hukumatning boshliqlari etib Xalq Komissarlari Sovetining raisligiga F. A. Kolesov, Markaziy Ijroiya komitetining raisligiga P. A. Kobozev tayinlandi64. Boshqa lavozimlarni na mahalliy xalq turmush tarzini, na tilini biladigan kimsalar egallab oldilar.
Hukumatning barcha vazirliklaridagi mas'ul vazifalarga ham markazdan yuborilgan shaxslar o‘tkazilib, mahalliy aholi vakillari yuqoriga tobe, tepadan keladigan buyruqlarni amalga oshirishdan boshqa choralari yo‘q vazifalarga jalb etilib, ular faoliyati doim shubhali kuzatuv ostida kechdi.

62 Qarang: Раҳмонов М. Ҳамза ва Ўзбек театри. –Тошкент: Ўз ССР Давлат бадиий адабиёт нашриёти, 1959. – Б. 92.


63 Qarang: Турсунов Т. Октябрская революция и узбекский театр. –Ташкент: Фан, 1983. – С. 89.
64 Qarang: Агзамходжаев С. С. Из истории борьбы за автономию Туркестана. Туркистон мустақиллиги ва бирлиги учун кураш саҳифаларидан. – Тошкент: Фан, 1996. – С. 33.
Sho‘ro tuzumi va uning hukumati xalqni bir-biriga yov ikki sinfga bo‘lib yubordi: ishchi va kambag‘al dehqonlar sinfi bir tomon, mulkdorlar sinfi bir tomon. Ishchi va kambag‘al dehqon sinfiga qo‘l kuchidan boshqa hech narsasi yo‘q ishchi va kambag‘al dehqonlar kirsa, mulkdorlar sinfiga bir ishchi ho‘kizi va bir parcha yeri (qishloqda), hunarmandchilik ustaxonasi (shaharda) bor kimsadan tortib, kattaroq yer mulki, do‘koni, fabrika va zavodlari bor o‘rtahol va boy dehqonlar vakillari kirar edi. Ana shu mulqdorlar sinfining mol-mulkini musodara qilib, davlat ixtiyoriga o‘tkazish, egalarini esa sinf sifatida tugatish, xususiy mulkka egalikni yo‘q qilish sovet davlatiniig birlamchi vazifalaridan edi.
Bu vazifalar hamma sohada bo‘lganidek, san'at va madaniyat sohasida ham birin-ketin amalga oshirildi. Xususiy hisoblangan jamoat va tomosha binolari, kutubxonalar, ular bilan bog‘liq mulk va jamoalar – teatr to‘dalari, musiqa, sozanda va xonanda uyushmalari, sirk va dorbozlik bilan shug‘ullanuvchi guruhlar hisobga olinib, davlat ixtiyoridagi idoralarga bo‘ysundirilib, davlat ko‘rsatmalariga binoan ish yuritadigan qilib qo‘yildi.
Sho‘rolar tuzumining o‘rnatilishi qonuniy tarixiy jarayon, kommunistlar partiyasi esa xalqlar xaloskori sifatida baholanib, kechagi va bugungi kunni qarama-qarshi sinflar kurashi nuqtai nazaridan baholash va tahlil qilish davlat mafkurasi maqomini oldi. Bunga og‘ishmay amal qilish asosiy shart qilib qo‘-yil di. Qarama-qarshi sinflar kurashini ijtimoiy fan, adabiyot va san'at tomonidan aks ettirishda rus ishchilari sinfini mazlum ommaning, xususan, rus bo‘lmagan xalqlariing peshqadam og‘asi sifatida, kommunistlar partiyasi va sovet davlati rahbarlarligi dohiysi sifatida targ‘ib va tarif etish adabiyot va san'atning bosh vazifasi qilib belgilandi. Bu dastur va ko‘rsatmaga amal qilmagan ijodkorlzr shubxa ostiga olinib, ularga “aksilinqilobchi”, “burjua millatchisi”, sovet tuzumi- ning dushmani, “xalqaro imperialnzmning malayi”, nihoyag, “Xalq dushmani” singari ayblar yopishtirilib, ularni ta'qib qilish odat tusini oldi. Sovet tuzumi sharoitida ijodkor uchun yaratilgan muhit shunday tartib asosida shakllandi.
Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi maorif va madaniyat, san'at sohalarida ham barcha ko‘rinishdagi ijodiy jamoalar va ularning ko‘chmas mulklari birin-ketin
hisobga olingach, davlat tasarrufiga o‘tkazildi. Chunonchi, “Sovetskiy Turkestan” gazetasining 1918-yil 16-avgust sonida bosilgan maqolada ochiq-oydin shunday deyilgan edi: “Teatr daromad keltiruvchi tashkilot sifatidagina emas, avvalo, zamonning siyosiy-badiiy maqsadlarini to‘g‘ri anglab, yuz berayotgan hodisalarga mos ravishda javob topa bilishi, ommaning san'atga bo‘lgan tashna qalbini qondira olishi bilan davlat muassasasi bo‘lishi kerak”65.
Bu ish Toshkentda eng katta tomosha binosi G. M. Sinsadzening 1913-yilda sirk uchun qurgan, keyinroq teatr uchun moslashtirilgan “Kolizey” biiosini musodara qilish bilan boshlandi. Turkiston Xalq Komissarlar Soveti binoni 1918- yil 24- avgust qarori bilan Toshkentdagi rus “Sovet teatri” ixtiyoriga topshirdi66.
Bundan sal avvalroq 1918-yilning 18-iyunida Toshkentning eski shahar qismidagi Eski Jo‘vaning mahsido‘zlik ko‘chasidagi Yasyunin maiufaktura jamiyatiga tegishli bino musodara qilinib, “Turon” teatri ixtiyoriga o‘tkazildi va qisqa vaqt ichida teatr uchun moslashtirilib ta'mirlandi. Quriyaish ishlari bitgach, 1919-yilning 3-noyabrida Eski shahar musulmon davlat teatri maqmida o‘z faoliyatini davom etgirdi.
Maorif xalq komissarligining 1919-yil 1-avgustdagi buyrug‘iga binoan, Respublikadagi “shu choqqacha turli tashkilotlar qaramog‘ida faoliyat ko‘rsatib kelgan madaniy-ma'rifiy, san'at tashkilotlari o‘zlariga tegishli barcha ashyo va buyumlar, binolar, mablag‘, shtatidagi barcha xodimlari bilan komissarlik ixtiyoriga olingan”, deb hisoblanadi”67.
“Turon” nomidagi Toshkent Eski shahar musulmon dramatik truppasi 20--yil ning o‘rtalarigacha shahar xukumat idoradarining ixtiyorida bo‘ldi. Uning “Turon” nomi “Karl Marks” nomi bilan almashtirilib, faoliyatiga sotsialistik g‘oyalarni singdirishga alohida ahamiyag beriladi. Nihoyat, 1920-yilning 17-martida Turkis- ton Respublikasi Maorif Xalq Komissarligining 318-Qaroriga binoan, “Karl Marks
65 Qarang: Бўронов Б., Қозоқов Т. Фарғонадаги жадид мактаблари ва театрлар тарихидан / Фарғона водийси тарихи янги тадқиқотларда. Иккинчи Республика илмий анжумани материаллари. – Фарғона, 2012. – Б. 255.
66 Qarang: Салмонов А. Шарофиддинов А. Февраль инқилоби ва Туркистон жадидларининг маърифий фаолияти / “Ўзбекистон тарихининг айрим долзарб муаммолари” мавзусидаги вилоят илмий-назарий анжумани материаллари. – Фарғона., 1999. – Б. 34–37.
67 Qarang: Салмонов А. Шарофиддинов А. Февраль инқилоби ва Туркистон жадидларининг маърифий фао- лияти / “Ўзбекистон тарихининг айрим долзарб муаммолари” мавзусидаги вилоят илмий-назарий анжумани материаллари. – Фарғона., 1999. – Б. 37.
nomidagi Eski shahar musulmon dramatik truppasi” Maorif xalq komissarligi ixtiyoriga olinib, “Karl Marks nomidagi sho‘ro Eski shahar yosh turklar dramatik truppasi” nomi bilan ataladi va komissarlikning madaniy-ma'rifiy tashkiloti hisoblanadi. Mazkur truppaning barcha artistlari, xizmatchilari va ishchilari maorif komissarligining xizmatchilari hisoblanib, ishlash majburiyatini o‘taydilar, maosh oladilar va hamma qatori barcha huquqlardan foydalanadilar.
Shu qarorning ilova qismida “Turkistoida biriichi o‘zbek davlat teatrining yaratilish sanasi “Karl Marks” truppasinpng Maorif Xalq Komissarligining ixtiyoriga o‘tgan kunidan boshlanadi”, deyilgan. Bundan oldingi teatr tarixi inobatga olinmagan. Bu 1918–1920-yillar orasidagn teatrlar faoliyatini sho‘rolar atroflicha idora qilishga ulgurmaganligi bilan izohlanadi.
Haqiqatan ham 1918–1920-yillar orasida Turkiston (O‘zbekiston) hududi, shu jumladan, Toshkent shahrida ko‘plab katta-kichik teatr truppalari, havaskor uyushma, ayniqsa, muallimlar ishtirokidagi maktab teatr to‘dalari faoliyat ko‘rsatar, xalqning ham teatrga qiziqishi katta edi.
Ayniksa, Toshkent shahrida teatr jarayoni qizg‘in kechdi. 1918–1920-yillar orasida yirik teatr jamoalaridan o‘zbek “Turon”, rus drama, rus davlat opera va balet teatri, “Garnizon teatri”, Tatar teatr saroyi, “Nafisa uyushmasi qoshidagi ikkita “Kommuna” va “Cho‘lpon” teatr truppalari faoliyat ko‘rsatgan. Bulardan tashqari, shaharda ko‘plab ukrain, arman, yevropa va Buxoro yahudiylari truppalari ishlagan.
Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiyning teatr truppasi 1918-yilda “Samarqand musiqiy drama jamiyati” nomi bilan faoliyat ko‘rsatar edi. Truppa 1918-yilning 14 fevralida davlat ixtiyoriga olindi. Truppaning davlat ixtiyoriga olinishiga bag‘ishlangan kengashda M. Behbudiy, uning shogirdi, o‘sha vaqtda truppaga rahbarlik qilgan Abdulla Badriy, artistlardan Sa'dulla Jo‘raboev, Husayn Nizomiddinov va boshqalar ishtirok etadi, Shu singari gadbirlar teatr truppalari mavjud Qo‘qon, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Kattaqo‘rg‘on, Buxoro shaharlari- da ham birin-ketin amalga oshiriladi68.

68 Qarang: Санъатшунослик масалалари. – Тошкент, 1998. – Б. 89.


Turkiston hududida ish yurituvchn eng katta milliy teatr truppasi davlat ixtiyoriga olingach, uning tarkibida tashkiliy o‘zgarnsh yuz beradi. Teatrning rahbari Badrnddin A'lamov, Abdulla Avloniy va bosh rejissyori Nizomiddin Xo‘jaev davlat tomonidan hukumat ishlariga jalb etilishi munosabati bilan teatrdan ketadilar. Ijodiy jarayonni va xo‘jalik ishlarini ham boshqarish Mannon Uyg‘ur zimmasiga tushadi.
Mannon Uyg‘ur truppani qaytadan tuzib, jamoaga yangi ijodiy kuchlarni jalb etadi. Jalb etilganlar orasida Abror Hidoyatov, Obid Jalilov, Muzaffar Muhame- dov, Karim Yoqubov, Bosit Qoriev, Fatxulla Umarov, yetim Bobojonov, Sayfi Olimov singari kelajakda teatrning shon-shuhratini ta'miilovchi iste'dodlar bor edi. Ular teatrga kelishi bilan jamoadagi muhit o‘zgarib, ijodiy jarayon havaskorlikdan professionallik sari yuz tutadi va qizg‘in tus oladi. Salkam ikki yil orasida teatr yigirmadan ortiq asarni sahnalashtiradi. Bular M. Kazimovskiyning “Na qolur, na qondirur”, S. Muzag‘aynining “Xo‘r-xo‘r”, M. Uyg‘urning “Turkiston tabibi”, “Fanniy uy”, A. Avloniyning “Advokatlik osonmi?”, Hamza Hakimzoda Niyoziy- ning “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”, “Boy ila xizmatchi”, I. Myasnits- kiyning “Men o‘lmusham”, S. G‘anizodaning “Dursunali Ballibodi”, noma'lum mualliflarning “Parij kommunasi”, “Yomon qardosh”, “Hasan og‘a”, A. Haqber- dievning “Och hariflar”, M. Urdubodining “Andalusning so‘nggi kunlari”, G‘. Yunusning “Zahhoki Moron”, G‘. Zafariyning “Tilak”, “Rahmli shogird”, “Yomon o‘g‘il”, A. Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”, Hoji Muinning “Mazluma xotin”, Fitratning “Chin sevish”, “Hind ixtilolchilari”, “Qon”, “Abu Muslim”, H. Jovidning “Iblis” singari p’yesalaridir. Bu asarlarning hammasini Mannon Uygurning o‘zi sahnalashtiradi69.
Farg‘ona shahrida “Siyosiy maorif bo‘limi” “Musulmon yoshlarining musiqiy drama” truppasi faoliyat ko‘rsatib, truppaning asosiy dramaturg va rejissyori Hamza, direktori G‘afur Musaxonov, yetakchi artist va xodimlari Muhiddinqori Yoqubov, Hoji Siddiq Islomov, R. Islomov, A. Asomiddinov, Yo‘lchi Egamber-

69 Qarang: Ўнгбаева Б. Ўзбекистонда театр санъати тарихи ҳақида баъзи мулоҳазалар / “Ўзбекистонда археология ва этнология фанларининг тараққиёти ва истиқболлари” мавзусидаги Республика илмий-амалий анжумани материаллари. – Тошкент, 2012. – Б. 276.


diyev, G‘ofur Musaxonov, Mariya Kuznetsova, Qo‘shoq Dovudboyev, Xolmat Maxsumov, Hasan Sodiqov, O‘lmas Qurbonov, Ismoiljon Soliyev, Isoqjon G‘oziyev, Is’hoq Sodiqov, Usmon Abdurahmonov, Ismoil Xo‘jayev, Ismoil Muhammadjonov singari san'at ahli edi. Teatr repertuaridan drama, musiqali dramaga o‘xshash ixcham qo‘shiq va harakatlar bilan boyitilgan sahnalar, konsert nomerlari, otashin monologlar o‘rin olgan edi. Teatr repertuarining asosini esa Hamzaning o‘z asarlari tashkil etar edi.
Hamza teatri repertuaridan o‘rin olgan birinchi katta asar – “Boy ila xizmatchi” to‘rt pardali dramasi bo‘lib, 1918-yilning 20-iyulida sahnaga qo‘yil gan. Shuningdek, teatr repertuaridan “Loshmon fojialari” trilogiyasi “Farg‘ona fojialari” tetrologiyasi, “Tuhmatchilar jazosi”, “Kim to‘g‘ri?” singari p’yesalar o‘rin olgan.
Hamza Hakimzoda truppasi Y. Egamberdiev tomonidan qayta tuzilib, Turkis- ton hukumat idoralarining qaroriga binoan, “O‘lka musulmonlari siyosiy sayyor truppasi” nomi bilan 1919-yil 28-iyunidan e'tiboran Toshkentga ko‘chirib keltirila- di70.
Farg‘ona vodiysidagi teatrchilik harakati jonlangan shaharlardan birn Qo‘qondir. Oktyabr to‘ntarishidan avvalroq bu yerda jadidlarning teatrchilik harakatiga qo‘shilib, havaskor truppa tuzish ishi bilan band sanoyi nafisa havasmandlari ko‘p edi. Binobarin, Qo‘qonda ularni rag‘batlantiruvchi Hamza Hakimzoda Niyoziy va truppa tuzish ishtiyoqida yurgan aka-uka Miroqilov singari teatr shaydolari ish ko‘rar edilar. 1918-yilda Mirshohid Miroqilov Hamza Hakim- zoda Niyoziyning yaqindan yordami bilan teatr truppasini tuzadi. Avvaliga jamoa asosini ko‘proq sozanda va xonandalar tashkil etadi. Ular orasida sozandalardan Ahmadjon Umrzoqov (Ahmadjon qo‘shnay), Abduqodir Ismoilov singari mashhur sozandalar bor edi. Ijrochilardan Murod Qo‘ldoshev, Abdurazzoq Sharipov, Obid Hasanov, Nurmat hoji, Mamajon Qoriyev va boshqalar ish ko‘rishar edi.


70 Qarang: Троицкая А. Из истории народного театра и цирка Узбекистана // Советская этнография. – 1948. –


№3. – С. 31–35.
Jamoaning aksar qismi sozanda, xonanda va raqqoslardan iborat bo‘lganligi bois truppa o‘z ijodiy faoliyatini konsert repertuarlarini tayyorlashdan boshlaydi. Buni ko‘rgan Hamza Hakimzoda Niyoziy konsert nomerlarini xor va qo‘shiqlar bilan boyitadi. Ayni vaqtda “Farg‘ona fojialari”, “Qarmoq” va boshqa inssenirovkalarini sahnalashtirib beradi.
Teatr repertuarining rang-barangligi, sozanda, xonanda va ijrochilar mahorati- ning yetukligi xalq e'tiborini o‘ziga tortib, truppaning shuhrati ortadi. Mirshohid Miroqilov kulgu ustasi, Is’hoq Sodiqov bosh rollar ijrochilari sifatida tomoshabin- ga taniladilar.
Xalq Komissarlar Soveti kichik kengashining 1921 -yil 7 may Qaroriga asosan, Respublikaning har bir viloyatida ikkitadan o‘zbek va rus truppalari tuzilib, davlat ixtiyorida bo‘lishi, jamoaning soni 25 kishidan oshmasligi, moddiy jihatdan asosan, o‘z-o‘zini ta'minlashi lozimligi ma'lum qilinadi.
Shu davrgacha Andijonda ish ko‘rgan O. Toshmatov (Orifjon garmon), A. Azimov, T. Jalilov, A. Ismoilov, M. Olimov va boshqa sozandayu xonandalardan iborat musiqa dastasi bo‘lib71, davlat ixtiyoriga olinib, hukumat topshirig‘i bilai frontlarda va Andijon shahrining o‘zida ijodiy faoliyat ko‘rsatar edi. Yuqoridagi qarorga asosan, mazkur dasta 1919-yil 7-noyabrda teatr jamoasi sifatida Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Kapital” insenirovkasi bilan o‘z faoliyatini boshlaydi. Truppa ijrochilarining soni tartibga solinib, hisobga olinadi.
Yuqoridagi qarorga asosan, Mannon Uyg‘ur Buxoroga yuborilib, 1921-yilda Buxoro teatri truppasini tashkil etadi. Hamza Hakimzoda Niyoziy esa bu sohada Xorazmda ish olib boradi.
Mannon Uyg‘ur Buxoro Xalk Respublikasi Maorif noziri Abdurauf Rahimov Fitrat taklifi bilan Buxoroga borib, 1921-yilda teatr truppasini tashkil etadi72. U teatrni yosh havaskorlar hisobiga uyushtirib, birinchi ijrochilar sifatida jamoaga X Latipov, L. Latipov, N. Rahmonov, L. Nazrullaev, H. Mahmudov singari yoshlarni jalb etadi. Truppa faoliyatini “Turkiston tabibi”, “Tuhmatchilar jazosi” singari

71 Qarang: Турсунбоев С. Андижон театри. – Тошкент, 1970. – Б. 102.


72 Qarang: Турдиев Ш. Фитратнинг адабий ва илмий алоқалари // Ижтимоий фикр. Инсон ҳуқуқлари. – Тошкент, 2010. – №2. – Б. 112.
kichik hajmli p’yesalarni sahnalashtirish bilan boshlaydi. Hamza Hakimzoda Niyoziy esa 1921 -yil ning oktyabr oyida Xorazmga yuborilib, 1922 -yil ning boshlarida teatr truppasini tashkil etadi. Avvallari Xorazmda teatr truppasi bo‘lmaganligi sababli uni tashkil etish va sahna tomoshalarini boshlashda Hamza- ga sozanda va xonandalardan M. Yoqubov (Sheroziy), S. Mug‘anniy, Q. Qutliev,
M. Xarratov, R. Omonov kabilar yaqindan yordam beradilar. Ularning yordamida teatrga A. Mahmudov, A. Zardorov, Niyozov, L. Latipov, M. Qoriev, N. Polvonov, Sayramov kabi havaskor ijrochi kuchlar jalb etiladi. Hamza shu kuchlar yordamida “Boy ila xizmatchi”, “Farg‘ona fojialari”, “Tuhmatchilar jazosi”, “Kim to‘g‘ri?” kabi o‘z p’yesalari asosida teatrning ilk spektakllarini sahnalashtiradi.
Sovet hokimiyati o‘rnatilgach, milliy teatr san'ati o‘ziga xos mafkuraviy vosita sifatida shakllantirildi. Teatr san'atidan milliy madaniyat ravnaqi niyatida emas, balki g‘oyaviy maqsadlar yo‘lida foydalanildi. Usha davrda Farg‘ona vodiysi shaharlarida adabiyot, musiqa va teatr sohasida yuz bergan o‘zgarishlarda
H. H. Niyoziyning o‘rni katta bo‘ldi. Hamzaning maorif, adabiyot, musiqa va teatr sohasida bosilib turgan asarlari Farg‘ona yoshlari, xalq san'atchilari, musiqachilari va ashulachilari o‘rtasida keng tarqalgan, ularning Hamzaga bo‘lgan muhabbatlari ortib borgan. Shu bilan birga Farg‘ona yoshlari o‘rtasida Hamzaning Marg‘ilonda 1915 -yilda tashkil qilgan muallimlar tayyorlash maktabida o‘qigan shogirdlari ham ko‘p edi. Bular hammasi Hamzaning Farg‘ona shahrida maorif va teatr sohasidagi ishlarini tez rivojlanishi uchun turtki bo‘ldi. Hamzaning rahbarligi va uning ishtiroki bilan 1918–1919 -yil larda Farg‘ona viloyatining bir nechta shaharlarida mahalliy teatrlar tashkil topdi. 1918 -yilning o‘rtalarida Farg‘ona shahrida Xamza rahbarligida dramma teatri to‘garagi tashkil etiladi73. Xalq artisti Komil Yormatov:74 “Men Turkiston frontida Hamzaning teatr truppasi bilan ishlaganini ko‘rganman. Ularning afishalari o‘qlar tegib ilma-teshik bo‘lib ketgan, har bir artistning shahsiy quroli bor edi. Ular dushmanni quvib borib yana qaytib kelib spektaklni davom ettirardilar. Ular temir yo‘l platformasida ko‘chib

73 Культурное Строительство в Туркестанской АССР (Сборник документов). Том 1. – Ташкент: Узбекистан, 1974. – С. 17.


74 Нурмуҳамедова М. Ўзбекистонда маданий-маърифий ишлар тарихи. –Тошкент: Ўқитувчи, 1993. – Б. 11
yurardilar, platforma ular uchun turar joy ham, sahna ham hisoblanardi»- deb yozgan edi.
Hamza maorif idoralari va yoshlar tashkilotlarining yordami bilan 1918 -yil sentyabr oyida havaskor yoshlardan iborat “Qo‘qon dramma truppasi”ni tuzgan. Bu truppani tuzishda Mirshohid Miroqilov, Mirhomid Miroqilov (Mirshohidning akasi), Abdurazzoq Sharipov, Hasan Kapkaev, Obid Hasan, Akram Muhamedov, Maryam Ruzvonova, Mamajon Qoriev, Polvon Aliev, Aliqo‘zi Rahmonov, Qamchinbek, Xolmat Rasulov, Badriddin, Nurmat hoji Qoriev, A'zam Xo‘jaev, Fotima Kapkaeva, Toshxo‘ja Eshonov va boshqa yoshlar ishtirok etgan75. Truppa ishlay boshlagach, shahar maorifi uni o‘z qaramog‘iga oldi va uning artistlariga maosh to‘lay boshladi. Truppa repertuallari asosan Hamzaning asarlaridan iborat edi. Truppani mustahkamlashda 1919 -yili Qo‘qonda bo‘lgan Poltoratsskiy nomidagi rus teatri ham yaqindan yordam bergan. 1921 -yilda Qo‘qon viloyati tashkil etilgach, Qo‘qon teatri viloyat teatriga aylantirilib, teatrga Mirshohid Miroqilov rahbar etib tayinlanadi. 1922 -yilda Qo‘qondagi Poltoratskiy nomli rus teatri va uning rejisyori B. B. Torbievning yordami bilan Mirshohid Miroqilov birinchi marta Gogolning “Uylanish” komediyasini sahnaga qo‘ygan. Bu esa teatrning ijodiy yuksalishiga ijobiy ahamiyat kasb etgan. 1922 -yil i teatr Xo‘jand va Konibodom shaharlarida gastrollar uyushtirishi uning yuksalishi uchun ya'na bir qadam bo‘ldi. 1924 -yilda esa Qo‘qondagi teatr davlat teatriga aylantirilgan76. 1925-yilda Samarqandda tuzilgan markaziy davlat truppasi uchun ham Qo‘qon truppasi asosiy baza bo‘lgan edi. 1929 -yilda Qo‘qon shahridagi teatrga Hamza nomi berilgan.
Hamzaning harakati bilan 1918 -yilda Andijon shahrida ham “Qizil g‘uncha” deb ataluvchi badiiy xavaskorlik truppasi tashkil etilgan va bu truppaga andijonlik san'atkorlardan To‘xtasin Jalilov, Abduvahob Azimov, Is’hoq Qori Karimov, Muhiddin hoji Najmiddinov, Orifjon Toshmatov, Mirzajon Alimov,

75 Раҳмонов М. Ҳамза ва ўзбек театри. –Тошкент: Ўз ССР Давлат бадиий адабиёт нашриёти, 1959. –Б. 180- 181.


76 Ўзбекистон Республикаси Миллий Энциклопедияси. 11-том. 2005. – Б. 209.
To‘ychi Aminov kabi san'atkorlar a'zo bo‘lib kirganlar77. Oradan biroz o‘tgach, shaharning yangi qismida ham Fotih Boybekov tashabbusi bilan o‘zbek va tatar yoshlari ishtirokida yana bir to‘garak tuzilgan. To‘garak a'zolari F. Boybekovning singlisi Komila Boybekova, muallima qizlardan Afifa Shokirova, Abdishukur Zavyalov, Sayfi Bahrom kabi havaskorlardan iborat edi. Har ikkala truppa ham turli konsertlar namoyish etsada, spektakllar namoyish eta olmas edilar. Shu sababli ijodiy ishni yo‘lga qo‘yish uchun ularni birlashtirish talab etilardi. 1918 - yilning oxirlarida bu ikkala truppa birlashib “Birlashgan Andijon truppasi” deb atala boshlandi. 1919 -yil oktyabrda “Sharq kechalari” nomli konsert va spektakllar tashkil etish uchun Andijonga Xamza tashrif buyurib xavaskor artistlar yordamida o‘zbek teatr truppasini tashkil etgan. Truppa tarkibiga To‘htasin Jalilov, Orifjon Toshmatov (Orif garmon), Abduvahob Azimov va boshqalar jalb etilgan78. “Sharq kechasi” katta tayyorgarlik bilan yaratilgan teatrlashgan xalq tomoshasi bo‘lib, o‘z oldiga eski turmush illatlarini fosh qilish, xalqni teatrga qiziqtirish, havaskorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash kabi vazifalarni qo‘ygan edi. “Sharq kechasi” o‘zining tarbiyaviy ta'sir kuchi bilan Andijon teatrchilik harakatida salmoqli o‘rin egallagan edi. Hamza “Sharq kechasi”ga Andijondagi xalq teatri artistlaridan tashqari, ko‘plab havaskor yoshlarni ham jalb qilgan edi. Bu yoshlar ichida drammaturg Komil Yashin ham Hamzaning she'rini ifodali o‘qib, kechada Komil Yashin yigit rolini juda yaxshi ijro etgan. Shu paytdan boshlab Komil Yashinda teatrga bo‘lgan zo‘r havas tug‘iladi.
Bundan tashqari, Andijonga Farg‘onadan ham teatr truppalari tashrif buyurib, aholi o‘rtasida “Boy va xizmatchi”, “Farg‘ona fojeasi” spektakllarini namoyish etganlar. Andijon uyezd maorif bo‘limi 1919 -yilning oxirida Andijon havaskorlik truppasini “O‘zbek davlat truppasi”ga aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan va 1919 -yil 14 -dekabrda Xalq ta'limi bo‘limi roziligi bilan Andijon shahrida havaskorlar truppasi bazasida Davlat teatri tashkil etilgan. Shunday qilib,


77 Турсунбоев С. Андижон театри – Б. 6.


78 Раҳмонов М. Ҳамза ва ўзбек театри. – Тошкент: Ўз ССР Давлат бадиий адабиёт нашриёти, 1959. – Б. 184.
1919 -yil oxiridayoq Andijon maorifi qaramog‘ida “Umid” nomli Andijon o‘zbek davlat teatri rasmiy ravishda tashkil topgan edi79.
1920-1921 -yillarda Andijon uyezd-shahar Ijroiya qo‘mitasi hamda shahar maorif bo‘limining bir qancha yig‘ilishlarida teatrning ijodiy tarkibini mustahkamlash va unga eski shahardan ham bino ajratish haqida bir qator chora- tadbirlar qo‘riladi. Teatrni rivojlantirish va uni keng tomoshabinlar ommasi bilan yaqinlashtirish masalasi hatto 1921 -yilda bo‘lib o‘tgan Andijon uyezd-shahar Sovetining ikkinchi konferensiyasida ham muhokama qilgan. 1921 -yil sentyabr oyidan boshlab shaharning yangi va eski qismida teatr binolari faoliyat qo‘rsata boshladi. 1921 -yildan boshlab teatr repertuariga ozarbayjon tilidan tarjima qilingan “Arvohlar”, “Oshiq-G‘arib”, “Mashhadibod”, “Och harflar”, “Yalong‘och tabib” kabi satirik asarlar ham kirgan. 1924 -yildan boshlab teatr truppasi uchun eski shahardagi karvonsaroy binosi berilgan. Bu bino artist va mahalliy tashkilotlarning yordami bilan teatr binosiga aylantirilgan.
1919 -yilning sentyabr oyida Farg‘ona muzofoti maorif ishlari noziri H. H. Niyoziy teatr tuzish maqsadida Namanganga kelgan va “Ko‘k ko‘ylak” truppasi tashkil etgan. Truppa a'zolari asosan partiya, sovet tashkilotlarining xodimlaridan iborat bo‘lib, ular orasida inqilobiy qo‘mita raisi Inomjon Nizomboev, qidiruv bo‘limi boshlig‘i Oxundada Solixonhojiev, adliya xodimi Usmon Abdurahmonov, o‘qituvchilardan Fotimaxon Abdurahmonova, Eshon Nizomiy, jurnalist Himoyid- din Yo‘ldoshqoriyev, Asil Mansurov, shoir va o‘qituvchi Rafiq Mo‘minovlardan iborat edi80. Oradan biroz vaqt o‘tgach, teatr jamoasi safiga san'atga havasmand yoshlardan Abdulla To‘raxonov, Muhiddin Abdullaxonov, Asqar Rahmoniylar qo‘shilgan. Truppaning repertuarlaridan asosan Hamzaning asarlaridan iborat bo‘lgan. Kichik hajmdagi spektakllar qisqa vaqt ichida tayyorlanar va har oqshom namoyish qilinar edi. 1919 -yil sentyabr oyidan boshlab Hamza Namangan shahrida truppa a'zolari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish bilan birga ularga aktyorlik va rejissuradan ta'lim berishni boshlagan. Namanganda Hamzaning o‘zi


79 Раҳмонов М. Ҳамза ва ўзбек театри... – Б. 185.


80 Абдураззоқов И. Ҳамза изидан бориб // Наманган ҳақиқати. 1977 йил. 4 феврал.
“Padarkush”, “Yetim va yetimalar” asarini sahnalashtirgan. 1931 -yilga kelib, “Ko‘k ko‘ylak”, “Sharq” truppalari negizida Namangan teatri tashkil topdi. Shu - yil larda teatrga Razzoq Hamroyev rahbarlik qildi. Shuningdek truppada Ansor Adhamov, Mirpo‘lat Saidboyev, Abdurahmonqori Toshboyev, Mukarama Azizova, Nazira Inog‘omova, Mirzajon Dadaboyev, Akbar Rahimov kabi san'at jonkuyarlari bor edi81. O‘sha yili K.Yashinning “Intilish” va “Hujum” asarlari sahnalashtirilgan. Namanganda K. Yashinning “Arslon” dramasi andijonliklar bilan hamkorlikda sahnaga qo‘yil gan.

Download 111,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish