O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


III bob bo‘yicha xulosa Xulosa



Download 111,82 Kb.
bet2/18
Sana29.05.2022
Hajmi111,82 Kb.
#615878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
turkiston milliy jadid teatrining vujudga kelishi rivojlanishi va taqdiri-конвертирован

III bob bo‘yicha xulosa Xulosa


Adabiyotlar ro‘yxati Ilovalar
KIRISH
Dissertasiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikka erishgandan boshlab xalqning tarixiy xotirasini tiklash, tarix faniga doir tadqiqotlarni har taraflama takomillashtirish masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezi- denti I. A. Karimov haqli ravishda ta'kidlaganlaridek, “o‘z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo‘lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tikla- shimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur!”1.
Vatanimiz tarixini chuqur o‘rganish, o‘tmishimizni tadqiq etish uchun mutlaqo yangicha nazariy va metodologik yondashuvlarni ishlab chiqishga katta ehtiyoj borligi xususida Respublikamizning Birinchi Prezidentining qator asarlari hamda nutqlarida bir necha bor eslatib o‘tiladi. Jumladan, O‘zbekistondagi tarix fanining taraqiyotida Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning Respublika tarixchi olimlari bilan 1998-yil yozida o‘tkazgan uchrashuvi2, shuningdek, birinchi Prezi- dentimizning milliy mafkurani shakllantirishga doir chiqishlari3 alohida o‘rin tutadi. I. A. Karimovning mazkur uchrashuv chog‘ida bildirgan fikrlarida va yuqorida eslatilgan chiqishlarida O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish hamda milliy o‘zlikni anglashi mustahkamlash, yosh avlodni tarbiyalash, jamiyatni ma'navny-ma'rifiy jihatdan kamol toptirish uchun boy o‘tmish tariximizni xolisona o‘rganish o‘ta dolzarb vazifa ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 -yil 27 iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish haqida”gi Qarorida tarix fani muammolariga, tarixnn milliy istiqlol mafkurasi nuqtai nazaridan o‘rganishning falsafasi va uslubiyatini egallash masalalariga jiddiy e'tibor qaratilgan. Bu hujjatda birinchi navbatdagi vazifalar sifatida “o‘zbek xalqi va davlatchiligining haqiqiy tarixini o‘rganish”, jumladan,
1 Каримов И. А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билли қурамиз. 7-жилд. - Тошкент: Ўзбекистон, 1999. – Б. 149.
2 Каримов И А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Тошкент: Шарк, 1998. – Б. 10.
3 Каримов И. А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. 8-жилд. – Т.: Ўзбекистон, 2000. – Б. 449–462; O’sha muallif: Ватан равнақи учун ҳар биримнз масъулмиз. 9-жилд. – Т.: Ўз6екистон, 2001. – Б. 99–105.
“bizning xududimizda eng qadimdan hozirga qadar, davlatchilikning turli tarixiy bosqichlarida yashab kelgan xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma'naviy hayoti masalalarini tadqiq etish” ko‘rsatib o‘tiladi.
Ma'lumki, 2017-yil fevralda e'lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi Harakatlar strategiyasi”da yoshlar masalasiga jiddiy e'tibor qaratilib, unda quyidagi vazifalar belgilab berilgan edi:
Jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish; o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;
yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish; yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish; yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta'lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish kabi ustuvor vazifalar belgilab olindi4.
Bundan tashqari, mana shu jarayonlarning tarkibiy qismi bo‘lgan oliy ta'lim tizimida ham bir qator dolzarb vazifalar o‘z yechimini kutib turibdi. Buni biz 2017-yil 20-aprelda qabul qilingan “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №2909-sonli Qarori”da ham ko‘rish mumkin. Qarorda ko‘rsatilishicha, tizim oldida quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • Oliy ta'limning ma'naviy-ahloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik g‘oyalariga, yuksak ma'naviyat va insoniylikning milliy an'analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan



4 “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш тўғрисидаги Ҳаракатлар стратегияси” // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2017 йил. – №6. 70-модда.


immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish;

  • oliy ta'lim muassasalari moddiy-texnika bazasini o‘quv va ilmiy- laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari, ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob'ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash, oliy ta'lim ilm-fanining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash orqali yanada mustahkamlash;

  • oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta'lim muassasalari talabalari, o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jah5 va boshqalar.

Shuni inobatga olgan holda milliy ma'naviyatimizning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan teatr haqida to‘xtalar ekan, mustaqil Respublikamizning birinchi Prezidenti I. A. Karimov: “Qachonki, milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo‘lgan teatr san'ati xususida so‘z borar ekan, buyuk ma'rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Teatr - bu ibratxonadur”, deb aytgan fikrini eslash o‘rinlidir. Bizning milliy teatr san'atimiz tarixan juda katta yo‘lni bosib o‘tgan bo‘lib, uning qadimiy ildizlari xalq o‘yin va tomoshalariga borib bog‘lanadi”6 deb ta'kidlagan edi. Lekin, XX asrga kelib o‘zbek teatr san'ati yangitdan - yurtimiz va jahon miqyosida shakllangan, davrlar sinovidan o‘tib kelayotgan an'ana va tajribalar asosida vujudga kelgani va kamol topganini e'tirof etish zarur. Xususan, poytaxti- miz va viloyat teatrlarida namoyish etilgan dunyo sahna san'atining mumtoz namu- nalari o‘z vaqtida nafaqat yurtimiz, balki chet el tomoshabinlarini ham hayratda qoldirgani bu fikrni isbotlaydi. Shu bilan birga, teatr ijodkorlarimiz tomonidan yaratilgan ko‘plab milliy ruhdagi sahna asarlari xorijiy mamlakatlarda ham muvaffaqiyat bilan ijro etib kelinadi.
Ta'kidlash joizki, hozirgi vaqtda respublikamiz teatrlarida turli mavzu va janrlarda ko‘plab spektakllar yaratilmoqda, o‘ziga xos ijodiy izlanishlar davom etmoqda.

5 Qarang: Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Олий таълим тизимини янада ривожлан- тириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги №2909-сонли Қарори // Халқ сўзи. 2017 йил 21 апрель. 6 Qarang: Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – Б. 14.


Ayni paytda teatr san'atimizda ham bugungi hayotimizni, zamonamiz qahramonlari qiyofasini har tomonlama chuqur ochib beradigan, tomoshabinni o‘ziga tortadigan, ham dramaturgiya, ham rejissura nuqtai nazaridan badiiy yuksak asarlar, afsuski, kam ekanini tan olishimiz lozim. Aksincha, real haqiqatdan yiroq, odamga katta ma'naviy oziq bermaydigan asarlar bilan teatrlar kassasini to‘ldirish holatlari ko‘proq ko‘zga tashlanmoqda.
Albatta, hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti talablarini ham inobatga olish kerak. Lekin, yuksak badiiyat va haqqoniylik, ezgu maqsadlarga xizmat qilish ruhi bilan sug‘orilgan asarlar yaratish - barcha san'at turlari kabi bu soha uchun ham asosiy mezon bo‘lishi tabiiy. Bu maqsadga erishish uchun yosh va iste'dodli dramaturg va rejissyorlar, teatr aktyorlarini tarbiyalab voyaga yetkazish ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Vatanimiz tarixining 52 yillik tarixini o‘zida mujassamlashtirgan tashkil etuvchi Rossiya imperiyasining mustamlakachiligi davri o‘zidan ko‘plab asoratlar qoldirdi. Shulardan biri imperiyaning Turkistonda yuritgan madaniy sohadagi siyosatidir. Tadqiqotning dolzarbligi XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Turkistonda yuritgan madaniy siyosatidan ko‘zlagan asosiy maqsadi, ilk teatr truppalarining vujudga kelish jarayoni va uning o‘lka madaniy hayotiga ta'sirini manbalar orqali ochib berish bilan tarixiy haqiqatni ochishdan iboratdir.

Download 111,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish