Milliy jadid teatri tarixiga manbalar tahlili
Jadidlar ma'rifatchilik faoliyatining yana muhim bir tarmog‘i – teatr san'ati edi. XX asrning boshlari Turkiston madaniyati tarixiga yangi o‘zbek milliy teatrining ham vujudga kelish davri bo‘lib kiradi. Millatni ma'rifat nuri bilan uyg‘otib, ozodlik va taraqqiyot tantanasini orzulagan jadid ziyolilari, teatrni o‘z maqsadlari yo‘lidagi kuchli omillardan biri deb tushundilar. Millatning najotini ma'rifatda ko‘rgan jadid taraqqiyparvarlari o‘z qarashlarining keng miqyos kasb etishida teatrning benazir ahamiyatini tobora chuqurroq his etib bordilar. Qolaversa, spektakl namoyishlaridan tushadigan mablag‘ joylarda moddiy qiyinchilikdan qiynalib va yopilib qolayotgan “usuli jadid” maktablarini kerakli o‘quv anjomlari bilan ta'minlash uchun ham zarur edi15.
Mavzu tarixshunosligi shuni ko‘rsatadiki, Rossiya imperiyasi va mustabid sovet tuzumi davrida mazkur masala alohida tadqiqot ob'ekti sifatida o‘rganilma- gan. Lekin, o‘z navbatida shuni qayd etish kerakki, sovet davrida e'lon qilingan ba'zi bir maqolalar, chop etilgan mavzuga doir risolalarda muammoning ayrim jihatlari yoritib berilgan16.
Masalan, rus tadqiqotchisi B. Postovskiyning maqolasida17 o‘zbek teatrining tarixiy ildizlari, uning turli xil ko‘rinishlari, o‘zbek teatri jamiyat madaniy hayotida tutgan o‘rni aks etgan bo‘lsa, Z. Rahmonovning tadqiqotlarida Hamza Hakimzoda Niyoziy, uning qisqacha hayot faoliyati, mahalliy ruhoniylarning unga bo‘lgan
15 Ризаев Ш. Жадид драмаси. – Тошкент: Шарқ, 1997. – Б. 84.
16 Qarang: Остроумов Н. П. Сарты. – Ташкент, 1890; Постовский Б. А. Ўзбек театрининг тарихи / Инқилоб. – 1922. – №3. – Б. 12–16; Раҳмонов М. Ҳамза ва Ўзбек театри. – Тошкент: Ўз ССР Давлат бадиий адабиёт наш- риёти, 1959. – 392 б; O’sha muallif: Ўзбек театри тарихи (XVIII асрдан XX аср аввалигача ўзбек театр мада- ниятининг тараққиёт йўллари). – Тошкент: Фан, 1968. – 239 б; Сейданов Қ. Ҳамза ва қардош халқлар ада- биёти. – Тошкент, 1988. – 149 б; Троицкая А. Из истории народного театра и цирка Узбекистана // Советская этнография. – 1948. – №3. – С. 31–35; Турсунов Т. Октябрьская революция и Узбекский театр. –Ташкент: Фан, 1983; O’sha muallif: Узбекский-советский театр. – Ташкент, 1966. Т.1. – 148 с; Хамидова М. Актёрское искусство узбекской музикальной драмы. – Ташкент: Фан, 1987. – 203 с; Қодиров М. Масхарабоз ва қизиқчилар санъати (Фарғона анъанавий театри). – Тошкент: Фан, 1971. – 287 б; O’sha muallif: Ўзбек халқ томоша санъати. – Тошкент, 1981. – 126 б; Қорабоев У. Бадиий-оммавий тадбирлар. – Тошкент: Ўқитувчи, 1986. – 164 б; Қосимов Б. Абдулла Авлоний. – Тошкент, 1979. Хўжаев С. Фидойилар. – Тошкент: Фан, 1990.
– 47 б.
17 Постовский Б. А. Ўзбек театрининг тарихи / Инқилоб. – 1922. – №3. – Б. 12–16.
munosabati, o‘zbek teatrining XVIII asrdan XX asr boshlarigacha bo‘lgan taraqqiyot yo‘llari sovet davri mafkurasi ta'siri yoritib berilgan18.
Shuningdek, mazkur davrda jadid teatri tarixiga oid bajarilgan ilmiy izlanishlar orasida A. Troitskayaning tadqiqotlari19 alohida o‘ringa ega. Chunki, mazkur muallifning asarlarida o‘zbek milliy teatri taraqqiyoti, uning repertuarlari, XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi vujudga kelgan jadid teatriga Rossiya imperiyasi ma'murlarining bo‘lgan munosabati qisman real bahosini olgan edi.
T. Tursunovning asarida 1917-yil dagi oktyabr inqilobining o‘zbek teatri taraqqiyotiga ta'siri, mazkur o‘zgarishlardan keyin O‘zbekistonning barcha hududlarida dastlabki teatr truppalarining tashkil etilganligi, o‘zbek milliy teatrining rivojida yevropalik millatlarning tutgan o‘rniga yuqori baho berilgan20.
O‘z o‘rnida shuni qayd etish lozimki, XX asrning 70–80 -yil larida sovet mafkurasi kuchaygan vaqtda ham, jadidchilik harakati, uning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan teatr san'ati tarixini o‘rganish bir zumga bo‘lsa ham to‘xtab qolgani yo‘q. Bungan misol tariqasida taniqli olimlar M. Hamidova, M. Qodirov, B. Qosimov, S. Xo‘jayev, U. Qoraboevlarning tadqiqotlar21ini kiritish mumkin.
Bundan tashqari, Turkiston shahar va qishloqlaridagi sahna ishlarining eng oddiy tafsilotlaridan tortib to tashkiliy, ijodiy muammolarigacha “Sadoyi Farg‘ona” gazetasining sahifalarida yoritib borildi22.
18 Раҳмонов М. Ҳамза ва Ўзбек театри. – Тошкент: Ўз ССР Давлат бадиий адабиёт нашриёти, 1959. – 392 б; O’sha muallif: Ўзбек театри тарихи (XVIII асрдан XX аср аввалигача ўзбек театр маданиятининг тараққиёт йўллари). – Тошкент: Фан, 1968. – 239 б
19 Qarang: Троицкая А. Из истории народного театра и цирка Узбекистана // Советская этнография. – 1948. –
№3. – С. 31–35.
20 Qarang: Турсунов Т. Октябрьская революция и Узбекский театр. –Ташкент: Фан, 1983; O’sha muallif: Узбекский-советский театр. – Ташкент, 1966. Т.1. – 148 с.
21 Qarang: Хамидова М. Актёрское искусство узбекской музикальной драмы. – Ташкент: Фан, 1987. – 203 с; Қодиров М. Масхарабоз ва қизиқчилар санъати (Фарғона анъанавий театри). – Тошкент: Фан, 1971. – 287 б; O’sha muallif: Ўзбек халқ томоша санъати. – Тошкент, 1981. – 126 б; Қорабоев У. Бадиий-оммавий тадбирлар. – Тошкент: Ўқитувчи, 1986. – 164 б; Қосимов Б. Абдулла Авлоний. – Тошкент, 1979. Хўжаев С. Фидойилар. – Тошкент: Фан, 1990. – 47 б
22 Qarang: Абдураззоқов И. Ҳамза изидан бориб // Наманган ҳақиқати. 1977 йил 4 февраль; Абдулваҳҳоб Асир. Наманган тўйларини ислоҳи ва мактаб □□ Садои Фарғона. 1914 йил 20 апрель; Сайфиддин С. Хатна тўйи □□ Садойи Фарғона. 1914 йил 2 май; Ашурали Зохирий. Андижонда мусулмонча театр □□ Садойи Туркистон. – 1914 йил 20 июнь; Муродий. Наманганда ўзбекча театр □□ Садои Туркистон. – 1914 йил 18 июль; Мухбир. Миллий театр труппаси □□ Садойи Туркистон. – 1915 йил 6 январь; . Ҳамёнга зарарсиз хатна тўйи □□ Садойи Фарғона. – 1915 йил 2 апрель.
Tan olish kerakki, jadid teatri tarixini o‘rganish mustaqillikka erishganimiz- dan so‘ng yangi bosqichga ko‘tarildi. Mazkur jarayonda o‘zbek olimlaridan N. Karimov, B. Qosimov, Sh. Rizaev, D. Ziyoyeva, T. Tursunov, B. O‘ngboeva, Z. Kasimova, T. Qozoqov, Z. Mirzaevalarning ilmiy izlanishlari23 muhim ahamiyat kasb etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |