1 -rasm Yerning sayyorasining koinotdan ko`rinishi .
Yerning shakli qanday degan muammo qadimdan olimlarni qiziqtirib kelgan. Yerning shaklini yassi, yapaloq, tekis, qabariq, doirasimon, sharsimon degan fikrlar asta-sekin ma’lumotlar yig’ilishi bilan vujudga kelgan.
Yerning shakli sharsimon ekanligini miloddan awal IV asrda
Aristotel tomonidan isbotlangan. Mazkur g’oya XVII asrgacha
fanda hukm surib keldi. Qadimgi olimlar Yerning sharsimon
ekanligini quyidagi dalillar bilan isbotlashgan: qirg’oqqa yaqinlashayotgan kemaning avval tepa qismi, (machtasi) so’ng o’rta qismi oxiri pastki qismining ko’rinishi.
Yer yassi, tekis bo’lganda kemaning hamma tomoni birdan ; ko’rinar edi;
qirg’oqdan uzoqlashayotgan kemani dastlab pastki qismini so’ngra o’rta va yuqori qismini ko’zdan g’oyib bo’lishi;
tog’larga yaqinlashib kelganda dastlab tog’ tepalari, so’ngra tog’ etaklari ko’rinadi;
oy tutilganda Yerning unga tushadigan soyasi har doim to’g’ri doiraning bir qismi shaklida bo’lishi;
quyosh chiqayotganda dastlab tog’larning tepasini yoritishi. Quyosh botgandan keyin ham ma’lum vaqt davomida tog’ cho’qqilarini yoritilib turishi, Yer yuzasi yassi bo’lsa, tog’lar etagidan tepasigacha barobar yoritilgan bo’lar edi;
meridian bo’ylab shimoldan janubga yoki janubdan shimolga qarab yurilganda yulduzlar o’rnining o’zgarishi. Shimoliy yarim sharda biz Katta ayiq yulduzlar turkumini va qutb yulduzini ko’ramiz. Janubga borgan sari bu yulduzlar pasayib boradi. Osmonning janub tomonida boshqa yulduzlar ko’rinadi.
Ekvatorga borganda qutb yulduzi ko’rinmay qoladi, Janubiy But yulduzi paydo bo’ladi;
balandga ko’tarilgan sari ufqning kengayib borishi;
— sunyo aylana sayohatlarda bir tomonga qarab ketib ikkinchi tomondan kelinishi;
tongning sharqdan boshlanib kelishi. Agar Yer yassi, tekis bo’lganda hamma joyda tong barobar otar edi;
ochiq joyda masalan, koining qarama-qarshi tomonida joylashgan ko’p qavatli uylarning yer yuzasi qabariq bo’lganligi tufayli uning poydevoridan boshlab emas, balki ma’lum baland qismidan yuqorisi ko’rinadi.
XVII asrga qadar olimlar Yerni shar shaklida deb tasavvur qilishgan. Ammo keyinchalik Yerning qutblari siqilgan va ek-vator atrofida qavariq ya’ni shar emas, balki Yerning ekvator tekisligidagi radiusi Yer o’qining yarmidan uzunroq boigan el-lipsoid yoki sferoid degan fikrlar paydo bo’ldi. Yerning Ellip-soid ekanligini isbot etuvchi asosiy dalillar quyidagilar:
a) o’rtacha kengliklarda to’g’rilangan mayatnikli soat ekva-torga yoki qutb o’lkalariga keltirilsa, ekvatorda orqada qoladi, qutblarda oldin ketadi. Mayatnikning bir tebranish davri og’irlik kuchining tezlanishiga bog’liq bo’lganidan, mayatnik tebranishi ning sekinlashishi og’irlik kuchining kamayganini, mayatnik teb-ranishining tezlashishi esa og’irlik kuchining ortganini ko’rsatadi. Qutbdan ekvatorga borgan sari markazdan qochish kuchi orta borishini hisobga olganda, mayatniklarning tebranishida kuzatilgan o’zgarishlarga sabab, ekvatorda Yer yuzasining har qanday nuqtasi, qutbdagiga nisbatan Yer markazidan uzoqroqda turadi (yani tortish markazidan);
b) meridianning l°li markaziy burchakka to’g’ri keladigan yoyi ekvatorial kengliklardagiga nisbatan yuqori geografik keng-liklarda uzunroq (ekvatorda 110,6 km., 80°sh.k., lll,7km.), chunki sferoidda yoyning egriligi ekvator yaqinidagiga qaraganda qutb yaqinidan kichikroq.
Hozirgi paytda Yerning shaklini bir necha variantlari bor. Chunki Yerni shakli bu qandaydir ma’noda umumlashgan tu-shunchadir. Shuning uchun Yerni shaklini bir necha taxminlari bor: sfera, ellipsoid, uch o’qli ellipsoid, geoid.
Sferoid — Yerning shaklini umumiy va yirik ko’rinishi. Bunda Yer bitta aylanish o’qiga va ekvatorial simmetrik tekislikka ega. Sferoid aniq ifodalangan simmetriya o’qiga ega emas, uning hamma o’qlari bir xildir. Shuning uchun yer shaklini sferoid ko’rinishi Yerning haqiqiy shakliga o’xshamaydi. Bu nomuvo-fiqlik geografik qobiqning yuzalama tuzilishini o’rganganda mintaqalarning aniq ifodalanishida aks etadi.
E llipsoid — asosiy o’q aniq ifodalangan, ekvatorial simmetriya tekisligi mavjud, meridional tekisliklar ham aniq ifodalangan. Yerning bu ko’rinishi oliy geodeziyada koordinatalarni hisoblashda, kartografik andozalarni tuzishda ishlatiladi. Ellipsoidning yarim o’qlari orasidagi farq 21 km. Katta yarim o’q — 6378,16 km., kichik yarim o’q — 6356,77 km., ekssentrisitet — 1G’298,25.
2-rasm ellipsoid va shar. Uch o ‘qli ellipsoid — Yerning ekvatorial kesimi ham ellips shakliga ega ekanligi aniqlangan. Bunda yarim o’qlar farqi bor yo’g’i 200 m. atrofida. Ekssentritsitet esa 1G’30000. Yerning bu ko’rinishi geografik tadqiqodlarda umuman foydalanilmaydi.
Geoid — Yersimon shakl degan ma’noni bildiradi. Geoid — Dunyo okeanining o’rtacha sathiga mos keladigan yuza sathi bo’lib, bu yuzada og’irlik kuchi bir xil qiymatga ega. Bu yuzada jismlarning o’z-o’zidan gorizontal siljishi mumkin emas, ya’ni mazkur yuza gorizontal holatdadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |