Ad as modeli, jami talab egri chizig’i quyidagilarning natijasida o’ngga siljishi mumkin



Download 21,5 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi21,5 Kb.
#831093
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot yakuniy


AD – AS modeli, jami talab egri chizig’i quyidagilarning natijasida o’ngga siljishi mumkin


A. Narxlar darajasining pasayishi
B. Narxlar darajasining oshishi
V. Import xaridlar samarasining ta’sirida
G. Aholiga solinadigan daromad solig’ining oshishi
ANSWER: A

Agar iqtisodiyotdagi vaziyat jami taklif egri chizig’ining klassik kesmasiga to’g’ri kelsa, unda jami talabning o’sishi qanday natijaga olib keladi


A. Narxlar o’sishiga va real YaMM hajmining kamayishiga
B. Real YaMM hajmiga ta’sir qilmasdan narxlar o’sishiga
V. Narxlar darajasiga ta’sir qilmasdan real YaMM hajmining ko’payishiga
G. Narxlar hamda real YaMM hajmining oshishiga
ANSWER: V

Qisqa muddatli davrda jami taklifning salbiy shoki iqtisodiyotda qanday oqibatga olib keladi


A. Narxlar darajasi hamda ishlab chiqarish hajmining kamayishiga
B. Narxlar o’sishiga va ishlab chiqarish hajmining kamayishiga
V. Narxlar darajasi hamda ishlab chiqarish hajmining o’sishiga
G. Narxlar pasayishiga va ishlab chiqarish hajmining o’sishiga
ANSWER: B

Iste’mol va jamg’arma hajmlarining yig’indisi


A. Tasarrufdagi daromad hajmiga teng
B. Iqtisodiy o’sish sharoitida daromaddan ko’proq
V. Har doim daromaddan kamroq
G. Barcha javoblar noto’g’ri
ANSWER: A

Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelida iste’mol va jamg’armalarining o’zgarishiga ta’sir etuvchi asosiy omil – bu


A. Foiz stavkasi
B. Tasarrufdagi daromadning miqdori
V. Jamg’arma va investitsiyalarning tengligi
G. Iste’molga nisbatan jamg’armaning tezroq o’sishi
ANSWER: B

Multiplikator samarasi nimani ko’rsatadi


A. Investitsiyalar oshganda daromadning o’zgarishini
B. Investitsiyalar kamayganda daromadning o’zgarishini
V. Investitsiyalar o’sgarmagani holda daromadning o’zgarishini
G. Investitsiyalar o’zgarganda daromadning o’zgarishini
ANSWER: G

Fiskal siyosat quyidagicha bo’lishi mumkin


A. Rag’batlantiruvchi (ekspansion)
B. Cheklantiruvchi (restriksion)
V. Avtomatik
G. Barcha javoblar to’g’ri
ANSWER: G

Fiskal siyosat qanday vaziyatlarda ekspansion (rag’batlantiruvchi) deb hisoblanadi


A. Aholining daromadiga soliq kamaysa
B. Tamaki mahsulotiga aksizlar qo’yilsa
V. Transfert to’lovlari kamaysa
G. Mamlakat mudofaasiga davlat xarajatlari kamaysa
ANSWER: A

Fiskal siyosat qanday vaziyatlarda restriksion deb hisoblanadi


A. Foydaga solinadigan soliq stavkasi kamaysa
B. Daromadga solinadigan soliq stavkasi kamaysa
V. Davlat xaridlarining hajmi oshsa;
G. Davlat xaridlarining hajmi kamaysa.
ANSWER: G

Foyda – bu


A. Umumiy tushumdan sarf–xarajatlarning ayirmasi
B. Firma tomonidan aksiya egalariga har yili to’lanadigan dividend hajmi
V. Firma boshqaruvchilarining olgan ish haqi
G. Jami daromad – ishlab chiqarilgan mahsulotning narxi
ANSWER: A

Quyidagi shartlardan qaysi biri iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan tovarlarga bo’lgan talabni taklifga tenglashtiradi


A. G = T shartidagi balanslashgan davlat budjeti
B. Foiz stavkasining muvozanatli darajasi
V. Eksport importga tengligi
G. Y = C + I
ANSWER: B

Keyns nazariyasi bo’yicha aktivlar tomonidan pulga bo’lgan talab


A. Nominal daromad hajmiga nisbatan to’g’ri bog’liqlikka ega
B. Nominal daromad hajmiga nisbatan teskari bog’liqlikka ega
V. Foiz stavkasiga nisbatan teskari bog’liqlikka ega
G. Foiz stavkasi darajasiga bog’liq emas
ANSWER: V

Iqtisodiyotda pul taklifi kamaysa, pul bozoridagi holat qanday o’zgaradi


A. Foiz stavkasi va real pul zahiralari kamayadi
B. Foiz stavkasi oshadi, real pul zahiralari esa kamayadi
V. Foiz stavkasi o’zgarmaydi, real pul zahiralari esa kamayadi
G. Foiz stavkasi oshadi, real pul zahiralari esa o’zgarmaydi
ANSWER: B

Muomaladagi pul miqdori qanday sabablarga ko’ra ko’payadi


A. Pul bazasi ko’payganda
B. Majburiy rezervlar normasi pasayganda
V. Tijorat banklarining ortiqcha rezervlari kamayganda
G. Barcha javoblar to’g’ri
ANSWER: G

Agar bozor foiz stavkasi oshsa, obligatsiyaning bozordagi joriy kursi


A. Pasayadi
B. O’zgarmaydi
V. Oshadi
G. Barcha javoblar noto’g’ri
ANSWER: A

Ishlab chiqarishning real hajmi – 28 mln. so’m, bir pul birligining aylanish tezligi esa – 7 Iqtisodiyotdagi real pul massasi


A. 1 mln. so’m;
B. 2 mln. so’m;
V. 3 mln. so’m;
G. 4 mln. so’m.
ANSWER: G

Markaziy bankning quyidagi operatsiyalardan qaysi biri muomaladagi pul miqdorini kamaytiradi


A. Markaziy bank ochiq bozorda davlat obligatsiyalarni sotsa
B. Markaziy bank majburiy zahira me’yorini oshirsa
V. Markaziy bank hisob stavkasini oshirsa
G. barcha javoblar to’g’ri
ANSWER: G

Agar pulga bo’lgan talab M / P = 0,2Y tenglama bilan belgilansa, unda


A. Pul aylanish tezligi o’zgarmaydi
B. Pul aylanish tezligi 5ga teng
V. Pul aylanish tezligi 0,2ga teng
G. Pul aylanish tezligi 4ga teng
ANSWER: B

Agar 100 foizli zahiralash bank tizimida bankga 250 ming so’m hajmida depozit qo’yilsa, unda


A. Bankning aktivlari 250 ming so’mga oshadi
B. Bankning majburiyatlari 250 ming so’mga oshadi
V. Bank qarzlari 0ga teng
G. Hamma javoblar to’g’ri
ANSWER: G

Quyidagilardan qaysi biri “arzon pullar” siyosatning vositalariga kirmaydi


A. Markaziy bank davlat qimmatli qog’ozlarini sotib olsa
B. Hisob stavkasi kamaysa
V. zahira me’yori kamaysa
G. zahira me’yori oshsa
ANSWER: G

Zahira me’yorining kamayishi quyidagilardan qaysi biriga ta’sirini ko’rsatib pul taklifini oshiradi


A. Monetar bazasini oshirib
B. Pul multiplikatorini oshirib
V. Naqd pullar – depozitlar nisbatini kamaytirib
G. Hisob stavkasini kamaytirib
ANSWER: B

IS - LM modelida foiz stavkasi quyidagilardan qaysilarining o’zaro ta’siri bilan aniqlanadi


A. Tovar va mehnat bozori
B. Tovar va pul bozori
V. Tovar bozoridagi talab va taklif bilan
G. Pul bozoridagi talab va taklif bilan
ANSWER: B

Agar pulga bo’lgan talab foiz stavkasining o’zgarishiga kam sezuvchanli bo’lsa, unda quyidagini tasdiqlash mumkin


A. LM egri chizig’i nisbatan tikkaroq bo’ladi
B. Rag’batlantiruvchi pul - kredit siyosati samaralidir
V. Siqib chiqarish samarasi kuchlidir
G. Barcha javoblar to’g’ri
ANSWER: G

Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi quyidagilarda namoyon bo’ladi


A. Iqtisodiy kon’yunkturaning davriy tebranishlarida
B. Iqtisodiy faollikning davriy pasayishlarida
V. Iqtisodiy faollikning davriy ko’tarilishlarida
G. Iqtisodiy faollikning davriy turg’unligida
ANSWER: A

Keyns nazariyasiga ko’ra davriy rivojlanishning ichki sabablari qaysi javobda ko’rsatilgan


A. Tabiiy – iqlim hodisalar
B. Investitsiyalarga bo’lgan talabning tebranishlari
V. Siyosiy hodisalar va jarayonlar
G. Fan – texnika kashfiyoti
ANSWER: B

Talab inflatsiyasiga sabab bo’ladigan omil qaysi javobda ko’rsatilgan


A. Davlat budjet taqchilligining o’sishi
B. Neftga narxlarning o’sishi
V. Iste’molga me’yoriy moyillikni pasayishi
G. Aholiga solinadigan individual soliq stavkasining oshishi
ANSWER: A

Taklif inflatsiyasiga sabab bo’ladigan omil qaysi javobda ko’rsatilgan


A. Davlat xarajatlarining o’sishi
B. Pul massasining o’sishi
V. Ish haqi stavkasining oshishi
G. Sof eksportning ko’payishi
ANSWER: V

To’la bandlik quyidagilarning qaysi birini taxmin qiladi


A. iqtisodiyotda strukturaviy va siklik ishsizlikning mavjudligini
B. ishsizlikni 0ga tengligini
V. faqat siklik ishsizlikning mavjudligini
G. ishsizlik tabiiy darajasining mavjudligini
ANSWER: G

Ouken qonuni qaysi bog’liqlikni ifodalaydi


A. inflatsiya va ishlab chiqarish o’rtasidagi bog’liqlikni
B. ishsizlik va ishlab chiqarish o’rtasidagi bog’liqlikni
V. inflatsiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liqlikni
G. pul massasi va ishlab chiqarish o’rtasidagi bog’liqlikni
ANSWER: B

Davlat jami xarajatlarning qaysi qismiga bevosita ta’sir qilishi mumkin


A. xususiy investitsiyalarga
B. uy xo’jaliklarning xarajatlariga
V. import qilinadigan tovar va xizmatlarning hajmiga
G. tovar va xizmatlarning davlat xaridlariga
ANSWER: G

Davlat tomonidan olib boriladigan fiskal siyosat quyidagilarga ta’sir qiladi


A. Faqatgina iqtisodiyotdagi davlat bo’g’inining korxonalariga
B. Faqatgina uy xo’jaliklariga
V. Faqatgina korxonalar va uy xo’jaliklariga
G. Barcha makroiqtisodiy subyektlarga
ANSWER: G

O’tish iqtisodiyotiga ega bo’lgan mamlakatlarda davlatning roli


A. Oshadi
B. Pasayadi
V. O’zgarmasdan qoladi
G. Barcha javoblar noto’g’ri
ANSWER: A

Bir mahsulotga ixtisoslashish va uni ayirboshlashdagi mamlakat ega bo’lgan tanlash variantlari – bu


A. Savdo shartlari
B. Erkin savdo
V. Savdodan olinadigan yutuq
G. Savdo imkoniyatlarining egri chizig’i
ANSWER: G

A va B mamlakatlardagi bitta komputer va bitta shisha vaza ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat birligining miqdori quyidagicha: A mamlakatda bitta komputerga 100, shisha vazaga esa 40 mehnat birliklari sarflanadi, B mamlakatda bitta komputerga 500, shisha vazaga esa 80 mehnat birliklari sarflanadi. A mamlakat qaysi mahsulot ishlab chiqarishda mutloq afzallikka ega


A. komputer
B. shisha vaza
V. ikkala mahsulotda
G. hech qanday mahsulot bo’yicha mutloq afzallikka ega emas
ANSWER: V

Nisbiy afzallikning tamoyillariga asoslangan xalqaro ixtisoslashuv va erkin savdo quyidagini bildiradi


A. Mamlakatlardagi ichki iste’molning qisqarishi
B. Tovarlar umumiy (jahon) ishlab chiqarilishining oshishi
V. Mamlakatlardagi iste’mol darajasi ularning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan oshib ketishi
G. b) va v) javoblar to’g’ri
ANSWER: G

Boj tariflari nazariyasi bo’yicha iste’molchilarning yutug’i quyidagilar kiritilganda oshadi


A. proteksionist tariflari
B. eksport subsidiyalari
V. erkin savdo
G. import bojlari
ANSWER: V

Savdo balansi – bu


A. Bir yillik tovarlar eksporti
B. Bir yillik tovarlar importii
V. Milliy eksport va import qiymatlarining farqi
G. Davlatning daromadlar va xarajatlar o’rtasidagi farq
ANSWER: V

Tashqi savdoning notarif to’siqlariga nimalar kiradi


A. Import bojlari
B. Eksport subsidiyalari
V. Eksport bojlari
G. Import kvotalari
ANSWER: G

Agar mamlakatda tovar va xizmatlarning importi ularning eksportidan yuqori bo’lsa, unda


A. Bu hol nominal YaMM o’zgarishiga ta’sir qilmaydi
B. Joriy operatsiyalar hisobining ijobiy qoldig’i mavjud bo’ladi
V. Real YaMM kamayadi
G. Mamlakatning sof xorijiy aktivlari oshadi
ANSWER: V

Nominal almashtirish kursi qanday aniqlanadi


A. So’mga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar miqdori bilan
B. Xorijiy valutaning bir birligiga teng bo’lgan milliy valutaning miqdori
V. Import narxlar darajasi
G. Eksport-import narxlar nisbati.
ANSWER: B
Download 21,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish