O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


II BOB. HOZIRGI ZAMON INGLIZ VA O’ZBEK TILSHUNOSLIGIDA



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/48
Sana15.04.2022
Hajmi0,87 Mb.
#553564
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
II BOB. HOZIRGI ZAMON INGLIZ VA O’ZBEK TILSHUNOSLIGIDA 
GAP NAZARIYASINING TALQINI 
 
2.1. Sintaksis nazariyasining tilshunoslik taraqqiyoti hozirgi 
bosqichidagi holati. 
Ma‟lumki, sintaksis grammatikaning bir qismi bo‟lib, gapning aytilish 
maqsadiga, qurilishiga, shakliga va kommunikativ munosabatiga ko‟ra tasniflab 
o‟rganuvchi fandir. Sintaksis atamasi yunonchadan oligan bo‟lib, u gapning 
ifodalanish usullarini, so‟zlar o‟rtasidagi sintaktik munosabatlarni hamda gapni 
bosh va ikkinchi darajali bo‟laklarga ajratib, sintaktik tahlil qilishdan iborat 
masalalarni o‟z ichiga qamrab oladi. 
E.Ya.Moroxovskayaning fikricha, sintaktik nazariyalar asosan, 1) 
an‟anaviy nazariya 2) strukturaviy sintaktik nazariya va 3) transformatsion 
sintaktik nazariyadan iborat. 
Ingliz tili sintaksisi tarixiga e‟tibor qaratilsa, sintaksisning asosiy ob‟ektlari 
sifatida so‟z birikmasi va gap qurilmalarini o‟rganib kelgan. So‟z birikmasi 
masalasi tilshunoslar o‟rtasida ancha munozarali masalalardan biri bo‟lib, uni 
sintaksisda o‟rganish kerakmi, yoki u tilning alohida sathimi, yoki 
leksikalogiyaning ob‟ektimi, degan masalalar hozirgacha davom etib kelmoqda.
Keyingi tadqiqotlardan ma‟lum bo‟lishicha, “So‟z birikmalari lingvistik 
kategoriya sifatida lug‟at qatlamidan o‟rin oladi.”
8
Ushbu tadqiqot natijalaridan 
anglashiladiki, so‟z birikmalari tilning leksik sathida kuzatilishi lozim. 
Tilshunoslikda matn lingvistikasi paydo bo‟lgach, sintaksisni ikki turga, 
ya‟ni kichik sintaksis va katta sintaksisga ajratish maqsadga muvofiqdir. Demak, 
kichik sintaksis gap va uning turlarini, gap qurilmasida ishtirok etgan sintaktik 
birliklarning o‟zaro sintaktik aloqalarini, sintaktik birliklarning funksional 
vazifalarini o‟rganuvchi sintaksisdir. Katta sintaksis esa matn va uni tashkil 
8
Doniyeva M. “Ingliz tilida otli so’z birikmalarining derivatsion-funksional va matnni shakllantirish xususiyatlari”. 
Avto.ref., Samarqand 2012. 


32 
etuvchi birliklarning pragmatik, kognitiv, lingvomadaniyat, deyktik, stilistik 
hodisalarini o‟z ichiga qamrab oladi. 
Kichik sintaksisning asosiy o‟rganish ob‟ekti gap bo‟ladigan bo‟lsa, 
ma‟lumki, gap bir yoki bir necha so‟zlardan tashkil topgan, tugal fikrni 
ifodalaydigan, uch belgi, ya‟ni predikativlik, modallik va prosodikani o‟zida 
mujassamlashtirgan hosiladir. 
Har qanday gap predikativlik xususiyatiga ega bo‟lishi majburiy 
shartlardan biridir. Aks holda u gap emas, balki so‟zlar yig‟indisidan iborat bo‟lib 
qoladi. Predikativlik asosida an‟anaviy grammatikalarda ta‟riflanishicha, ega va 
kesimdan anglashilgan fikr tushuniladi. Lekin predikativlikni bunday ta‟riflashda
ham ayrim nuqson borligi ham seziladi. Chunki, predikativlik nafaqat ega va 
kesimdan anglashilgan fikrga aytiladi, balki, bir tarkibli gaplarda ham predikativlik 
mavjudligini aytib o‟tish lozim. Ko‟pgina tilshunoslarning fikricha, predikativlik 
deganda, asosan, kesim vazifasini bajaruvchi element tushuniladi. Lekin, 
predikativlik tushunchasi asosan, gapning asosiy mazmuni, tugalligini anglatuvchi 
elementga nisbatan aytiladi. 
Modallik deganda, so‟zlovchining aytiladigan fikrga sub‟ektiv munosabati 
va aytiladigan fikrning real voqelikka bo‟lgan munosabati tushuniladi. Demak, har 
qanday tugal fikrni anglatuvchi bir yoki bir necha so‟zdan iborat gaplarda modallik 
mavjuddir. 
Prosodika ham gapning asosiy belgilaridan biri hisoblanib, har qanday 
tugal fikrni anglatuvchi so‟z, so‟z birikmasi yoki gap nutqqa ko‟chganda ma‟lum 
bir ohangda talaffuz etilishini tushunamiz. Ohang nutqning ajralmas tarkibiy 
qismidir, chunki ohang nutqda gap ma‟nolarini bir biridan ajratib turuvchi vosita 
hisoblanadi. Demak, gap bu nutq materialidir. 
Katta sintaksisning ish ob‟ekti matn va uni tashkil etuvchi birliklar, 
matnning leksik-grammatik vositalari hamda semantik tuzilishi, kommunikativ 
maqsadiga ko‟ra tasnifi kabi masalalar bilan shug‟ullanadi. 
Til birliklarining sintaktik tahliliga tilshunoslar turlicha yondashadilar. 
Bular quyidagilardan iborat: 


33 
1) Bosh va ikkinchi darajali bo‟laklarga ajratib tahlil qilish
2) Tema va remani aniqlash usuli bilan tahlil qilish; 
3) Bevosita ishtirokchilarga ajratib tahlil qilish; 
4) Komponent va sintaksemalarga ajratib tahlil qilish; 
5) Derevatsiyalash imkoniyatlari asosida tahlil qilish; 
Katta sintaksisning asosiy ish ob‟ekti matn tilshunosligi bo‟lib, unda 
matnni kognitiv nuqtai nazardan tahlil qilish, matnni mazmun jihatdan 
konseptlarga ajratish kabi jarayonlar kuzatiladi. 
Ma‟lumki, hozirgi vaqtda matn tahliliga nisbatan pragmatik nuqtai 
nazardan yondashuv jadal rivojlanmoqda. Sintaksis gap turlari strukturasi haqidagi 
ta‟limot bo‟lsa, pragmatika lingvistik qurilmalarning tuzilishi, ularning grammatik 
xususiyatlari va munosabatlarini yorituvchi fan emas, balkigap belgisi va 
propozitsiyaning matndagi muvofiqligini so‟zlovchi va tinglovchi tomonidan 
oqilona ta‟minlanishini o‟rganuvchi fandir. Demak, pragmatika ko‟proq nutqiy 
faoliyat va uning bosqichlarini aniqlash bilan shug‟ullanadi. Ular 3 bosqichdan 
iborat bo‟lgan harakatlar: lokutiv, illokutiv, perlakutiv. 
1)
Lokutiv – nutqiy faoliyat ijrosi; 
2)
Illokutiv – so‟zlovchi va suhbatdosh o‟rtasidagi munosabatlarning 
ifodalanishi; 
3)
Perlokutiv – so‟zlovchi nutqining tinglovchiga ta‟siri. 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish