34
Ayrim inglizshunos olimlarning fikriga ko‟ra, sintaktik aloqalarni so‟z
birikmalari va gap tarkibida qarab, ularni bog‟langan tobe so‟zlar (
adjunt+words)
va hokim so‟zlar yoki tayanch so‟zlar(
head words
)ga ajratish mumkin. Ular
o‟rtasidagi sintaktik munosabat yoki aloqa ikki xil bo‟ladi: koordinativ yoki
subordinativ. Bundan tashqari, so‟z birikmalari tarkibida “moslashuv” (
concord
)
va boshqaruv (
government
) bo‟lishi mumkin (H. Sweet 1892,32-35). Masalan,
moslashuv asosida tayanch yoki hokim so‟z bilan tobe orasidagi morfologik (son)
aloqa tushuniladi:
this book, these books.
Boshqaruvda hodisasida esa tobe so‟z hokim so‟z tomonidan boshqariladi.
Masalan,
a day’s work
birikmasidagi
day’s
elementi
work
tomonidan
boshqarilmoqda yoki
I see him
gapidagi
him
elementi
see
yordamida boshqariladi.
Grammatika borasidagi adabiyotlarda bitishuv haqida hech qanaqa fikr
bildirilmaydi. Mazkur
aloqa haqida gapirilganda, ikki so‟z hech qanday shakl
ko‟rsatkichlarisiz bog‟lanadi, deb qayd qilingan. Masalan,
Wall-clock, home work
va boshqalar. O‟zbek tili grammatikasida ham bitishuvli birikmalarni morfologik
modellar asosida izohlaydi:
1.
ot+ot: kumush qoshiq, shamol tegirmon, shoir tabiat;
2.
olmosh+ot: hamma odamlar, butun dunyo, har kishi;
3.
son+ot: yigirma besh talaba, o‟ntacha bola, oltinchi maktab;
4.
sifat+ot: yaxshi odam, uzoq yo‟l, go‟zal tabiat;
5.
sifatdosh+ot: o‟qigan kishi, yasangan kishi.
Sintaktik aloqa va sintaktik munosabat bir xil narsami yoki ular bir-biridan
farqlanadimi, degan savol tug‟ilishi aniq.
Sintaktik aloqa asosan, so‟z birikmasi yoki gapdagi so‟zlarning hamda
nutqdagi gaplarning o‟zaro grammatik bog‟lanishini ifodalasa, sintaktik munosabat
esa so‟z birikmasi va gapdagi so‟zlarning hamda nutqdagi
gaplarning bir-biriga
nisbatan qanday grammatik ma‟no va funksiyada qo‟llanishini ifodalaydi.
O‟z-o‟zidan ma‟lumki, sintaktik aloqalar grammatik shakllar asosida
namoyon bo‟lsa, sintaktik munosabat so‟zlarning funksional qismlari orqali aks
etadi.
35
Yuqorida qayd qilinganidek, sintaktik aloqa ham sintaktik munosabat ham
tilning so‟zbirikmalri sathida kuzatilgan. Tilning sintaktik sathi gaplardan iborat.
Shuning uchun ham yuqorida qayd qilingan sintaktik aloqa va sintaktik
munosabatlar gapning sintaktik tahlili jarayonida umuman tilga olinmaydi.
V.V. Burlakovaning fikricha, so‟z birikmalari tarkibida asosan,
uch xil
sintaktik aloqa mavjud. Bular teng, tobe va akkumulyativ aloqadir. Teng aloqa
asosan, teng bog‟lovchi
and
yordamida ifodalanadi
(men and women, red and
green).
Tobe aloqa esa yadro komponentga tobe komponentning bog‟lanish orqali
(an old brown stone house, a list of names)
namoyon bo‟ladi (I.P. Ivanova,
V.V.Burlakova, G.G.Pochepsov). Bunday so‟z birikmalarida yadro component
regressiv va progressiv holatda bo‟lishi mumkin.
Akkumulyativ aloqa deganda, so‟z birikmalarining boshqa elementlar bilan
to‟ldirib borilishiga aytiladi. Masalan,
(to write) his friend a letter
yoki (
to write) a
letter to his friend
birikmalarida
his friend a letter
yoki
a letter to his friend
lar
o‟zaro, ya‟ni ikki to‟ldiruvchi o‟zaro akkumulyativ aloqa yordamida
bog‟lanmoqda.
Umuman olganda,
sintaktik aloqa
, deb atalmish atama faqat so‟z
birikmalar
doirasida tahlil qilingan yoki so‟z birikmalar sathida kuzatilgan. Bu borada
O.Yespersinning “uch daraja nazariyasi” (Three ranks theory)da ham to‟xtalib
o‟tilgan. Masalan,
terribly cold weather
birikmasida
weather
– birinchi darajali
(Primary)
,
cold
ikkinchi darajali
(secondary)
,
terribly
uchinchi darajali
(Tertiary)
elementlar hisoblanadi. Bunda ularning
junction
modellar
asosidagi yadro
komponenti bilan tobe komponentlarning bog‟lanishi inobatga olingan.
Yuqoridagi sintaktik birlikning
the
weather is terribly cold
holati esa neksus
(
Nexus
- ega va kesim o‟rtasidagi predikativ munosabatdir (O. Axmanova.
1969,259)) deb ataladi (O.Jespersen. 1935,107). Ammo ular sintaktik sathda gap
qurilmasida atroflicha isbotlanmagan.
Keyingi yillarda gap qurilmasini sintaktik tahlil qilishda sintaktik
aloqalarga alohida e‟tibor qaratildi. A.M.Muxin va
uning shogirdlari tomonidan
yadro predikativ, yadro bo‟lmagan predikativ, subordinativ, koordinativ, appozitiv,
36
nolga teng predikativ, introduktiv aloqalar ishlab chiqildi va ular gapning sintaktik
tahlili jarayonida keng tarzda qo‟llanilmoqda. (2007). Bu sintaktik aloqalar haqida
keyinchalik atroflicha to‟xtalamiz.
Ma‟lumki, gap sintaksisning asosiy o‟rganish ob‟ekti hisoblanadi. Gaplarni
tasniflash bo‟yicha tilshunoslar o‟rtasida turlicha yondashuvlar mavjud.
E.Krayzingning fikricha, sintaksis grammatikaning gap qurilmasini o‟rganuvchi
bir bo‟limi sifatida olib qaraladi va unda gap tarkibida ishtirok etgan birliklar ikki
guruhga ajratiladi:
Close syntactic groups
va
loose syntactic groups
.
Close
syntactic groups
morfologik jihatidan
verb groups, noun groups, adjective groups,
adverb groups, preposition groups, pronoun groups
kabilarga ajratib o‟rganishni
tavsiya etadi.
Loose syntactic groups
esa ikki xil bo‟lishi mumkin:
Linked groups
va
unlinked groups
:
linked group
is
Do'stlaringiz bilan baham: