3.
Til osti bezi
— alveolar-naysimon tuzilgan, og'irligi 5 g. Pastki
ja g ‘ suyagi tanasining ichki yuzasidagi
shu nomli chuqurchada, til osti-
ja g ‘ muskuli ustida joylashgan. Bez ustini til osti shilliq qavati burmasi
qoplab turadi. Bu bez boshqa bezlar kabi bo'lakchalardan tuzilgan. Ular
ning naylari alohida yoki pastki ja g ‘ bezining nayi bilan qo'shilib, bitta
nay hosil qiladi. Bu naychalar til ostida shilliq burmasining ikki yoniga
ochiladi. Bez oqsil aralashgan shilliq so'lak ajratadi.
Og‘iz bo'shlig'i fiziologiyasi
Ovqat moddalari dastlab o g 'iz bo 'sh lig 'id a
mexanik va kimyoviy
o'zgarishga uchraydi. Ovqatning ta’mi, sifati, ularning organizm uchun
zararsizligini o g 'iz b o 's h lig 'id a joylashgan sezuvchan nerv oxirlari
(retseptorlar) orqali aniqlanadi. Sifatsiz, organizmga zararli ovqat darhol
chiqarib tashlanadi. I. P. Pavlov og'iz bo'shlig'ini ovqat hazm qilish
a’zolari sistemasining sinov bo'lim i deb hisoblagan. Ovqat moddasi og'iz
bo'shlig'ida 15— 20 sek davomida chaynash yo'li
bilan maydalanib, so'lak
bilan aralashtirib yutishga tayyorlanadi.
So'lak og'iz b o 'sh lig 'i atrofida joylashgan so'lak bezlarining mahsu-
loti bo'lib, bir kecha-kunduzda o'rtacha 1,5
I
ajraladi. So'lak amilaza va
maltaza fermentlari bo'lgan turli tuzlar va oqsil ishqorli suyuqlikdir.
So'lak fermentlari uglevodlarni qisman parchalaydi, kraxmallarni esa di-
saxaridlargacha parchalaydi. Mutsin so'lakni yopishqoq qilib,
ovqat
luqmasini yopishtirib yumaloqlaydi va atrofini silliqlab yutishga tayyor-
laydi. So'lak fermentlari ovqat m e’daga tushguncha o 'z ta’sirini saqlaydi.
M e’dada esa so'lak fermentlari kislotali muhitda ta’sirini yo'qotadi.
Odatda, ovqat to 'g 'risid a gap ketganida, u ko'zga ko'ringanda yoki
yeyilganda sezuvchi nerv oxirlari (retseptorlar) ta’sirlanishi natijasida so'lak
ajraladi. T a’sirlangan retseptorlar impulsni markazga intiluvchi nerv orqali
uzunchoq miyada joylashgan so'lak bezlari markaziy yadrolariga yetkazadi.
Yadrolardan markazdan uzoqlashuvchi (sekretor) nervlar orqali impulslar
so'lak bezlariga kelgandan so'ng so'lak ajraladi. Bunga so'lak bezi refleks
yoyi deyilsa, bezlarning nervlar orqali qo'zg'alib, so'lak chiqarish jara
yonini so'lak refleksi deb ataladi. Odamda shartsiz yoki tug'm a
refleks-
lardan tashqari, shartli reflekslar ham bo'ladi. Shartli reflekslar hayot
mobaynida bosh miya po'stlog'ining bevosita ishtiroki bilan vujudga
keladi. Bu tashqi ta’sirotlar (ovoz, yorug'lik va b.) ishtirokida vujudga
keladi. Shartli refleks ta’siri shartsiz refleks (ovqat ta’siroti)dan birm un
cha oldinroq paydo bo'ladi. Jumladan, ovqat kelishi to 'g 'risid a
xabar
kelishi bilanoq ajrala boshlaydi. Bunga shartli refleks deyiladi.
Odamda so'zlash qobiliyati paydo bo'lishi bilan og'iz bo'shlig'idagi
mayda bezlar doimiy ishlaydigan bo'lgan. Ular o 'z suyuqligi bilan o g'iz
bo'shlig'idagi shilliq pardani namlab turadi. Aks holda so'zlash qiyinlashib,
og'izni qo'shim cha suv bilan namlash kerak bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yutish.
Ovqat moddasi og'iz bo ‘shlig‘ida mexanik va kimyoviy par-
chalanib, so'lak bilan aralashib yutishga tayyor bo'lgan luqma odamning
ixtiyori bilan til ildiziga tomon yo'naltiriladi. Luqma til ildiziga borib
yumshoq tanglayga tegishi bilan ovqatning halqumga o'tishi (yutish) odam
ixtiyorisiz bajariladi. Bu vaqtda yum shoq tanglay k o 'tarilib , burun
bo'shlig'iga kirish yo'li (xoana)ni berkitadi. Hiqildoq esa yuqoriga ko'tarilib,
unga kirish yo'li — hiqildoq usti tanglay yordamida berkitiladi. Natijada
ovqat luqmasi halqumga o'tadi va yuqoridan qizilo'ngachga qarab yo'naladi.
Ovqat luqmasi halqumdan qizilo'ngachga yo'nalib,
halqum devori
muskullarining yuqoridan pastga qarab qisqarishi va ovqat moddasining
og'irligi va uning so'lak bilan o'ralib namlanishi tufayli qizilo'ngachga
tushadi. Qizilo'ngach muskullari esa to'lqinsimon (yuqoridan pastga qarab)
qisqarib, ovqatni m e’da tomon suradi. Yutish jarayoni og'iz bo'shlig'idan
m e’daga tomon, agar ovqat suyuq bo'lsa,
2
— 3 sek, qattiq bo'lsa,
6— 8
sek davomida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: