O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Iste`molchi xulqi iqtisodiy ravnaqni belgilab beradi



Download 1,2 Mb.
bet28/102
Sana05.04.2022
Hajmi1,2 Mb.
#530097
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102
Bog'liq
marketing 2020

Iste`molchi xulqi iqtisodiy ravnaqni belgilab beradi. Har kuni er sharining barcha mamlakatlarida saylovlar o`tadi. Bu qaysi siyosiy partiyalar mamlakatni boshqarishi borasidagi saylovlar emas, balki bu iste`molchilarning qaysi firmalar yutib chiqishi haqidagi so`m, dollar, evro bilan olib boriladigan saylovlardir. Biz o`z mablag’larimiz bilan bozorda faoliyat olib borishga arziydigan ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarni qoldiramiz, pullarimiz orqali kimda yaxshi ish, kimda – yomon, kimdadir umuman ish bo`lmasligini boshqaramiz. Iste`molchilar qaysi firma yoki kompaniyaning aktsiyalari o`sishi (kapitalning ko`payishi, texnologiyaning takomillashuvi, yangi ish o`rinlarining hosil bo`lishi) va qaysilarining biznesdan ketishini hal qiladi. Masalan, AQSh da iste`molchilar iqtisodning 2/3 qismini boshqaradilar.
Iste`molchi xulqini o`rganadigan kishilar, u yoki bu usulda iste`molchining axloqiga ta`sir qilish hamda uni o`zgartirish payida bo`lishadi. Ba`zi bozor sub`ektlari, tovar ishlab chiqaruvchilar sifatida, xaridlarning amalga oshishi va brendlar tanloviga marketing orqali ta`sir qilmoqchi bo`lishsa, ba`zi xalq sog’ligini ko`zlovchilar esa demarketing orqali kishilarni chekishni tashlash yoki narkotik moddalarini iste`mol qilmaslikka undaydilar.
Iste`molchi — podsho”
Bugunki kunda barcha biznesmenlar «iste`molchi – podsho” ekanligini yaxshi tushunib etishgan. SHu sababli, kishilarning nima uchun va qanday iste`mol qilishlari haqidagi bilimlar, bozor sub`ektlariga qanday tovarlar ishlab chiqarish , tovarni qanday qilib takomillashtirish, aynan uning tovarini sotib olishga undash imkonini beradi. Bir so`z bilan aytganda, “podshoning ko`nglini ovlash” korxonaning foydasiga bevosita ta`sir qiladi. Iste`molchilar ehtiyojini qondira olmayotgan korxonalar o`z sotish hajmlarini ko`paytirishga erisha olmay, vaqti kelganda bozordan chiqib ketishga majbur bo`lishadi. Muvaffaqiyatga erishgan korxonalar iste`molchiga ta`sir qilmay, balki ularning ta`siri ostida o`z marketing dasturlarini ishlab chiqishadi.
Faqat mijozgina hammamizni ishdan bo`shatishi mumkin”
Hayotining oxirgi kunlarigacha Wal-Mart kompaniyasining rahbari Sem Uolton har yili o`z do`konlarini aylanib chiqqan hamda sotuvchilar va xaridorlar bilan yuzma-yuz suhbat qurgan. Bundan maqsad: mumkin qadar ko`proq axborot yig’ish va Wal-Martni yanada yaxshilash hisoblangan. Aynan shu strategiya, Arkanzas shtatining Rodjers shaharchasidagi kichik bir do`kondorning katta do`konlar to`ri egasiga aylantirishiga sabab bo`ldi. Bu do`konlar Sears va K-mart kabi yirik do`konlardan o`zib ketish hamda Montgomery Ward kabi gigant do`konlar to`rini halokatga olib keldi. Hattoki Wal-Mart o`zining aktsiyalarini bozorga olib chiqqanida ham, Sem Uolton esa milliarder bo`lganida ham, u shaxsan o`zi ishchilar bilan suhbatlashish va do`konlarini tekshirish bilan shug’ullangan. Hisobchidan boshlab to rahbargacha ushbu so`zlarni eslatib turgan: “Faqat mijozgina hammamizni ishdan bo`shatishi mumkin”
Sem Uolton haq bo`lgan. Oxir oqibatda iste`molchilar qaysi korxonalar rivojlanishini va qaysilari halokatga uchrashini hal qilishlarini u yaxshi bilgan. Iste`molchi xarid to`g’risida qaror qabul qila turib, zamonaviy giperraqobatli bozor sharoitida kimni qoldirishni ham qiladi. Sem Uolton falsafasi yangi madaniyatning kelib chiqishini ta`minlab, kelajakda korporatsiyaning trillion dollarli aylanmaga ega bo`lgan jahondagi gigant korporatsiyaga aylanishiga olib keldi.
Iste`molchilar hokimiyati kuchli, firmalarning iste`molchilarni tushunishga urinishi esa undan ham kuchlidir. eng omadli tadbirkorlar yangi mijozlarni jalb qilish naqadar qiyinligini yaxshi bilishadi, shuning uchun bor mijozlarni saqlab qolishga va kelajakda ular bilan munosabat qilish uchun barcha imkoniyatlarni amalga oshirishga harakat qilishadi.
Masalan, chakana savdo do`konlari sarf-xarajat va iqtisod qilishga turlicha yondashadigan iste`molchilarga qarab ish tutadilar. O`zbekistonda, boshqa musulmon davlatlari kabi, kishilar bozordan savdolashib sotib oladilar. Lekin hozirda supermarketlar ham tez kengayib bormoqda va o`z xaridorini topmoqda. “Mir Star”, “Turkuaz” kabi supermarketlarda iste`molchilarga keng tanlov imkoni yaratib berilgan: turli xildagi meva va sabzavotlar, go`sht va sut mahsulotlari, kiyim – kechak va poyafzal, xo`jalik mollari. Bularning hammasi keng va shinam zallarda chiroyli qilib terilgan, xaridorlar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan hamda tez-tez turli narx tashlamalari ham uyushtirib turiladi. Xaridor bir kelishda ancha mablag’ sarflaydi. Boshqa “iqtisodchi” iste`molchilar shu mahsulotlarni nisbatan pastroq narxlarda bozordan (biroz noqulayliklarni hisobga olmaganda) xarid qilishlari hamda pulning iqtisodiga erishishlari mumkin. Bu ularning xoxishi. Chakana savdo tizimining vazifasi esa - barcha turdagi iste`molchilarning xulqini o`rganish va o`z faoliyatini yanada takomillashtirishda qo`llashdan iborat.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish