O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Sotishning yangi turlari, uslublari, shakllari



Download 1,2 Mb.
bet83/102
Sana05.04.2022
Hajmi1,2 Mb.
#530097
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   102
Bog'liq
marketing 2020

17.4. Sotishning yangi turlari, uslublari, shakllari
Aytilganlardan kelib chiqqan holda taqsimlash kanallarining tuzilish variantlari, tabiiyki, manfaatlar va maqsadlarni, shuningdek, firma rivojlanishining ustuvor yo’nalishlarini hisobga olgan holda quyidagi tartibda bo’lishi mumkin. Tovarlarni bevosita pirovard iste’molchiga sotish tovarlarni chakana savdo korxonasida taklif etish («merchendayzing»), lisenziyalangan savdo («franchayzing») va iste’molchi bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa o’rnatish («direktmarketing») yo’llari bilan olib boriladi.
To’g’ri marketing (direktmarketing) — bu muayyan reaksiyaga ega bo’lish maqsadida iste’molchi bilan bevosita muloqot qilish uchun foydalanadigan kommunikasiya vositalarining kompleksidir. To’g’ri marketing usullariga katalog bo’yicha, pochta, telefon, internet va interaktiv xizmatlar yordamida sotishlar kiradi. Ular iste’molchi bilan muloqot qilishning eng samarali darajasiga erishishga va ular bilan uzoq muddatli munosabatlarni o’rnatishga yordam beradi. Bu ma’noda to’g’ri marketing ko’pincha to’g’ri munosabatlar marketingi deyiladi. To’g’ri marketing ishlab chiqaruvchilar uchun ham, mahsulotni sotib oluvchilar uchun ham qulay va foydalidir. Masalan, xaridor tovarlarni o’z uyida turib interaktiv sotish xizmatlaridan foydalanib yoki pochta kataloglarini ko’rib chiqish orqali sotib olishi mumkin. Boshqa tomondan esa ishlab chiqaruvchi, zamonaviy texnologiyalar (yangi multmediyali kompyuterlarning ma’lumotlar bazasi, modemlar, fakslar, elektron pochta va hokazo)dan foydalanib bitta iste’molchini yoki ularning muayyan guruhini tanlab olishi va ularning xohish-istaklariga muvofiq xususiy aloqa vositalari haqidagi takliflarni yo’naltirishi mumkin. To’g’ri marketingning samaradorligi salmoqli darajada ma’lumotlar bazasining to’liqligiga bog’liq. U geografik, demografik, iqtisodiy, psixografik mezonlar jihatidan, shuningdek, iste’molchilar xatti-harakatlarining xususiyatlari jihatidan alohida xaridorlar haqida batafsil ma’lumotlar massivlaridan iborat. Bunday bazalar xaridorlar bilan aloqalarni o’rnatish va bitimlarni tuzish uchun asos yaratadi. To’g’ri marketing shaxsiy sotishlar, to’g’ridan-to’g’ri pochtadan yuborish, kataloglar bo’yicha sotish, telefonli marketing, telemarketing va tovarlarni interaktiv tartibda sotib olish shaklida amal qilishi mumkin.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish