O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

Temur Malik 
Xo‗jand hokimi Temur Malik asli turkiy sarkardalardan bo‗lib, 
Xorazmshohlar davlatida nom chiqargan, sulton va uning oilasiga tanish bo‗Igan 
shaxs edi. Mo‗g‗ullarga qarshi tura olish mumkin emasligini sezgan Temur Malik 
(malik-hokim ma'nosida) taxminan 1000 nafar askari 
bilan Xo‗janddan bir kilometr naridagi Sirdaryoning 
mo‗jazgina orolida joylashib oladi. 
Qulay strategik ahamiyatga ega bo‗lgan orolga 
mo‗g‗ullar otgan o‗qlari, palaxmon toshlari yetib 
bormas edi. Temur Malik buyrug‗iga ko‗ra 12 ta qayiq 
yasatilib, o‗q o‗tmasligi, yonib ketmasligi maqsadida 
bu qayiqlarning usti namat bilan qoplanib, sirka bilan 
shimdirilgan loy bilan suvab chiqiladi. Temur Malik 
uzoq vaqt mudofaa uchun endilikda orolchada turish 
maqsadga muvofiq emasligini tushunib, bor oziq-
ovqat zahirasi va askarlarini 70 ta kemaga joylab,
tunda daryoning quyi oqimi bo‗ylab suzib ketadi. Mo‗g‗ullar ikki sohil bo‗ylab 
Temur Malik kemalariga to‗xtovsiz hujumni uyushtirar edilar. Hatto Banokat 
bo‗yida daryoning u bu sohiliga zanjir ham tortib qo‗yadilar.Uzoq, uzluksiz jang 
bilan ular Jandga qadar yetib keladilar. Mo‗g‗ul sarkardasi Ulus Idi Borchilig‗kent va 
Jand yaginida manjaniqlar (tosh otarlar zambaraklar) o‗rnatib, qayiqlarni bir-biriga 
tutashtirib, jasur sarkarda yo‗lini to‗sadi. Uzoq janglardan so‗ng Temur Malik
Urganchga yetib keladi va Urganch, himoyasida qatnashib Jaloliddinning ozodlik 
kurashida faol ishtirok etadi. Keyinroq, uzoq sargardonliklardan so‗ng sarkarda 
Temur Malik o‗z yurtiga darvesh sifatida kelib, qahramonona ravishda mo‗g‗ul 
harbiylari qo‗lida halok bo‗ladi. 
Temur Malik jasorati 
h
aqida Mirmu
h
sin «Temur Malik» romanini (1986 y), 
Ashrafiy «Temur Malik» nomli simfonik poema (1963) yaratgan va uning Navoiy 
teatrida «Temur Malik» baleti (1970) sa
h
nalashtirilgan. Toshkent sha
h
ridagi 
ko‗chalardan biriga Temur Malik nomi berilgan. Temur Malikni o‗z ona yurti 
Xo‗jandda 
h
am nomini e
h
tirom bilan tilga olishadi. Tojikiston Respublikasi So‗g‗d 
viloyati tumanlaridan biri uning nomi bilan ataladi Xo‗jand sha
h
rining 2500 yillik 
tantanalari munosabati bilan ochilgan 1986 yilda viloyat tarixi muzeyida Temur 
Malikning ulug‗vor 
h
aykali qo‗yilgan. Vatan uchun jonini fido etgan vatanparvarlar 
siymosi xalq qalbida e‘zozlanmoqda. 
Chingizxon 1220 yilning yozini Movarounnahr janubida o‗tkazmoqchi bo‗ldi. 
Chunki u janub shaharlarini egallashga shaxsan bosh qo‗shgan edi. Zero janubda hali 
bosqinchilar qadami yetmagan bir qator boy viloyat va shaharlar mavjud edi. Avval u 
Nahshabga bostirib bordi Shaharliklar mo‗g‗ullarning mislsiz zo‗ravonlik va 
bosqinidan yaxshi xabardor edilar. Nahshab ahli dahshatga tushib, shaharni 
mo‗g‗ullarga ixtiyoriy topshiradilar. 
Chingizxon yozni Nahshabda o‗tkazib, 1220 yilning kuzida Termizga yurishni 
boshlaydi. Termiz Hindiston va O‗rta Osiyo savdo yo‗llari tutashgan bir qulay yerda 
joylashgan bo‗lib, uning Amudaryo sohiliga tutashgan qal‘asi o‗z vaqtida mustahkam 
Temur Malik


119 
ravishda barpo etilgan edi. Termiz hokimi Faxriddin habash mo‗g‗ullar bosqiniga 
mardonavor turib javob berishga qaror qildi.Mudofaaning o‗n birinchi kuni shahar 
egallandi. Shahar butkul talon-taroj qilinib, xonavayron etildi. Shahar ahli esa dashtga 
haydab chiqilib qirib tashlandi. Movaraunnahrning asosiy qismlari-Sirdaryo havzasi, 
Zarafshon, Qashqadaryo , Buxoro vohasi, Shosh va Farg‗ona vodiysi egallangach, 
Chingizxon endilikda o‗zining asosiy e‘tiborini Xorazmshohlar davlatining markazi 
Xorazm o‗lkasiga qaratdi. Bu yurishga o‗g‗illari Jo‗chi, Chig‗atoy, O‗qtoy (Ugedey 
)larni mas‘ul qildi. Ayniqsa, xon musulmon Sharqining eng katta shahri bo‗lmish, 
madaniyat, savdo gullab yashnagan boy- badavlat qadimgi Urganch (Gurganj) 
istilosiga katta ahamıyat bilan qaradi. Ushbu yurish 1221 yilning boshida boshlandi . 
1221 yilning boshida sulton deb e'lon qilingan Jaloliddin va shahzodalar 
Oqshoh, O‗zloqshohlar bilan Urganchga keladi. Lekin Urganchdagi siyosiy vaziyat, 
sobiq Jand noibi Qutlug‗xonning unga qarshi suiqasdi, qipchoq sarkardalarini 
xoinona o‗zlarining tutishlari, Jaloliddinni shahar mudofaasiga bosh bo‗lish fikridan 
qaytaradi. Qipchoglar uni hokimiyat tepasiga kelishini xohlamas edilar. Bunday 
vaziyatda mudofaani tashkil etib bo‗lmasligi aniq bo‗lib qolgan edi.Ushbu 
voqealardan so‗ng Jaloliddin Temur Malik bilan birgalikda 300 ta kishi bilan 
shaharni tark etib Xurosonga yo‗l olishadi. Uning ortidan esa, tez orada Oqshoh va 
O‗zloqshohlar ham yo‗l olishadi. Jaloliddinning faoliyatini alohida qayd etib o‗tish 
maqsadga muvofiq bo‗lgani uchun keyinroq bu buyuk shaxs faoliyati to g‗risida 
batafsil to‗xtalinadi. 
Urganchda esa shahardagi qipchoq sarkardalari- O‗g‗ul Hojib, Erbuqa 
pahlavon, Ali Darug‗iyniy va boshqalar Turkon xotunning jiyani Yosh Xumorteginni 
sulton deb e‘lon qiladilar Turkon xotunning o‗zi Mozandarondagi Ilol qal‘asiga kelib 
o‗rnashib, o‗z hayoti va boyliklarini saqlash taraddudiga tushadi. Qal'ada 
suvsizlikdan sillasi qurigan sobiq malika mo‗g‗ullarga asirga tushib, xorazmshohlar 
xazinasini ular qo‗liga topshirdi.Qoraqurumda cho‗ri bo‗lgan Turkon xotun 1233 yili 
xor-u-zorlikda vafot etadi.Xumortegin layoqatsiz, o‗z fikriga ega bo‗lmagan, qo‗rqoq 
shaxs edi. Urganchga Chingizxonning o‗g‗illari Jo‗ji, 
Chig‗atoy, O‗qtoy, taniqli mo‗g‗ul sarkardalari Tulun 
cherbi, Ustun no‗yon, Qozon no‗yon va boshqalar o‗z 
harbiy kuchlari bilan yetib keladilar. Xorazm Jo‗ji 
boshqaruvi ilkiga tushganligi uchun ham, Jo‗chi 
shaharni tinchlik yo‗li bilan mo‗g‗ullarga topshirishni 
talab etadi.Lekin nima bo‗lganda ham jasur shahar 
himoyachilari mudofaaga qat'iy tayyorgarlik ko‗rib 
jonajon shaharlarini mo‗g‗ullarga berishdan qat'iy bosh 
tortdilar. 1221yili boshidan boshlangan Urganch 
qamali deyarli 7 oy davom etadi. Istilochilar shaharga 
bostirib kira boshlaydilar. Urganchda tarixchilardan an-Nasaviy, Juvayniylarning 
yozishlaríga ko‗ra,shaxarliklar har bir ko‗cha, mavzeni jon- jahdlari bilan himoya 
qilganlar. Ko‗prik ustidagi jangda shaharliklar 3000 nafardan ziyod mo‗g‗ul 
askarlarini qirib tashlashga ham muvaffaq bo‗ladilar . Shahardagi janglarda 
Xorazmlik mashhur alloma, faylasuf va olim, "Kubroviya" tarigatining asoschisi 


120 
Ahmad ibn Umar al-Xevaqiy(Najmiddin al-Kubro) (1145-1221 yy.) ham faol 
qatnashdi. 
Buyuk alloma -76 yoshli Najmiddin Kubro Chingizxon qo‗shinlari Urganch 
sha
h
rini qamal qilganda sha
h
ar mudofaasini yaxshi tashkil etib, xalqqa bosh bo‗ldi. 
Kubroning «Yo Vatan yo sharafli o‗lim» deb qilgan xitobi ostida urganchliklar 
qariyib 5 oy mo‗g‗ullarga qarshilik ko‗rsatdilar. Biroq yordamchi kuchlar 
bo‗lmaganligi sababli mag‗lub bo‗lishdi. Najmiddin Kubro mo‗g‗ul bosqinchilariga 
qarshi jangda sha
h
id bo‗lgan. Qabri ko‗xna Urganchda. Keksa shayx va donishmand 
insonning bu jangdagi qa
h
ramonligi, jasorati avlodlarga ibrat bo‗lib qoldi. 
Shahar mudofaasi cho‗zilib, hatto Chingizhon o‗g‗illari Jo‗ji va Chig‗atoy 
o‗rtasida ham ixtilof chiqib shaharni egallash boshqa bir og‗il O‘qtoyga topshirldi. 
Behisob qon daryo bo‗lib oqib, bundan so‗nggi himoya befoydaligini sezgan 
shaharliklar qolganlarni jonini saqlab qolish maqsadida taslim bo‗lishdan o‗zga 
choralari qolmaydi . 100000 dan ko‗proq hunarmandlar ajratib olinib Mo‗g‗ulistonga 
jo‗natiladi. Shahar ahli dashtga haydab chiqarilib, bolalar va ayollar bo‗lib olinadi . 
Ortiqcha askarlar haqoratli o‗limga mubtalo etiladi. Shahar qo‗lga olingandan uning 
asosiy qismi buzilgan honavayron bo‗lgan edi.Shundan keyin ham mo‗g‗ullar 
Amudaryo to‗g‗onini buzib, shaharni suvga bostiradilar. 
Urganch qamali bilan bir vaqtda Chingizxon 1221 yilning bahorida o‗zining 
e‘tiborini Amudaryodan janubdagi yirik savdo yo‗llari ustida joylashgan boy 
madaniyat markazlari bo‗lmish Balx, Hirot, G‗azna, Qandahor, Nishopur va 
boshqalarga qaratdi. Chingizxon shaxsan Balx yurishiga boshchilik qilib, shaharni 
zabt etdi.Balx aholisini esa qirib tashladi. Ba‘zi bir janublik Xorazmshoh noiblari, 
jumladan Amin-al mulk ham mo‗g‗ullar tomoniga xiyonatkorona oldirildi.
Jaloliddinga qarshi kurash vaqtida qator qal‘a, shaharlar qattiq janglar ila ishg‗ol 
qilindi (Bamiyon, G‗azna, Qandahor Gardiz, Valiyon va boshqalar.) Ularning 
janubdagi oxirgi egallagan shahri Hindistonning shimoliy g‗arbidagi Mo‗lton bo‗lib 
qoldi. 
Manbalarda Buxoro, Samarqand, Balx, Marv; Nishopur va ko‗plab ma‘lum 
va mashhur shaharlar talon-taroj etilib vayron qilindi. Mo‗g‗ullarning kuchli 
zarbasiga uchragan ba'zi shaharlar, masalan, O‗tror, Sig‗noq, boshqalar umuman 
uzoq vaqtgacha dasht-biyobonlarga aylanib qoldi. Mogillar hech qaysi shaharlarni 
omon qoldirmadilar, ketayotib hamma yerni vayron etdilar. Ular nimaniki yonidan 
o‗tgan bo‗lsalar o‗zlariga yoqmagan barcha narsalarga o‗t qo‗ydilar.

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish