O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


Qang‗, Dovon va Kushon davlatlari



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

Qang‗, Dovon va Kushon davlatlari.
Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, 
Salavkiylar sulolasi bilan doimiy ravishda olib borilgan kurashlar natijasida mil.avv. 
III asrning boshlarida Qang‗ davlati paydo bo‗ldi. Keyinchalik Yunon-Baqtriya 
davlati hamda ko‗chmanchi qabilalar bilan kurashlar natijasida Qang‗ davlati yanada 
mustahkamlandi va ayrim manbalarda O‗rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida 
eslatiladi. Bu davlatning asosiy negizini Sirdaryoning o‗rta oqimida yashovchi 
qang‗lar tashkil etganlar. Mil. avv. II asrning boshlariga kelib Qang‗ davlatining 
yerlari birmuncha kengayib sharqda Farg‗ona vodiysi (Dovon), shimoli-sharqda 
usun, yuechji qabilalari bilan shimoli-g‗arbda Sarisu daryosi, g‗arbda, Sirdaryogacha 
1
Никита Макаренко.Александрия Оксианская открыто в Сурхандарье. «Газета.уз»25 авг.2019 г. 


56 
borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu 
vodiysining quyi oqimidagi yerlarni o‗z ichiga olib Qang‗ davlatining asosiy yerlari 
hisoblangan, Mil.avv.II-I asrlarda qang‗liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig‗idagi 
yerlarni va Xorazmni o‗zlariga bo‗ysundiradilar
.
Qang

 davlati. 
Qadimgi manbalarda Qang‗ davlat hokimiyati qay tarzda idora qilinganligi 
haqida aniq ma‘lumotlar berilmagan. Katta Xan sulolasi tarixida (mil.avv. 202-mil. 
25 yy.) faqat bir marta Qang‗uy (Qang‗) podshosi o‗z oqsoqollari bilan 
maslahatlashib ish tutganligi eslatib o‗tiladi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa 
chiqaradigan bo‗lsak, Qang‗ davlati kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar 
faol ishtirok etganlar. Podsho saroyi qoshidagi kengashda davlatning ichki hamda 
tashqi siyosati va boshqa barcha muqim masalalar maslaqat bilan hal qilingan. 
Qang‗ davlatiga qarashli erlar bir necha viloyatlarga bo‗linib ularning har birini 
alohida hokim boshqargan. Viloyat boshliqlari jobu yoki yobu (Xitoy manbalarida-
chjavou) deb atalgan. Qang‗ hukmdorlari mamlakatni ana shu jobularga tayanib idora 
etgan. Bu viloyatlarning ko‗pchiligi Qang‗ davlatining kuchaygan davrlarida, ya‘ni, 
mil.avv. II-I asrlarda tobe etilgan. Xitoy manbalarida qang‗arlarga qarashli beshta: 
Suse, Fumu, Yuni, Gu, Yuechyan viloyatlari eslatib o‗tiladi. Tadqiqotchilar ularni 
qadimgi Toshkent, Sug‗diyona va Xorazm hududlarida joylashgan deb hisoblaydilar. 
Manbalarda Qang‗ podsholarining ikkita: yozgi va qishgi qarorgohlari eslatiladi. 
Ular yozni O‗trorda (hozirgi Qozog‗istondagi Aris va Turkiston oralig‗ida) qishni esa 
Qang‗a (qanxa, qozirgi Toshkent viloyati O‗qo‗rg‘on tumanida) o‗tkazganlar. O‗troq 
aholidan tashqari Qang‗ davlatining chegaralarida bir qancha qabilalar mavjud bo‗lib, 
ular dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan ham shug‗ullanib kelganlar. 
Ular bahor va yoz mavsumlarida o‗z chorvalari bilan ko‗chib, yozgi yaylovlarda 
yashaganlar. Qishda esa chorvalari bilan o‗z an‘anaviy qishlov joylariga qaytib 
kelganlar. Qang‗lar podsholari va beklari yirik chorvadorlar bo‗lib, ular issiq kunlarni 
yaylov joylarida, yozgi qarorgohlarida o‗tkazganlar.
Sirdaryoning o‗rta oqimida yashovchi aholining ma‘lum qismi mil.avv. III-
milodiy V asrlarda o‗troq hayot kechirganlar. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga 
qaraganda, O‗tror, Oqtepa, Qorovultepa, Qovunchi, Choshtepa, Mingo‗rik xarobalari 
o‗rnida qanharlarning qo‗rg‗onlari va ko‗xna shaharlari bo‗lgan. Toshkent vohasida 
yashovchilar asosan dehqonchilik va bog‗dorchilik bilan shug‗ullanganlar. Ular arpa, 
bug‗doy, tariq, no‗xat, sholi va boshqa donli ekinlar etishtirganlar. Mevali daraxtzor 
va uzumzorlari ko‗p bo‗lgan. Sirdaryoning o‗rta oqimida yashovchi qanharlar asosan, 
dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‗ullanganlar.
Qoramozor, Qurama va Chotqol tog‗larida temirchilik, misgarlik hunarining 
rivojlanishi uchun kerakli ma‘danlar bo‗lgan. Bu joylardan juda ko‗plab mis, temir, 
kumush va boshqa metallar olingan. Ustalar turli metallarni bir-biriga qo‗shib, 
mustahkam qurollar yasashni ham o‗zlashtirganlar. Shuningdek, kundalik ehtiyoj 
buyumlari ishlab chiqarilib ichki va tashqi savdo uchun turli mahsulotlar 
tayyorlangan. 
Qanharlarga xos madaniyat Toshkent vohasidagi Qovunchitepadan topib 
o‗rganilgan bo‗lib, fanda qovunchi madaniyati nomi bilan mashhurdir. Arxeologik 
topilmalar ma‘lumotlariga qaraganda bu madaniyat asosan Toshkent vohasi, Sirdaryo 


57 
o‗rta oqimi, Ettisuv va Shimoliy Farg‗onada keng tarqalgan. Sirdaryoning o‗rta 
oqimida yashovchi xalqlarning Sug‗diyona, Farg‗ona va Tyanshan tog‗ining shimoli-
sharqiy qismida yashovchi xalqlar bilan yaqin aloqada bo‗lganligi tufayli qovunchi 
madaniyati ancha taraqqiy etgan. 
Milodiy V asr o‗rtalariga kelib qanharlar yeridagi o‗troq va qisman o‗troq aholi 
O‗rta Osiyoda yangidan tashkil topgan Eftalitlar davlatiga tobe bo‗ldilar

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish