O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

.
Parfiya davlati. 
Parfiya davlati tarixdan ma‘lumki III asrda paydo bo‗lgan. Parfiya kuchli Midiya 
hukmronligi ostiga tushib qoladi. 
Parfiya qo‗shni Baqtriya, Marg‗iyona va Sug‗diyona kabi serhosil yerlarga ega 
emas edi. Tadqiqotchilarning ―Qoraqum-Parfiya davlatining beshigidir‖ degan 
fikrlari bejiz emas. Biroq mamlakat harbiy-strategik ahamiyatga ega bo‗lgan muhim 
hududda joylashgan edi. Midiyaliklarga u skiflar hujumidan saqlanishi uchun zarur 
bo‗lsa, Kir uchun boy Xorazm vohalariga chiqish yo‗lidagi darvoza vazifasini o‗tar 
edi. Makedoniyalik Iskandarning Parfiyani istilo qilishiga sabab shimoldagi 


53 
ko‗chmanchi qabilalarni itoatda tutish bo‗lsa, salavkiylar uchun Parfiyani qo‗lda 
saqlash shimoliy chegaralarning xavfsizligini ta‘minlash demak edi. 
Mil. avv. 247-yilda Parfiyada Arshak boshchiligidagi parnlar qabilasi Niso 
shahriga hujum qilib uni egallaydi. Shu yili parnlar Arshakni o‗zlariga podsho qilib 
saylaydilar. Tarixiy manbalarning ma‘lumot berishicha Arshak uzoq muddat 
podsholik qilgan va katta mavqega ega bo‗lgan. Sulola (Arshakiylar) asoschisi 
o‗zining tashkilotchiligi, jasurligi va mohir diplomatligi sababli qisqa muddat ichida 
mustaqil davlat tuzishga erishgan. Mil. avv. 235-yildan boshlab Parfiya podsholari 
o‗z davlatlari hududlarini kengaytirib bordilar. 
Paydo bo‗lganligining dastlabki o‗n yilligida Parfiya podsholigi Parfiyona va 
Arshak I qo‗shib olgan Girkaniyadan iborat edi. Bu paytda Parfiya xalqaro siyosat 
maydonida unchalik katta ahamiyatga ega bo‗lmay, tashqi siyosatini asosan 
Salavkiylar va Yunon-Baqtriyadan mustaqil bo‗lishga qaratgan. Mil.avv. 230-228-
yillar Salavka II ning Parfiyani qayta qo‗shib olish uchun qilgan harakati 
muvaffaqiyatli chiqmadi. O‗zini o‗nglab ola boshlagan Arshak I qo‗shin to‗plash, 
qal‘alalarni mustahkamlash, yangi shaharlar barpo etishga kirishdi.
Parfiya davlatining ulkan imperiyaga aylanib xalqaro siyosat maydoniga chiqishi 
Mitridat I hukmronligi bilan bog‗liqdir. O‗ttiz besh yil (mil.avv. 171-137-yy.) 
hukmronlik qilgan bu podsho ko‗plab harbiy yurishlar qildi. Uning hukmronlik 
davrida g‗arbga qilingan ko‗p yillik urushlar, ichki nizolar va beqarorlik tufayli 
Salavkiylar davlati zayiflasha boshlagan edi. Bundan unumli foydalangan Mitridat I 
dastlab Ekbatanni, keyin esa Hindistonni bosib oldi. Mil.avv. 141-yilda Bobil 
bo‗ysundirildi. Shu tariqa Mitridat I Parfiyani qudratli davlatga aylantirib, 
Arshakiylarning ko‗pgina erkinliklarini qayta tikladi. 
Mil. avv. II asrning o‗rtalarida yuechjilar sak qabilalarini Parfiyaning sharqiy 
chegaralariga surib borgan. Saklar bilan bo‗lgan janglarda Fraat III va Artabon II lar 
halok bo‗ldilar. Mil. avv. 128 yilda Mitradat II taxtga o‗tirdi. Uning hukmronlik 
davridan boshlab Rim va Parfiya kuchli raqiblarga aylanadi. Ikki kuchli saltanatning 
o‗zaro munosabatlari Sharq va g‗arbdagi siyosiy jarayonlarni belgilab bera boshlaydi. 
Mil. avv. 88-yilda Mitridat II vafot etib Arshak IX nomi bilan Gotraz taxtga o‗tiradi. 
Uning hokimiyat tepasiga kelishi mamlakat ichidagi siyosiy inqirozlar davriga to‗g‗ri 
keladi. Ba‘zi davlatlar Parfiyadan ajralib keta boshlaydilar. Umuman, milodning III 
asriga qadar Parfiya davlatiga Arshakiylar sulolasi hukmronlik qildi. Milodning 207-
222-yillarida Vologez V hukmronligi davrida Parfiya davlati ikkiga bo‗linib ketdi 
(213-y.). Bular Vologez V hukmronligidagi Mesopotamiya va Artabon V 
hukmronligidagi Midiya edi. Aynan shu vaqtga kelib fors yerlarida yangi kuchli 
davlat-sosoniylar davlati vujudga kelmo‗da edi. O‗zini o‗nglab, oyoqqa turib olgan 
bu Yosh davlat ko‗hna va ulkan Parfiya saltanatini ag‗darib tashladi. 
Parfiyaning davlat boshqaruvi uchta - Ahmoniylar, ellinistik va ko‗chmanchi parn 
qabilalari an‘analariga asoslangan edi. Oliy hokimiyat podsho qo‗lida bo‗lib, 
podsholik qilish huquqi faqat Arshakiylar urug‗iga berilgan. 
Pliniy va Isidor Xarakskiy ma‘lumotlariga ko‗ra, Parfiya 18 ta satraplikka 
bo‗lingan. Ahmoniylar satrapiyalaridan farqli o‗laroq, Parfiya satrapiyalari ancha 
kichik bo‗lgan. Bu ma‘muriy okruglarning boshqaruvchilari satrap atalib, podsho 


54 
tomonidan tayinlangan. Satrap faqat podshoga bo‗ysunib, o‗zining boshqaruv 
apparatiga ega bo‗lgan. 
Niso (Turkmaniston) shahridan topilgan hujjatlar (xumlarga bitilgan) Parfiya 
davlatining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida, arxeologik topilmalar esa Baqtriya, 
Sug‗diyona, Xorazm va Marg‗iyona bilan o‗zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar 
haqida ma‘lumotlar beradi. Parfiya qishloq xo‗jaligida qullar mehnatidan keng 
foydalanilgan.Mamlakatning iqtisodiy hayotida savdo-sotiq ishlari muhim 
ahamiyatga ega bo‗lgan. Parfiya davlati besh asr davomida Hindiston, O‗rta Osiyo va 
Xitoyning g‗arb mamlakatlari bilan qilgan savdo aloqalarida vositachilik qilgan

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish