302-mashq
.
Bеrilgan matnlar qaysi uslubga xosligini aniqlang
va har biriga xos asosiy
axborotni ifodalaydigan gaplarni ajrating.
1.
Farg`ona viloyati bеshinchi iqlimdindur. Muxtasar viloyattur, oshliq va
mеvasi farovon. Girdogirdi tog` voqе bo`lubtur. G`arbiy tarafidakim,
Samarqand va Xo`jand bo`lg`ay, tog` yo`qtur. Xo`jand suyig`a mashhurdur,
sharq va shimoliy tarafidin kеlib, bu viloyatning ichi birla o`tub, g`arb sori
oqar.
2.
Maktabni bitiriib, O`zbekiston davlat jahon tillati universitetiga o`qishga
kirmoqchiman. Xorijiy tillarni yaxshilab o`rganmoqchiman.
Kelajakda
rivojlangan mamlakatlar ish tajribalarini o`rganib, o`z yurtimizga tatbiq
etmoqchiman va yurtimizning taraqqiyotiga o`z hissamni qo`shmoqchiman.
Balki, kelajakda men orzu qilgan ishlar amalga oshar. Respublikamiz
rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo`shilar. Bunga, albatta,
ishonaman,
chunki biz buyuk ajdodlarning vorislarimiz.
3.
Ona Yerni astoydil seving, unga mehr bilan qarang. Ona Yer uchun
mehnatingni ayamasang, u ham yaxshiligingga
yaxshilik bilan javob
qaytaradi.
4.
Tasavvur qiling: yosh bola o`rindiqda o`tirgan ikki qariyaning oldiga kelib,
ularga:”Nariroq suril”, desa! Demak, “sen” bilan “siz”da gap ko`p.
Sizlashish kamtarlik, insoniylik belgisidir.
5.
G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish,
El anga shafiq-u mehribon bo`lmas emish,
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulga tikandek oshiyon bo`lmas emish.
303-mashq
. Ushbu matnni diqqat bilan o`qing, rasmiy usluga xos birikmalarni aniqlang
va lisoniy xususiyatlarnin tahlil qiling. Matndagi uslubiy xatolarni ko`rsating.
Notiq qizishib ketdi:
-Ikkinchi masala, ua’ni ichki imkoniyatlardan foydalanish masalasini olaylik.
O`zingizga ma’lum, bizda yuqori sifatli mis choynak bor. Shu choynakning
qopqog` bugungi kunda yo`q. Bu haqda biz bir-birimizga signal berdikmi?
Yo`q? Agar biz o`zibo`larchilikka uzil-kesil barham berib,
qopqoq masalasini
kun tartibiga ko`ndalang qo`ysak, agar biz u choynakni o`z vaqtida tegishli
qopqoq bilan ta’min qilsak, samovarimiz safdan chiqqan kunlarda hal qiluvchi
rol o`ynar edi. Afsuski, biz bu masalaga murosasozlik ko`zi bilan qaradik.
Bugungi kunda choynagimiz qopqoqqa ega emas, mutlaqo ega emas.
Xotin sekin uh tortdi. Notiq buni payqab, so`zini yumshatishga tirishdi:
-Lekin
bu kamchiliklarga qaramay, turmushimizni a’lo darajada olib
borayotganligimizga hech qanday shak-shubha bo`lishi mumkin emas, deb
hisoblash mumkin. Shu bilan qisqacha so`zimni
tamom qilib, oilamiz bundan
keyin ham sharaflar bilan qoplanajagiga to`la ishonch bildirishga ijozat bering.
304-mashq.
K.Chukovskiy
tomonidan
yumoristik
tarzda
yozilgan
quyidagi
ishonchnomani o`qing. Matndagi qaysi iboraga kulgu effekti yuklangan? O`zingiz rasmiy
uslubda ishonchnoma yozing.
Доверенность
Пусть Воронину Сергею отдадут мою зарплату. Он, как
будто
человек честный и, надеюсь, денег моих не растратит.
Do'stlaringiz bilan baham: