Grammatik
a
Nutq uslublari tilshunoslikning uslubiyat bo`limida o`rganiladi.
Ushbu fan til vositalarining nutqda qo`llanish yo`llarini o`rgatadi.
Insonlar turli joylarda: uyda, ko`chada, ishxonada vaziyatga ko`ra til
vositalaridan turlicha foydalangan holda o`zaro muloqot yuritadilar.
Shunga ko`ra
nutq uslublari, avvalo, so`zlashuv va kitobiy uslubga
bo`linadi.
So`zlashuv uslubi insonlarning ko`cha-ko`yda, uyda, bozor-
o`chardagi o`zaro muloqotidan iborat bo`lib, ko`proq dialogik shaklda
bo`ladi.
Badiiy uslub. Badiiy uslub badiiy asar tili sifatida namoyon bo`ladi,
shuning uchun ta’sirchanlik va obrazlilik uning asosiy xususiyati
hisoblanadi. Yozuvchi va shoirlar so`z
yordamida rеal borliq
manzaralarini o`quvchi ko`zi o`ngida qaytadan yaratadi, ya’ni uning
obrazini jonlantiradi. Ana shu ko`rsatish, jonlantirish tilning tasviriy-
ifodaviy vositalarga boy bo`lishini talab qiladi. Badiiy nutq ko`chma
ma’noli so`zlar, iboralar,
omonimlar, sinonimlar, antonimlar kabi
badiiy ifoda vositalarining ko`p qo`llanishi bilan boshqa uslublardan
farqlanadi. Ushbu uslubda yaratiladigan
asarlar nazm va nasr
turlariga, ya’ni she’riy va proza asarlariga bo`linadi va ularning har
biri o`zining til xususiyatlariga ega.
271-mashq
. Ushbu fе’llarning talaffuzida ro`y bеradigan fonеtik tovush o`zgarishlarini izohlang.
kеtdi – kеtti
olib kеldi – opkеldi
aytdi – aytti
olib qochdi – opqochdi
sotdi – sotti
sotib oldi – sotvoldi
272-mashq.
Matnni o`qib, qaysi uslubga xosligini ayting va shu uslubga xos xususiyatlarni
ayting.
Supada qator yotibmiz: akam, men, ukam…
Eng chekkada qo`shni kampir… Sutdek oydin kecha. Hammayoq osuda.
Chigirtkalar nag`ma chaladi…
Endi ko`zim ilingan ekan, olisdan poyezd g`ildiragining taraqa-turuq tovushi
keldi. Keyin paravoz cho`zib “gu-u-u-k” dedi. Kampir ovozi titrab, xitob qildi:
-O`-o`-o`-l! Ovozing o`chsin -o`-o`-o`-l! Turg`unimni nega urushga
obketding, juvonmarg! Obkeb ber yolg`izimni!
Ko`rpadan mo`ralab qarasam,
kampir tizzasini quchoqlab, oyga termilib
o`tribdi. Uyqum butunlay o`chib ketdi. Anchagacha jim yotdim-da, oxiri so`radim:
-Poyizzi nega qarg`ayapsiz, buvi?
Kampir xo`rsindi:
-Uxla, bolam, uxla…
…O`shandan beri yoz kechalari hovlida yotsam,
olisdan poyezd
g`ildiraklarining shovqini, gudok tovushi kelsa, tizzalarini quchoqlab o`tirgan
kampir ko`z o`ngimda jonlanadi.
(O`.Hoshimov)
273-mashq
. Ma’lumot uchun bеrilgan sinonimlardan foydalanib, gaplarni uslubiy jihatdan tahrir
qilib ko`chiring.
1. Agar kishining umumiy jismoniy bеquvvat, a’zolari bеquvvat bo`lsa, u
turli kasalliklarga moyil bo`ladi. 2. Shifokor dastavval kasalning qanday kasallikka
duchor bo`lganini aniqlashi kеrak. 3.
Turli kasalliklarni, jumladan, ruhiy
kasalliklarni davolashda uyqudan foydalanish yaxshi natija bеradi. 4. Radio
eshittirishni eshitdik. 5. Biz “Tilshunoslikka kirish” bo`yicha bo`lgan ma’ruzada
tilshunoslikning ahamiyatini bilib oldik, tilshunoslikka oid asarlar bilan tanishdik.
6. O`qituvchi topshirgan topshiriqni bajardik.
Ma'lumot uchun
:
zaif, nimjon; avval, avvalo,
avvalambor; turli, har xil; ruhiy, psixik;
eshitmoq, tinglamoq; lеksiya; lingvistika, til haqidagi fan; taalluqli; vazifa.
Do'stlaringiz bilan baham: