O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


II bob. Qo`shma gaplarda substansial talqin va uning amali



Download 394,94 Kb.
bet6/8
Sana21.03.2022
Hajmi394,94 Kb.
#505360
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aralash turdagi murakkab qòshma gaplarning semantik-sintaktik tuzilishi

II bob. Qo`shma gaplarda substansial talqin va uning amali.
2.1. Zamonaviy tilshunoslikda qo`shma gaplar nazariyasi.
Aniqki, sintaksisning tekshirish ob'ekti haqida har xil fikrlar mavjud. Dunyo tilshunoslari bu haqda mulohazalarini bildirar ekanlar, uning tadqiq ob'yektini yo toraytirib, yo kengaytirib yuborganlar. Yillar davomida bo`lgan munozaralar shuni ko`rsatadiki, A.I.Smirniskiyning so`z birikmalari bog`lanish qoidalari va bu bog`lanishlardan gap tuzish qoidalarini o`rganuvchi fan deb bergan sodda, aniq ta'rifi hahiqatga yaqinroq1 . Bilamizki, sintaksis grammatikaning bo`limi sifatida ikki qismga bo`linadi: 1) so`zlarning grammatik bog`lanish usullari haqidagi ta'limot yoki so`zlar birikmalari haqidagi ta'limot 2) gap hosil bo`lishi haqidagi ta'limot. Gap hosil bo`lishini tadqiq etuvchi ta'limotni ikki bo`limga ajratish mumkin: a) gap, sodda gap (uning birliklari va b. b) qo`shma gap haqida ta'limotlar. Qo`shma gap haqidagi ta'limot uzoq va qiziqarli tarixga ega. G`arb tillarida, slavyan tillarida qo`shma gap haqidagi ta'limot nuqtalari deyarli bir xil. Bu ta'limotlar haqida tasavvurga ega bo`lish uchun qisqacha ma'lumot beramiz. Dunyoda keng tarqalgan ingliz tili grammatikalari, asosan, XVI asrning oxiridan boshlab paydo bo`la boshlagan. O`rta asrlar antik va lotin grammatikalari gap haqida ta'limotni yaratmagan edilar. Mantiq fani ta'sirida gapning tugal fikrni ifodalovchi shakl ekanligi haqida ta'rifi vujudga keldi. Birinchi ingliz grammatikasida (1585) sintaksis bo`limi yo`q edi. Gap haqida fikr bog`lovchilar bobida, ularning ta'rifida beriladi.
B.Djonson va Butlerlarning (XVII asrning birinchi yarmi) grammatikalarida punktuatsiya qoidalariga bog`liq ravishda gap haqida tushuncha keltiriladi, xolos. XVII asr ikkinchi yarmida K.Kuper tomonidan yaratilgan grammatika va o`quv qo`llanmada punktuatsiya qoidalari izohlanishida sodda va tarkibli gaplar tushunchalari haqida fikr boradi. Kuper bu yangi tushunchalar bilan bir qatorda bosh fe'l, bosh gap, tobe gaplar yoki gap qismlari kabi tushunchalari bilan ishlaydi. Sodda va tarkibli gaplar tushunchalari qo`shma gap haqidagi ta'limotda XIX asrning o`rtalarigacha yashaydi, tobe qismlar va gaplar hamda bosh gaplar va fe'llar tushunchalaridan XIX asrning o`rtasidan ingliz grammatiklari foydalana boshlaydilar.
Dj.Braytlend yaratgan va XVIII asrning boshida chop etilgan grammatikada asos sifatida gap va uning sodda hamda tarkibli gaplarga bo`linishi haqidagi ta'limotlar olindi. Shu davr grammatiklari Grinvud va Ferrou Dj.Braytlendning izdoshlari bo`lib, yangi tasnifga uncha ko`p o`zgartirishlar kiritmadilar. Ularning fikricha, sodda va birgina gap (a single sentence) mavjud; birgina (edinichnmy) gap belgisi - birgina fe'l tashkil etgan; tarkibli gap esa - sodda gaplardan tuzilgan [made up or composed) dir. Bu ta'limotning asosida XVII -XVIII asrda Angliyada mantiq bo`yicha chop etilgan qo`llanmalar yotganini tilshunos olim L.L.Iofik o`z vaqtida qayd etgan edi1 .
V.G.Admonining fikricha, bu davr olimlari gap strukturasini tushunishda sodda va tarkibli gaplar ta'limotida grammatik bo`lmagan tushunchalarga tayanib ritorika va mantiqning tushunchalarini asosga olganlar va bu grammatiklarga nutqiy bo`linishda mazmundan shaklga qarab borish yo`lini ko`rsatgan. XVIII asr ikkinchi yarmining yetakchi grammatiki Lout 1762 yilda nashr etgan grammatikasida gapga grammatik shakllanishni hisobga olib, mantiqiy ta'rif beradi: "Predlojenie - eto gruppa (assemblage) slov, virajennix v sootvetstvuyushey (proper) forme i raspolojennix v sootvetstvuyushem poryadke dlya virajeniya zakonchennogo smisla (complete sense)"2 .
R.Loutning izdoshi L.Murriy 1795 yil chop etgan asarida Loutning gapga bergan ta'rifini qisqartirgan. Olimning Lout grammatakasi matni asosida yaratgan grammatikasi keng tarqaldi. Bu grammatika XIX asr birinchi yarmi tilshunoslari uchun namuna mavqeida edi, balki shuning uchun ham ularning asarlarida sintaktik nazariya rivojlantirilmagandir. XVIII asr ikkinchi yarmida grammatiklar tarkibli gap ta'limotiga clauses tushunchasini kiritadilar. Lout bu tushunchadan foydalanmagan. Punktuatsiya bo`limida sodda va tarkibli gaplar qismlari haqida fikr yurita turib, ularni members (bo`laklar) deb ataydi, bu tushuncha periodning bo`linishi bilan bog`liq edi. Clauses atamasi XIX asrning birinchi yarmida o`z terminologik ma'nosiga ega emas edi va olimlar unga nimalarni {bog`lovchi - tarkibli gaplar - bir nechta gaplar ...) kiritish mumkinligi haqida turli fikrlar bildirardilar.
XIX asrning o`rtalarida qo`shma gap ta'limotida siljish boshlandi, ya'ni qo`shma gaplarning dixotomik tasnifi trixotomik tasnif bilan almashtirildi. Shu davrda clause tushunchasi qo`shma gap nazariyasining markazidan o`rin egallaydi va terminologik ma'noga ega bo`ladi, ya'ni tapkibli va qo`shma gapning qismlarini nomlaydi. Clause ning tasnifi paydo bo`ladi.
O`zining sintaktik mavqeiga qarab qismlar teng va tobelarga bo`linadi hamda sintaktik jihatdan yetakchi qismni belgilash uchun yetakchi qism, bosh qism va asosiy fe'l kabi atamalar kiritiladi. Bu yangi nazariyaning asosida boshqa harbiy Yevropa tillari grammatikalari ta'siri bo`lishi mumkin. Shuningdek, tarkibli gap ta'limotiga clause atamasining kiritilishi ham muhim rol o`ynagan bo`lishi kerak.Olimlarning bu haqda yagona fikri yo`q.
Keyingi davrda chop etilgan asarlarda eski va yangi nazariyalar o`rtasida kelishuvchilik holatlarini, trixotomik tasnif asos sifatida olinganini ham ko`rish mumkin. Qo`shma gapga ta'rif berilayotganda olimlardan ayrimlari ega va kesimlar soni haqida, ba'zilari qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplar soni va yana ba'zilari esa bu ikki holatni birlashtiradilar.
Ta'riflarda qo`shma gap qismlarining sintaktik va semantik jiqatdan notengligi ta'kidlangan. Ingliz tilidagi qo`shma gap nazariyasi XIX asrning ikkinchi yarmida ingliz normativ grammatikasida to`la shakllangan va hozirgi davrgacha hech o`zgarishsiz saqlanib kelgandir. Tarkibli gap ta'rifida son belgisi ega va shaxsli fe'l atamalarida ifodalanilmaydi. O`zaro bog`langan ikki yoki undan ortiq bosh gaplar va ikki yoki undan ortiq mustaqil qismlar tarkibli gapni tashkil etadi. XIX asr oxiridan boshlab klassik ilmiy grammatika rivojlana boshlaydiki, XX asr normativ grammatika ingliz tilshunosligida grammatikaning yagona tipi bo`lmay qoladi. Bu ikki grammatika bir davrda yashay olganining sababi shuki, XX asrda XIX asrda yaratilgan asarlar qayta ishlanib, bir necha marta nashr etiladi. Masalan, XIX asr oxirida chop etilgan Nesfild grammatikasi XX asrda qayta ishlanib, ko`p marta chop etildi. Struktural yo`nalishdagi grammatikalarda ayrim olimlar an'anaviy trixotomik tasnifni saqlab qoladilar, ayrimlari uni chetlashtiradilar -u, ammo bu chetlashtirishning nazariy asosini keltirmaydilar, ba'zilarida esa terminologiya yangilangan, ammo sistema an'anaviyligicha qolgan.
Struktural lingvistikaning ayrim vakillari qo`shma gap nazariyasiga soda va qo`shma gaplarning farqli tomonlarini yo`qotishga yo`naltirilgan fikrni singdirmoqchi edilar. Demak, normativ grammatika vujudga keltirgan sodda gap - teng tarkibli gap tobe tarkibli gaplar o`rtasida farqlarning yo`qligini targ`ib qilib, gaplarning umumiy trixotomik tasnifini buzmoqchi bo`lganlar. Xullas, ilmiy grammatikada boshlangan va structural lingvistikada rivojlangan sodda va qo`shma gaplar o`rtasidagi struktur chegaralarning bartaraf etilishi Xarrisning transformatsion grammatikasida o`z nihoyasiga yetdi. Xarrisning maqsadi nutqning tahliliga halaqit bermasligi uchun transformatsiya yordamida matnni normaga solish (me'yorlashtirish) edi. Uningcha, gap va uning qismlarini bir xil strukturaga keltirish zarur.
Demak, muallifni "so`z birikmalari" komponentlari yoki gaplar "ketma-ketligi"ning o`xshashligi (struktur emas, balki mantiqiy o`xshashlik) ko`proq qiziqtirgan, ularning farqlari, o`ziga xos xususiyatlari diqqat markazida bo`lmagan, shuning uchun ham gap mavqei uyushiq bo`laklar ham, izoqlovchi (aniqlovchi) va fe'lning shaxssiz shakllariga ham berilgan edi. Ko`rinib turibdiki, qo`shma gap masalasi hozirgacha qam o`z to`liq yechimini topganicha yo`q. Ingliz va nemis tili grammatikalarida qo`shma gapga ta'rif berilayotganda, ikki va undan ortiq sintaktik konstruksiyalarning struktur va semantik birligi hamda har bir konstruktsiyaning predikativ markazi mavjudligiga ahamiyat beriladi.
Qo`shma gaplar tobe qismlarining o`zaro bog`lanish usullari, qo`shma gapning ichki bo`linishlari g`arbiy tillar grammatikalari va boshqa tillar (slavyan, turkiy va q.) grammatikalarida ham deyarli bir xil. Ularga berilgan ta'riflarda, talqin va tasnifi asoslarida ham o`xshashlik mavjud. Bu masala o`zbek tilshunosligida maxsus tadqiq etilgan. O`zbek tili sintaksisini o`rganish taraqqiyotida ega yo`nalishi bosh yo`nalish bo`ldi. Shu asosda G`.Abduraqmonov, M.Asqarovalarning ishlarida qo`shma gap haqidagi mukammal ta'limot ishlab chiqildi. Qo`shma gap masalasi o`zbek tilshunosligida birinchi marta ilmiy asosda G`.Abduraqmonov tomonidan chuqur o`rganildi.
Qo`shma va sodda gaplarning o`zaro munosabati, farqlari, qo`shma gapning turlari, har bir turning umumiy, xususiy jihatlari atroflicha tahlil qilinadi. Shuni ta'kidlash kerakki, G`.Abduraqmonov bundan qariyib 49 yil ilgari qo`shma gapni shu darajada sinchkovlik bilan o`rganganki, natijada qo`shma gapning hech kimning aqliga kelmagan nozik tomonlariga ham ahamiyat bergan G`.Abduraqmonov, M.Asqarova, A.G`ulomovlarning ega markazida turgan sintaktik tahlillarida yana quyidagi hal qiluvchi holatlarni qayd etib o`tish lozim:
1. Qo`shma gap bo`lishi uchun gapda ikki va undan ortiq ega-kesim markazi bo`lmog`i lozim.
2. "Bog`langan" tushunchasi asosida teng bog`lovchi, ya'ni "bog`lovchi turkumidagi teng bog`lovchi turiga oid yordamchi so`z bor" mazmunida tushuniladi.
3. Ergash gapli qo`shma gaplarning "ergash" gapining turini belgilashda mazmun-vazifa omiliga tayaniladi. A.Berdialiyev 80-yillarga kelib, qo`shma gap sintaksisiga yangi yo`nalish - sistem yo`nalish tahlili usullarini izchil ravishda tadbiq etishga urindi. A.Berdialiyev qo`shma gap sintaksisi sohasiga sistem tilshunoslikning o`xshashlik (paradigmatika), sintaktik ziddiyatlar (sintaktik oppozisiya) kabi tushunchalarni olib kirdi.



Download 394,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish