O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


bet71/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   299
Muskullar fiziologiyasi.
Muskullar ishi ularning qisqa- 
rishidir. Muskullar qisqarganda 
bir uchi ikkinchi uchiga yaqin- 
lashadi, natijada gavdaning ana 
shu qismi harakatga keladi, 
ya’ni muskullar mexanik ish ba­
jaradi, shuningdek, ular statik 
ish ham bajaradi, ya’ni muskullar qisqarib, gavdaning ma’lum vaziyatini 
saqlab turadi. Bunda gavda vaziyati o'zgarmaydi.
Muskullaming ish bajarish quvvati uning ko'ndalang kesimi o'lchovi- 
ga bog'liq. Jumladan, 1 sm2 ko'ndalang kesimga ega bo'lgan muskul 
o'rta hisobda 10 kg yuk ko'tara oladi. Muskullaming ish bajarishida 
suyak richaglari katta ahamiyatga ega.
Odam organizmida ikki yoki bir yelkali richaglar mavjud. Ikki yelkali 
yoki muvozanat richagining tayanch nuqtasi bo'lib, ikki tomondagi yelkalar 
baravar uzunlikda. Masalan, I umurtqa bilan bosh suyagi orasidagi hamda 
chanoq bilan umurtqa orasidagi bo'g'imlar.
Ikkinchi xil richag yoki bir yelkali richag — kuch richagi qarshi 
tayanch nuqta bilan kuch qo'yilgan nuqta 
orasida bo'ladi. Masalan,
72-rasm . M uskullar shakli.
A - duksim on muskul; 
В
 - bir patli m uskul; 
D -
ikki patli muskul; £ — ikki qorinli muskul.
www.ziyouz.com kutubxonasi


oyoq-kaft-boldir suyaklari bo'g'im i. Bunda odam oyoq-kaft suyaklari­
ning boshchalariga tayanib, boldiming orqa tomonida joylashgan va tovon 
do'mbog'iga yopishgan muskullar yordamida gavda og'irligini ko'taradi. 
Tirsak bo'g'im i ikkinchi misol bo'lib, bunda kuch sarflash nuqtasi (bi- 
lakni bukuvchi muskullaming yopishgan joyi) tayanch nuqtasidan uzunroq 
bo'ladi. Qarshilik qiladigan (og'irlik) nuqta esa ancha uzun (kaftda). Shu 
bois ozgina yukni ko'tar ish uchun ko'p kuch sarf qilinadi, lekin masofa­
dan yutiladi. Muskullaming boshlanish nuqtasi bilan birikish nuqtasi ora­
sida joylashgan bo'g'im soniga qarab, bir bo'g'imli, ikki bo'g'im li va 
ko'p bo'g'im li muskullar deb ataladi.
Bir xil muskullar qisqarib, ikkinchi tomonda joylashgan muskul- 
larga qarama-qarshi ish bajarsa, bunday muskullar zid (antagonist) 
muskullar deb ataladi. Masalan, bilakni bukuvchi muskullar yozuvchi 
muskullarga nisbatan antagonistdir. Aksincha, muskul qisqarib ikkinchi 
muskul ishiga yordam bersa, bunday muskullami hamkor (sinergist) 
muskullar deyiladi.
Muskullaming ish bajarishida g'altaklar, sinovial xaltachalar, pay qinlari 
va sesamasimon suyaklar muhim ahamiyatga ega.
G'altak suyaklarida tog'aylardan tuzilgan do'nglar bo'lib, ulardan 
muskullar payi aylanib o'tadi. Shu tariqa muskullaming qisqarish kuchi 
oshadi.
Ichida suyuqlik saqlovchi (sinovial) xaltachalar turlicha bo'lib, ular 
muskul paylarining suyaklarga ishqalanadigan joylarida uchraydi va 
paylarni suyaklarga ishqalanishdan saqlab, muskullaming ish qobiliya- 
tini oshiradi.
Qo'l-oyoq panjalarida muskul paylarini o'rab turadigan silindr shakli­
dagi fibroz qin bo'lib, ular devori ikki qavatdan tuzilgan. Ichki va tashqi 
qavatlar orasida suyuqlik bo'lganidan muskul paylari qinning ichki devo­
ri bilan osongina suriladi. Natijada muskul paylari siqilmasdan bemalol 
ish bajara oladi.
Sesamasimon suyaklar muskul payining tagida joylashadi va hara­
kat effektini oshiradi. Eng katta sesamasimon suyak tizza qopqog'i 
suyagidir.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish