O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


 1 -rasm. Chaqaloq kallasi skeleti


bet68/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   299
7 1 -rasm. Chaqaloq kallasi skeleti.
/ - t e p a suyak; 2 - en sa liq ild o g 'i; J -
suyaklararo parda; 
4
 - en sa su yagi; 5 -
s o ‘rg‘ich sim on liqildoq; 6 - tangasim on
chok; 7 - quloq parda halqasi; 
8
 - p on asi­
mon liqildoq; 9 -p o n a s im o n suyak katta
qanoti; / 0 - peshona suyagi; / / - o l d i n g i
liqildoq; 
12
- sagittal chok.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kalla yuqorida aytilganidek, turli shakldaligini, ya’ni hajmlari bir xil 
bo'lmasligini hisobga olib chet el olimlari (kallaning hajmiga qarab) «oliy» 
va «past» turdagi kallani tafovut qiladilar. Bu «nazariya»ga qaraganda 
kalta kallalik odamlar «past irqqa mansub», uzun kallalik odamlar esa 
«oliy» tabaqadagi odamlar hisoblanadi.
Kalla turlari to'g'risidagi «nazariya»ni ikkinchi jahon urushi boshlanishi 
oldidan nemis fashistlari ham keng qo'llaganlar. Ularning soxta «ilmiy» 
tushunchalariga ko'ra dolixosefal kallalilar, ya’ni nemislar biologik bel­
gilari bilan boshqa hamma millatlardan yuqori turishi va dunyoda hukmron 
bo'lmog'i lozim emish. Lekin odamlar o'rtasidagi irqiy belgilarni to'g'ri 
talqin etish uchun: avvalo «irq» bilan «millat» to'g'risidagi tushunchaning 
farqini aniqlab olish lozim. Irq ma’lum bir hududda yashaydigan bir 
turkum odamlardagi morfologik belgilarning nasldan naslga o'tishi 
natijasida kelib chiqqan tabiiy-tarixiy kategoriya, tabaqa hisoblanadi. Hozirgi 
zamon odamlari o'rtasidagi irqlaming turli davrda kelib chiqishiga qara- 
masdan hamma xalqlar biologik, morfologik va fiziologik bir xil bab- 
baravar o'smoqda. Irqlaming turli davrda kelib chiqishi ularning yashab 
turgan sharoitiga, taraqqiyotiga bog'liq ekanligini e’tiborga olish lozim, 
ammo kun sayin xalqlarning o'zaro aloqalari kengayib borishi turli irq- 
larning bir-biri bilan o'zaro nikohlashuvi va aralashib yashashi irqiy 
farqlaming asta-sekin yo'qolib borishiga olib keldi. Shunday qilib, fan 
irqni «oliy» va «past» tabaqalarga ajratadigan hech qanday ilmiy material 
yo'qligini isbotlab berdi. Millat — ijtimoiy kategoriya (turkum) urf- 
odatlar birligi majmuidir. Shuning uchun biologik alomatlarga (irqqa) 
qarab siyosiy huquqni, ya’ni ijtimoiy ustunlikni isbotlashga urinish haqiqatga 
to'g'ri kelmaydi. Buni anatomiya dalillari bilan osongina isbotlash qiyin 
emas. Jumladan, sobiq ittifoq va chet el olimlarining tekshirishlariga 
qaraganda, uzun kallali odamlarni hozirgi hamma irqlarda uchratish 
mumkin. Barcha millatlar orasida turli xil (kalta, uzun) kallaning bo'lishi 
ularning o'zaro yaqin ekanligi, hajmlarining kelib chiqishi bir xil, ya’ni 
kromanyon avlodidan ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, hamma 
millat orasida ham 53—61 sm diametrli kallasi bo'lgan odamlar borligini 
ko'rsatib o'tish lozim. Masalan, dunyoga tanilgan atoqli odamlar (Leybnits, 
Kant)ning kallasi ham kichkina (55 sm), Dante kallasining uzunligi esa 
atigi 54 sm bo'lgan.
Kallaning miya bo'shlig'i hajmi odamning evolutsion o'sishi davrida 
pitekantropdagi 900 sm3 dan hozir 1500— 1600 sm3 gacha o'sganligi 
ma’lum.
Hozirgi davr xalqlari o'rtasida ijtimoiy va madaniy rivojlanishning 
turlicha bo'lishi biologik (irqiy) belgilarga emas, balki ularning ijtimoiy 
tuzumiga taalluqlidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish