O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Muskullaming rivojlanishi


bet70/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   299
Muskullaming rivojlanishi. 
Gavda muskullari embrionning orqa 
sohasida joylashgan mezodermaning segmentar qismi — somitlardan 
rivojlanadi. Somitlar esa sklerotom va miotomga bo'linadi. Sklerotomdan 
umurtqa pog'onasi va boshqa suyaklar, miotomdan esa muskullar 
rivojlanadi.
Orqa miyada segmentar joylashgan miotomga nerv tolasi o'sib kiradi. 
Shuning uchun har bir miotomdan rivojlangan muskul tananing qaysi 
qismida joylashishidan qat’i nazar, o'zining xususiy nerviga ega bo'ladi. 
Agar bir nechta miotomdan bitta muskul vujudga kelsa, u holda mazkur 
muskulning tashkil bo'lishida qatnashgan miotom soniga qarab xuddi 
shuncha nerv tolasi bo'ladi.
Muskullar rivojlanish davrida o'zining takomil etgan joyida qolsa, 
bunday muskullar m a h a l l i y m u s k u l l a r deb ataladi, aksincha, 
muskullar rivojlanish davrida bir joydan ikkinchi joyga (qo'l-oyoqqa) 
o'tib ketsa, ularni t a n a d a n q o c h u v c h i m u s k u l l a r deyiladi. 
Nihoyat, uchinchi guruh muskullar qo'l-oyoqda rivojlansa-da, taraqqiyot 
davrida tanaga o'tib ketadi, bunday muskullar t a n a g a i n t i l u v c h i
(trunkopetal) 
m u s k u l l a r deyiladi. Muskullar rivojlangan sohani 
ularga 
kelgan 
nervlardan 
bilish 
qiyin emas. Jumladan, diafragma 
(qorin-ko'krak to'sig'i) bo'yin qismida takomil etib, keyin pastga qarab 
yo'nalgan. Shuning uchun diafragma nervlari bo'yin nerv chigalidandir. 
Orqaning keng muskuli qo'lning yelka qismida rivojlanib, tananing orqa 
qismiga ko'chgan. Shuning uchun bu muskul yelka nerv chigali hisobidan 
innervatsiya qilinadi.
Muskullaming tuzilishi. 
Skelet muskullari ko'ndalang-targ'il tolalar- 
dan tuzilgan bo'lib, qisqarish xususiyatiga ega. Har bir muskulning 
qisqaruvchi qismi — tanasi va ikki uchi, ya’ni boshlanish va biriktiruvchi 
(pay) qismlari bor. Bundan tashqari, uzun muskullarda boshi va dum 
qismi ajratiladi. Yassi muskullar (qorin muskullari)ning yassi payi (apo- 
nevrozi) bo'ladi.
Muskul tolalari o'zaro yumshoq biriktiruvchi to'qima bilan tutashgan 
bo'lib, ustidan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan parda (fassiya) o'rab, 
ularning alohida qisqarishiga yordam beradi. Fassiyalar bir muskulni 
ikkinchi muskuldan ajratib turadi. Fassiyalaming boshqa turi ma’lum bir 
guruh muskullami o'rab, so'ngra ichkariga yo'naladi va suyakka borib, 
fassiya to'sig'ini hosil qiladi. Fassiyalar odatda qavatma-qavat muskullami 
o'rab turadi. Shu boisdan ulami joylashgan o'rniga qarab chuqur, o'rta 
va yuza yoki teri osti fassiyalariga ajratiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fassiyalar amaliyotda juda katta ahamiyatga ega. Ular oralig'ida qon 
tomirlar va nerv tolalari joylashgan bo'lib, yallig'lanish jarayonida vujudga 
kelgan yiring ham fassiyalar orasidan tarqaladi. Muskulning pay qismi 
yaltiroq oq yoki sarg'ish rangi bilan ajralib turadi. Muskul odatda suyak- 
larga pay yoki aponevrozlar yordamida yopishadi. Muskul uzun, qisqa, 
yassi bo'lishi mumkin. Uzun muskullar aksari qo'l va oyoqda, yassi 
muskullar esa tananing old va orqa tomonida joylashgan. Kalta muskullar 
gavdaning chuqur qismida, serbar muskullar esa yuzada joylashadi. 
Organizmda ikki boshli, uch boshli, to'rt boshli, duksimon, bir va ikki 
patli, ikki qorinli va boshqa turdagi muskullar uchraydi (72-rasm). Muskul 
tolalari yo'nalishiga qarab to'g'ri, qiyshiq, ko'ndalang va aylana bo'ladi.
Har bir muskulning o'z qon 
tomiri va nervlari bor. Muskul 
tarkibida sezuvchi nerv tolalari 
sezg ilarn i m arkaziy nerv 
sistemasiga yo'naltirsa, aksin­
cha, markazdan kelayotgan 
harakat tolalarining ta’sirida 
muskullar qisqaradi. Simpatik 
tolalar yordamida esa muskul­
lar trofikasi (moddalar alma­
shinuvi) amalga oshadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish