O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


bet271/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   299
DUMG'AZA CHIGALI
Bu chigal V va qisman IV bel nervlari, I — V 
dumg'aza hamda dum nervlarining oldingi shoxlaridan 
hosil bo'ladi. Dumg'aza chigali tanadagi hamma chigallar 
ichida eng kattasi bo'lib, kichik chanoq bo'shlig'ining 
orqa tomonida, noksimon muskulning oldingi yuzasida 
joylashgan. Chigaldan quyidagi tarmoqlar chiqadi (199- 
rasm).
1. Muskul tolalari noksim on m uskulga, ichki 
yopiluvchi muskulga, egizak muskullarga, sonning kvad- 
ratsimon muskuliga tarqaladi.
2. Ustki va pastki dumba nervlari chanoq bo'shlig'i­
dan noksimon muskulning ustki va pastki teshiklaridan 
chiqib, dumba sohasida dumba muskullariga, katta, o'rta 
va kichik chanoq-son bo'g'im i xaltasiga tarqaladi.
199-rasm. Oyoq terisi nervlarining tarqalish sxemasi.
1, 2
 - dumba terisining yuqori nervlari; 
3, 4
 - son orqasining teri
nervi; 5, 6 , 7 - boldirning tashqi yuzasi terisi nervi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


3. Son orqasining teri nervi chanoq bo‘shlig‘idan noksimon muskul 
ostidan katta quymich teshikdan quymich nervi bilan chiqib, sonning 
orqa sohasidagi terini innervatsiya qiladi.
4. Quymich nervi — organizmdagi eng yo‘g ‘on va uzun aralash nerv. 
Katta quymich teshigidan (noksimon muskul ostidan) dumba sohasiga 
chiqadi va sonning ikki boshli muskuli, yarim oy va yarim parda muskullari 
orasidan o'tib, ularga tolalar beradi. Nerv tizza osti chuqurchasining tepa 
burchagiga kelib, katta boldir nervi va kichik boldirning umumiy nervlariga 
bo'linadi:
a) katta boldir nervi tizza osti chuqurchasi sohasidan pastga tushib, 
boldirning orqa tomondagi yuza va chuqur joylashgan bukuvchi muskul­
lari orasidan medial to'piqqa borib, ichki va tashqi kaft nervlariga bo'linadi. 
Katta boldir nervi tizza osti sohasidagi muskullami, boldirning orqasida 
joylashgan bukuvchi muskullami va shu sohadagi terini innervatsiya qiladi. 
Tashqi va ichki kaft nervlari oyoq panjasining muskullariga va terisiga 
tarmoqlanadi (199-rasm);
b) umumiy kichik boldir nervi quymich nervidan ajralgach, tizza osti 
chuqurchasining qirg'og'i bo'ylab kichik boldir suyagi boshi oldiga borib, 
ikki shoxga bo'linadi. Ulaming chuqur shoxi boldirning oldingi muskullari 
orasidan yo'nalib, ularga tolalar beradi va oyoq panjasining ustki tomon 
terisini, muskullarini va I—II barmoq oraliq terisini innervatsiya qiladi. 
Umumiy kichik boldir nervining yuza shoxi kichik boldir muskullariga, 
oyoq panjasining ust tomondagi terisiga, II, III, IV, V barmoqlar va 
ulaming oraliq sohasidagi terilarga tarqaladi.
UYATLI CHIGAL
Uyatli chigal — dumg'aza chigalining bir qismi. Ill—IV dumg'aza 
nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo'ladi.
Chigal tarmoqlari:
1. Muskul tarmoqlari orqa chiqaruv teshigini ko'taruvchi muskul va 
dum muskuliga boradi.
2. Tashqi olat nervi kichik chanoq bo'shlig'idan noksimon muskul 
tagidan chiqib, quymich qirrasini aylanib o'tib, kichik quymich teshik 
orqali yana chanoq bo'shlig'iga kiradi. U yerda quymich suyagi bilan 
to'g'ri ichak o'rtasidagi chuqurda joylashib, orqa chiqaruv teshigini siquvchi 
tashqi muskul, oraliq muskullari va terilari, yorg'oq terisining orqa 
qismi (ayollarda katta uyatli lablaming orqa qismi)ga tarmoqlar 
beradi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish