O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


bet141/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   299
Toq tog‘aylar
Uzuksimon tog'ay
— uzukka o'xshash 
tuzilgan va hiqildoqda ingichkalashgan 
(uzuk halqasi), kengaygan orqa qismi 
(uzuk ko'zi) asosini hosil qilib joylash­
gan. Uzuksimon tog'ayning old qismi ham 
bo'ladi. Uzuksimon tog'ay ustida qalq­
onsimon tog'ay joylashadi.
Qalqonsimon tog'ay
hiqildoq tog'ay­
lari ichida eng kattasi bo'lib, uning ikkita 
yaxlit plastinkasi bo'yin o'rta chizig'ida
burchak hosil qilib qo'shiladi. Bu burchak 
teri ostidan (ayniqsa, erkaklarda) bo'rtib chiqib turadi.
Hiqildoq usti tog'ayi
barg shaklida bo'lib, yuqori cheti kengaygan, 
pastki ingichkalashgan (barg bandi) qismi qalqonsimon tog'ayning orqa 
yuzasiga yopishadi. Hiqildoq usti tog'ayi ovqatni yutish jarayonida 
hiqildoqqa kirish teshigini yopadi.
Juft tog'aylar
Cho'michsimon tog'ay
bir juft bo'lib, piramidaga o'xshaydi. Ulaming 
kengaygan p astk i-aso s qismi uzuksimon tog'ayning ustki yuzasi bilan 
birlashadi. Cho'michsimon tog'aylar asosining old tomonida ovoz o'sig'i 
va lateral tomonda muskul o'sig'i joylashgan. Ovoz o'sig'iga ovoz boy­
lami, muskul o'sig'iga esa muskullar yopishadi.
Shoxsimon tog'ay
uncha katta bo'lmagan juft tog'ay bo'lib, cho'mich­
simon tog'aylar ustida shoxga o'xshab joylashgan.
Ponasimon tog'ay
unchalik katta bo'lmagan juft tog'ay bo'lib, cho'mich­
simon tog'ay bilan hiqildoq usti tog'ayi oralig'idagi burmada uchraydi.
Hiqildoq tog'aylari boylamlar yordamida o'zaro bo'g'im hosil qilib 
birlashadi. Hiqildoqning ichki yuzasi shilliq qavat bilan qoplangan.
Hiqildoq muskullari ko'ndalang-targ'il muskullardan tuzilgan va odam 
ixtiyori bilan qisqaradi (115-rasm).
1. 
Uzuksimon-cho'michsimon tog'aylar o'rtasidagi muskul
uzuksimon 
tog'aydan boshlanib, cho'michsimon tog'ayning muskul o'sig'iga yopishadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Funksiyasi:
muskul qisqarganda ovoz 
boylamlari taranglashadi, oraliq yoriq torayadi.
2. 
Qalqonsimon va cho'michsimon tog'ay­
lar o'rtasidagi muskul
qalqonsimon tog‘ay- 
dan boshlanib, cho'michsimon tog'ayning 
muskul o'sig'iga yopishadi.
Funksiyasi:
bu muskul ikki tomondan 
baravar qisqarganda ovoz boylamlari bo'sha- 
shadi, hiqildoqning ovoz boylamidan yuqori 
qismi esa torayadi.
3. 
O'ng va chap cho'michsimon tog'aylar
o'rtasida ko'ndalang joylashgan muskul.
Funksiyasi:
qisqarganda ovoz yorig'ining 
orqa qismi torayadi.
4. 
Cho'm ichsim on tog'ayning qiyshiq
muskuli.
Funksiyasi:
hiqildoqqa kirish teshigini 
toraytiradi.
5. 
Qalqonsimon tog'ay bilan hiqildoq qopqog'i
o'rtasidagi muskul
qalqonsimon tog'aydan bosh­
lanib, hiqildoq usti tog'ayiga yopishadi.
Funksiyasi:
ovoz boylamlarini taranglab, 
hiqildoqqa kirish teshigini kengaytiradi.
6. 
Ovoz muskuli
bir ju ft bo'lib, ovoz 
burmalari bag'rida yotadi. Qalqonsimon tog'ay 
ichki yuzasidan boshlanib, cho'michsimon tog'ayning ovoz o'sig'iga 
yopishadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish