O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


bet76/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   299
Qorin muskullari
Qorin ko'krak qafasining pastki chegarasi (teshigi) bilan chanoqning 
ustki chegarasi o'rtasida joylashgan. Qorin bo'shlig'ini oldi, ikki yonboshi 
va qisman orqa tomonidan qorin muskullari qoplab turadi (75-rasm).
Q o r i n n i n g
t a s h q i
q i y s h i q
m u s k u l i
k o 'k r a k q a fa sin in g p astk i 
sakkizta qovurg'asidan tishlar 
bilan boshlanib, muskulning 
p a stk i tu ta m la ri y o n b o s h
suyagi qirrasining tashqi la- 
biga yopishadi. Qolgan o'rta 
qismi muskul tolalari yassi 
p a y g a a y la n ib , q o rin n in g
to 'g 'ri muskuli ustidan o'tib, 
qarama-qarshi tomondagi shu 
nomli muskul payi (aponev- 
ro z) b ila n o 'r t a c h iz iq d a
tutashib, oq chiziqni hosil 
etishda qatnashadi.
Q o rin ta s h q i m u s k u l 
payining pastki qismi yonbosh 
suyagining tepa do'ngi bilan 
qov suyagining do'm boqchasi 
o'rtasida taranglashib qalinla­
shadi va ichkariga qarab tar- 
novsimon ariqcha hosil qilib 
tutashadi. Shunday qilib, chov 
boylami hosil bo'ladi.
Q o r i n n i n g
i c h k i
q i y s h i q m u s k u l i qorin-
7 -
75-rasm. Qorin muskullari.
I -  ko'krakning katta muskuli; 2 - qorinning tashqi
qiyshiq muskuli; 3 - qorinning to ‘g ‘ri muskuli;  -
piramidasimon muskul; 5 -q orin n in g oq chizig'i;
6 - qorin to'g'ri muskulining qini; 7 - yarim aylana
chiziq; 8 -  qorinning ko'ndalang muskuli; 9 - yarim
oysimon chiziq.
www.ziyouz.com kutubxonasi


ning tashqi qiyshiq muskuli ostida joylashgan bo'lib, yonbosh suyagining 
qirrasidan, chov boylamining tashqi 2/3 qismidan va ko'krak-bel fassiyasidan 
boshlanib, yuqoriga ko'tariladi va XII, XI, X qovurg'alarga yopishadi. 
Muskul tolalarining pastki tutamlari qorin to 'g 'ri muskuli chetiga yaqin- 
lashganda serbar pay (aponevroz)ga aylanadi va ikki varaqqa bo'linadi. 
Aponevrozning oldingi varag'i qorin to 'g 'ri muskulining old tomonidan, 
orqa varag'i esa muskulning orqa tomonidan o'tib, muskulning medial 
qirrasiga borganda qo'shilib, yana bitta aponevrozga aylanadi va qorin­
ning oq chizig'ini hosil qilishda qatnashadi.
Q o r i n n i n g k o ' n d a l a n g m u s k u l i muskul tolalari ko 'n da­
lang yo'nalib, pastki oltita qovurg'aning ichkari yuzasidan, ko'krak-bel 
fassiyasining chuqur varag'idan, yonbosh suyagining qirrasidan boshla­
nib, qorin devorining old qismiga borganda muskul tolalari serbar payga 
aylanadi va qorin to 'g 'ri muskulining orqa tomonidan o'tib, qarama- 
qarshi joylashgan shu nomli aponevroz bilan tutashadi hamda qorinning 
oq chizig'ini hosil qilishda qatnashadi.
Qorin ko'ndalang muskulini ichkari tomondan qorinning ko'ndalang 
fassiyasi qoplab turadi.
Q o r i n n i n g t o ' g ' r i m u s к u 1 i qorin devorining oldingi qismi­
da joylashgan. Pastki V, VI va VII qovurg'alarning tog'ay qismi ichki 
yuzasidan va to 'sh suyagining xanjarsimon o'sig 'id an boshlanib, qov 
suyagiga kelib yopishadi. Muskul tolalarining uch-to'rt yerida pay bel- 
bog'lari uchraydi. Bu belbog'lar muskul tolalarining mustahkam bo'lishini 
ta’minlaydi.
P i r a m i d a s i m o n m u s k u l qov birlashmasidan boshlanib, qorin­
ning oq chizig'iga yopishadi.
B e l n i n g k v a d r a t s i m o n m u s k u l i qorin bo'shlig'ining orqa 
sohasida joylashgan bo'lib, yonbosh suyagining qirrasidan boshlanadi va bel 
umurtqalarining ko'ndalang o'siqlariga tepadan XII qovurg'aga yopishadi.
Q o r i n d e v o r i n i n g f a s s i y a l a r i . Odam organizmining boshqa 
sohalari singari yuza, xususiy va chuqur joylashgan fassiyalari tafovut 
qilinadi. Yuza yoki teri osti fassiyasi teri osti yog' qavatida joylashgan. 
Qorin devorining xususiy fassiyasi uch varaqdan iborat bo'lib, qorinning 
tashqi qiyshiq muskuli, qorinning ichki qiyshiq muskuli va qorinning 
ko'ndalang muskulini tashqi tomondan o'rab turadi. Qorin devorini ichki 
tomondan o'rab turgan fassiya joylashgan sohasiga qarab turlicha nom 
bilan ataladi. Jumladan, diafragma o'rab turgan qorin fassiyasi 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish